Pirls tadqiqoti darajasidagi tahlili


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar


Download 329.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi329.94 Kb.
#1453643
1   2   3   4
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-darsliklaridagi-maqollarning-pirls-tadqiqoti-darajasidagi-tahlili

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1511 International Conference 
ongiga kichik yoshidan boshlab, Vatanga muhabbat, gʻurur, milliy qadriyatlar
oʻzlikni anglashni singdirib borish lozim. Bola qalbi goʻyo yozilmagan oq qogʻoz 
kabidir. Unga nimalarni yozish, qanday toʻldirish biz kattalarga bogʻliqdir. 
Kattalar, oʻqituvchilar ushbu ma’suliyatni his qilishlari bilan bir qatorda, yosh 
bolaga ta’lim-tarbiya berishda bolaning oq qogʻoz kabi pok qalbini yaralab 
qoʻymaslikka ma’suldirlar.
Bizga ma’lumki, boshlangʻich ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim uchun asos, 
tayanch vazifasini oʻtaydi. Boshlangʻich sinfda oʻzlashtiriladigan barcha 
materiallar bosqichma-bosqich takomillashib va murakkablashib boradi. Bu davr 
uchun moʻljallab kiritilgan manbalar har tomonlama puxta oʻylangan, kichik 
yoshdagi oʻquvchilarining psixologik, fiziologik, pedagogik va boshqa jihatlarini 
qamrab oladi. Mana shu jihatdan olib qaraganda, darsliklarni oʻrganish faqatgina 
oʻquvchi tomonidan amalga oshirilmasdan, har bir mavzu oʻqituvchi rahbarligida 
oʻqib oʻrgatiladi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayoni oʻqituvchi va 
tarbiyachilardan juda katta ilmiy salohiyat, yuksak ma’naviyat talab etadi. Shu 
bilan birgalikda muntazam ravishda yoshlar ongi va qalbida milliy va ma’naviy 
qadriyatlarimizni anglab yetish, hurmat qilish hissini uygʻotish, oʻzlikni anglashni 
shakllantirish vazifasi turadi.
PIRLS tadqiqoti jarayonida darsda oʻquvchilar tomonidan eng koʻp 
qoʻllaniladigan oʻqishning quyidagi ikki turi oʻrganiladi:[3] 
1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi oʻqish. 
2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi oʻqish.
Xalq ogʻzaki ijodi janridan biri boʻlgan maqollarni oʻrgatish ikkinchi tur 
ya’ni matn mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi oʻqishni 
takomillashtirishga asos boʻladi.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boshlangʻich sinflardanoq oʻquvchilarga 
oʻrgatib boriladi. Boshlangʻich sinfning deyarli barcha darsliklarida xalq ogʻzaki 
ijodi namunalari berilgan. Ona tili darsliklarida koʻproq xalq maqollari mashqlar 
tarkibiga singdirilgan. Kichik yoshdagi oʻquvchilarning psixologik va fiziologik 
xususiyatidan kelib chiqqan holda darsliklarga kiritilgan maqollar tushunilishi 
oson va komillikka da’vat etuvchidir. Mavzu oʻrganilayotganda oʻqituvchining 
vazifasi mavzuni oʻrgatish bilan birga xalq ogʻzaki ijodi, shu jumladan, maqol 
janri haqida boshlangʻich ma’lumot berib borishdir. Berilgan maqollar oʻqituvchi 
rahbarligida avval ifodali qilib oʻqiladi va oʻquvchilar bilan birgalikda ushbu 
maqollarning ma’nosi oʻrganiladi [1]. 
Maqollarni oʻrgatish oʻqituvchidan katta tayyorgarlikni talab qiladi. Har bir 
darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan gʻoyaga mos 



Download 329.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling