Pisa testlari nima?


Download 130.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi130.75 Kb.
#245721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PISA dasturi haqida

O’QISH SAVODXONLIGI

(PISA 2009 sinovida tushgan test tarjimasi)

Makondo

(Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha)

Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand bo’la boshladilar. Ular Auriliano Tristi

poyezdda olib kelgan generatorning to’tovsiz tum-tumiga ko’nikishlari qiyin bo’lgan bo’lsa ham,

generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi.

Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki

sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda o’lib, qishloq ahlining qayg’usiga

sababchi bo’lgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo bo’lishi

ularning g’azabini keltirib, teatrdagi o’rindiqlarning chilparchin bo’lishiga olib keldi. Shahar

hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga ko’ra o’tkazgan yig’ilishida filmlar ko’ngil ochish vositasi

ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida ma’ruza qildi. Qishloq

aholisi bu ma’ruzadan keyin o’zlarini lo’li ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, o’z

tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular

uchun ham jon kuydirish niyatlari yo’qligini bildirdilar va boshqa filmlarni ko’rishga kelmaslikka

qaror qildilar.

1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi bo’ldi?

2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?

A. Ular ko’ngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi

ularga yoqmadi.

B. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi.

C. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi.

D. Ular filmlardan hissiy ta’sir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli bo’lib chiqdi.

3. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan?

A. Arvohlar

B. Ixtirolar

C. Film qahramonlari

D. Aktyorlar

4. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qo’shilasizmi? O’z fikringizni o’zingizning

filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.


Download 130.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling