Pirimqul qodirovning hayoti va ijodi
III BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Download 247.5 Kb.
|
P QODIROVNING ADABIY-ESTITIK QAARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- To‘rtinchidan
- Birinchidan
III BOB YUZASIDAN XULOSALAR
“Mutaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida Pirimqul Qodirovning ilmiy faoliyati” mavzuidagi III bob bo‘yicha quyidagicha xulosalarga keldik. Birinchidan, Pirimqul Qodirov olim sifatida mustaqillik davrida o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelgan modern adabiyotining tasvir yullari haqida bildirgan mulohazalarini tahlil qilishga urinildi. Ikkinchidan, olimning mazkur davr adabiyotshunoslari tomonidan qayd etilgan ya’ni mustaqillik davrida yaratilgan romanlarni an’anaviy degan siyqa so‘z bilan baholangan fikrlariga qarshi bildirgan ilmiy mulohazalari urganlib tadqiq qilindi. Uchinchidan, olim mustaqillik davrida yozilgan maqolalarida yosh yozuvchilarni realistik san’atdan chekinib, G‘arb modernchilariga ko‘r-ko‘rona sajda qilishlari tahlil qilinib, o‘rganildi . To‘rtinchidan, olimning “Til va el” ilmiy badiasidagi mumtoz adabiy til masalalari tahlil qilindi. UMUMIY XULOSALAR Biz mazkur dissertatsiyaning har bir bob va fasllarini alohida xulosaladik. Va ana shu tuxtamlardan kelib, chiqib qo‘yidagicha umumiy xulosalarga keldik. Ham olim,ham yozuvchi bo‘lish hammaga ham nasib bo‘lavermaydi.Ana shunday yuksak darajadagi unvonga Alisher Navoiy , Mirzo Ulug‘bek , o‘zbek adabiyotining yetuk vakillaridan Abdurauf Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda sazovor bo‘lgan. Zotan, shoir va yozuvchi bo‘lish, ayniqsa, olim va ijodkor bo‘lish adabiyotning inson ruhiyatiga, uning his – hajoniga ta’sir etuvchi anor suvidek obi hayotni qahramonlar qoniga singdirib, uni keng hayot dengiziga olib kirish demakdir. Birinchidan, olmos iste’dod sohibi Pirimqul Qodirovning mu’jizasi ana shunday xislatlarga ega bo‘lib,u kitobxonning ruhiyatiga, kechinmalariga ko‘nikib ketadi. Sababi shundaki, kitobxon Pirimqul Qodirov qahramonlari davrasidan chetga chiqa olmaydi. U o‘zini ba’zan Andijonda ,Bog‘i Eram ichida, ba’zan Shayboniyxon qo‘shinlaring hujumi tufayli Samarqand qal’asida, ba’zan poyida chorig‘ qilgan holda Xo‘jand cho‘llari orqali Pomirning muz tog‘larida yoki Afg‘onistonning taxti ichida yoki Hindistonning Dehli hamda Agra shaharlarida,Andijon hokimlari, suvvoriylar, tabiblar, shoirlar,olimu fuzolalar ichida sezadi. Biz ana shu sezishlikni taxlil qilishga urindik. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling