ketganligini tushuntirib bering. Maqsad: Ma’lumotni qabul qilish va undan foydalanish uchun o‘qish savodxonligini oshirish. Jarayon: Ma’lumotni umumlashtirish va sharhlash. To‘liq tushunchaga ega bo‘lish (2 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi to‘liq keltiriladi, matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettiriladi. Masalan:U odamlar qanday qilib uchishlari mumkinligini o‘ylab topdi. Bu esa uning o‘z davridan ilgarilab ketganligini ko‘rsatadi, chunki samolyotlar uning vafotidan keyin ancha yillar o‘tib yaratildi. Qisman tushunchaga ega bo‘lish (1 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi qisman keltiriladi. Masalan: U robotni qanday yaratishni o‘ylab topdi. U uchar mashinani kashf etdi. Boshqa odamlar undan foydalanishmoqda. Javob qabul qilinmaydi: Javobda matnning asosiy g‘oyasi keltirilmaydi, matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettirilmaydi. Masalan: U haykaltaroshlikda metallardan foydalanadi. U nima qilgan bo‘lsa,bu uning zamonasidan ilgarilab ketganini ko‘rsatadi. 11.D 11.D 12. Muallif Leonardo da Vinchi haqida nimalarni o‘ylayapti? O‘z fikringizni tushuntirishda o‘qiganlaringizdan foydalaning. Maqsad: Ma’lumotni qabul qilish va undan foydalanish uchun o‘qish savodxonligini oshirish. Jarayon: Matn elementlari, tili va mazmunini baholash va tahlil qilish. To‘liq tushunchaga ega bo‘lish (1 ball): Muallifning Leonardoga nisbatan ijobiy munosabati va unga keltirilgan dalil to‘liq ifodalanadi. Masalan: buyuk kashfiyotlarni kashf etgan. haqida “iqtidorli rassom, muhandis, arxitektor”,- degan so‘zlarni ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |