Pisa dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi


Download 0.55 Mb.
Sana03.12.2020
Hajmi0.55 Mb.
#157396
Bog'liq
PIRLS TAQDIMOT 1


Oʻquvchilarni baholash xalqaro PISA va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS dasturlari doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotlarning muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Eslatib oʻtish joizki, Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yilning aprel-may oylarida oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus bilan bogʻliq pandemiya sharoitida rejalashtirilgan tadqiqotlar vaqtincha toʻxtatilgandi.

Hozirgi vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) kabi tashkilotlar tomonidan tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar, dasturning boshqaruv kengashi aʼzolari, xalqaro ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda mamlakatlardagi Milliy markazlar ishtirokida tadqiqotlarning tashkil etilish muddatlarini belgilash boʻyicha muhokamalar olib borildi.

Muhokama va munozaralardan soʻng “PISA” va “PIRLS” dasturlari doirasida tadqiqotlar oʻtkazilishi yuzasidan quyidagi muddatlarni belgilash boʻyicha xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilindi:

– PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda moʻljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga moʻljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida oʻtkaziladi.

– tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga moʻljallangan tadqiqotlar ham, oʻz navbatida, 2025-yilga koʻchirildi.

“PIRLS” dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va oʻz muddatida, yaʼni 2021-yilning aprel oyida oʻtkazilishi boʻyicha rejalar oʻz kuchida qoldi. Bunda, 2020-yil aprel oyiga rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonlarini karantin sharoiti barqarorlashgan taqdirda 2020-yilning oktyabr oyiga koʻchirilishi rejalashtirildi.

Taʼkidlash kerak, “PIRLS” dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan maktablarning 4-sinflari oʻrtasida oʻquv yilining oxirgi oylarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Lekin, kutilmagan pandemiya tufayli tajriba-sinovlari istisno tariqasida yangi oʻquv yilining ilk oylarida oʻtkazilishi moʻljallanmoqda. Bunda avval tanlab olingan maktablar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilmaydi. Yangi rejalashtirilayotgan tajriba-sinov muddatiga koʻra, tanlab olingan maktablarning 4-sinf oʻquvchilari 5-sinfni boshlagan boʻladilar.

Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “PISA” (The Programme for International Student Assessment) Oʻquvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida Oʻzbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda 60 talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kiritish koʻzda tutilgan.


PIRLS – bu boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini xalqaro baholash dasturidir.

Oʻquvchilarni baholash xalqaro PISA va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS dasturlari doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotlarning muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.


2021 yilda o’tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o’quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi.

Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016 yillarda o’tkazilgan bo’lib, 2021 yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda o’tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmasini xalqaro darajada baholaydi.

Mazkur dastur 4-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.

O’quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o’quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o’quvchilardan ob’ektiv testlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o’qituvchilar, o’quvchilar, hattoki ota-onalardan so’rovnomalar o’tkazilib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma’lumotlar to’planadi.

Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko’ra, o’qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o’zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.

O’quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo’lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o’qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo’llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o’quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo’lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko’rinishdagi yozma shakllarni ham o’z ichiga oladi.

PIRLS boshlang’ich sinf o’quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o’qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya’ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O’z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to’rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:



diqqatni jamlash va aniq ko’rsatilgan ma’lumotlarni topish;

to’g’ridan-to’g’ri xulosalar chiqarish;

kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;

g’oyalar va axborotni talqin qilish va uyg’unlashtirish.

PIRLS tadqiqotida o’qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:



Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O’quvchilar matnni yaxlit o’zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog’liq holda tushunadi. Muallifning g’oyasini izohlashda o’z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

Yuqori daraja (550 ball) – O’quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o’z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e’tibor qarata oladi.

O’rta daraja (475 ball) – O’quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba’zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o’z xulosalarini chiqaradi.

Quyi daraja (400 ball) – O’quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo’lgan xabarni ajratib oladi.

Eslatib oʻtish joizki, Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yilning aprel-may oylarida oʻtkazilishi belgilangan edi. Biroq dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus bilan bogʻliq pandemiya sharoitida rejalashtirilgan tadqiqotlar vaqtincha toʻxtatilgandi.


– PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda moʻljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga moʻljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida oʻtkaziladi.

  • – PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda moʻljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga moʻljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida oʻtkaziladi.
  • – tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga moʻljallangan tadqiqotlar ham, oʻz navbatida, 2025-yilga koʻchirildi.
  • “PIRLS” dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va oʻz muddatida, yaʼni 2021-yilning aprel oyida oʻtkazilishi boʻyicha rejalar oʻz kuchida qoldi. Bunda, 2020-yil aprel oyiga rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonlarini karantin sharoiti barqarorlashgan taqdirda 2020-yilning oktyabr oyiga koʻchirilishi rejalashtirildi.
  • Taʼkidlash kerak, “PIRLS” dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan maktablarning 4-sinflari oʻrtasida oʻquv yilining oxirgi oylarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling