Pisa xalqaro baholash dasturining amaliy ahamiyati


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1003473
1   2   3   4
Bog'liq
pisa-xalqaro-baholash-dasturining-amaliy-ahamiyati

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1499 International Conference 
savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi 
bilimlarni oʻlchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bogʻliq. 
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga oʻzining kuchli va zaif tomonlarini dunyo 
taʼlim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb 
etadi, yaʼni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu 
tadqiqot natijalari orqali javob topadi. 
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish 
ustuvorlik kasb etadi. Maʼlumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun 
matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha smartfondan foydalanish, daraja 
xossalarining goʻzalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, 
shugʻullanish kerak boʻladi. Bu borada jahon tajribasida e‟tibor qaratsak, PISA 
tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo‟lib, Estoniya 
PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng 
yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun 
kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi, 
2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi. 
Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha 
estoniyalik 
hamkasblariga 
maslahatlar 
berdi.Darhaqiqat, 
bu 
mamlakatlar 
muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda 
qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat 
sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan 
bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi. 
Estoniya taʼlim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning taʼsiri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan 
Estoniya oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi 
bogʻliqlik ancha ochiq boʻlgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga 
qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir. 
PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida eʼtiborga molik omil, bu – maksimal 
darajaga erishgan oʻquvchilar soni emas, 3 muhim yoʻnalishning har birida past 
koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonining kamligi. Majburiy taʼlim 7 yoshdan 
boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bogʻchalariga boradi. Bitta 
tarbiyachiga toʻgʻri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik 
va taraqqiyot tashkiloti reytingi boʻyicha oʻrtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh 
shkalasining ikkinchi uchida – oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan koʻp sonli 
oʻquvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori koʻrsatkichlardan 
biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar har bir oʻquvchiga koʻrsatilayotgan 
yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan soʻng Estoniya 
markazlashmagan taʼlim tizimiga oʻtdi va maktablarga maʼlum darajada avtonomiya, 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling