Pirotexnika bilan ushlangan shaxs javobgarlikka tortildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudida 1977 yilda tug‘ilgan, 2 nafar farzandning otasi R.B.ga nisbatan maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi. Sudda maʼlum bo‘lishicha R.B. huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘i, Oyoqbog‘ mahallasida xorijda ishlab chiqarilgan 156 ta quti, har bir qutida 55 donadan, jami 8580 dona “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalari bilan ushlangan.
R.B. sudda sodir qilgan qilmishiga iqror bo‘lib, oilaviy va moddiy ahvolini inobatga olib jazo tayinlashda yengillik qilishni so‘rab tushuntirish berdi.
Sud R.B.ni MJtKning 1851-moddasi bilan aybli deb topib, davlat hisobiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, yaʼni 1.500.000 so‘m jarima undirish jazosi tayinladi.
Ashyoviy dalil sifatida olinib, Xorazm viloyati FVB omborida saqlanayotgan, 156 ta quti, har bir qutida 55 donadan, jami 8580 dona “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalari esa sud qarori kuchga kirgach tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilandi.
Bunyod Yakubov, jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining raisi
Do'stlaringiz bilan baham: |