Pishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 0.93 Mb.
|
Pishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
Sutni ishlov berish. Sut fermer xo’jaliklarida qabul qilingandan so’ng darhol korxonalarga kirgan taqdirda, uni pishishi kerak. Yangilangan bir juft juft sutning bakteritsid xususiyatlariga ega emas va bu mikroorganizmlarni rivojlantirish uchun noqulay muhit, chunki u yangilangan ferment bilan yomonlashgan, u debriyajning zarbasini yomon ajratadi.
Pishloq ishlab chiqarish texnologiyasi – bu mikrofloralar va fermentlar ta’siri ostida boradigan juda ham murakkab biokimyoviy jarayon hisoblanadi. Xom ashyoni tayyorlash. Pishloq ishlab chiqarishda yog‘liligi jihatidan me’yorlashtirilgan sut va ferment asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Keltirilgan sut – me’yorlashtiriladi. Yog‘lilik – pishloqning asosiy sifatli ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi Pishloq ishlab chiqarish uchun korxonaga keltiriladigan sutning yog‘liligi talab etiladiganga qaraganda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun sof sut ma’lum bir miqdordagi yog‘sizlantirilgan sut bilan aralashtiriladi, ya’ni me’yorlashtiriladi. Sutni me’yorlashtirish separator-me’yorlashtirgich jihozida olib boriladi. Yoki me’yorlashtirish maqsadida sutning bir qismi separatordan o‘tkazilib qaymog‘i olinadi. Olingan qaymok pasterlangan sof sut yoki yog‘sizlantirilgan sut bilan aralashtirib me’yorlashtiriladi. 72-650S haroratda pasterlanadi. Pishloq sifatiga yomon ta’sir qiluvchi texnik va patogen mikrofloralar, viruslar va bakteriofaglarni yo‘qotish maqsadida sutga issiqlik ishlovi beriladi. Issiqlik ishlovi berilgan sut 5-80S haroratgacha sovutiladi va ikki kungacha saqlab yetiltiriladi. Bu jarayon past haroratda uzoq vaqt saqlash bilan boradi. Bunda kalsiy tuzlarining erishi oshadi, ya’ni kalsiy fosfat kolloidi erigan holga o‘tadi. Sutni yetiltirish vaqtida sut qandini bijg‘itib sut kislotasi hosil qiladigan sut-achitqi bakteriyalari rivojlanadi. Hosil bo‘lgan sut kislotasi kalsiy gidrofosfatining eriydigan degidrofosfatlarga o‘tishiga yordam beradi. Sutni yetiltirish oqsillarning fermentativ parchalanishi bilan boradi. Natijada sutda turli azotli birikmalar miqdori ko‘payadi. Yetiltirish sutning oksidlanish-qaytarilish potensialining pasayishi bilan kuzatiladi. Yetiltirish jarayonida sut tarkibi va holatining bunday o‘zgarishlari pishloq sifatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Shirdon fermenti qo‘llanilganda sutning ivishi ancha tezlashadi, zakvaska mikroflorasining rivojlanishi aktivlashadi.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling