Pisa testlari nima?


O’QISH SAVODXONLIGI (Adabiyot Test namunasi)


Download 130.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi130.75 Kb.
#245721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PISA dasturi haqida

O’QISH SAVODXONLIGI (Adabiyot Test namunasi)

Badiiy asar va film

Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda ba’zi kamchiliklarga

yo’l qo’yilgan. Masalan, Kumushbibi chap qo’lida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir

lavhada birgina qisqa so’z tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o’ylab ko’rilsa, kinochilar

adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo’yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining

Marg’ilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga

diqqat qiling!

Filmda:

Yusufbek hoji: Marg’ilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Asarda:

Yusufbek hoji: Marg’ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’lgan deb o’ylaysiz?

A. Hech qanday o’zgarish yo’q

B. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab

o’tadi, filmda bu ma’no tushib qolgan.

C. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida o’g’li Otabekni ham

alqab o’tadi, filmda bu ma’no tushib qolgan.

D. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi bo’lgan,

filmda bu ma’no tushib qolgan.

2. Filmda bu so’zning tushib qolishiga qanday omil sabab bo’lgan bo’lishi mumkin? To’g’ri

bo’lishi mumkin bo’lgan hamma javobni belgilang.

A. Rejissyorning e’tiborsizligi

B. Senariy muallifining e’tiborsizligi

C. Rejissyorning matnni jo’rttaga o’zgartirgani

D. Rejissyorning yo senariy muallifining o’zbek tili imkoniyatini to’liq bilmasligi

E. Abdulla Qodiriyning o’zining maslahati

(Izoh: Aslida bu savol PISA tizimi talablariga to’liq javob bermaydi, PISA savolida o’quvchidan

aniq bir ma’lumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi, lekin biz “Otkan kunlar”ni har bir

o’zbek biladigan hayotiy ma’lumot deb qabul qilgimiz keldi)

Muallif: Raxmonberganov Otabek

Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi











Download 130.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling