Pista yostiqsimon soxtaqalqondori (anapulvinaria pistaciae bodenh.)Ning adabiyotlarda o‘rganilish holati
Download 25.44 Kb.
|
1 2
Bog'liq@@@@
- Bu sahifa navigatsiya:
- Калит сўзлар
PISTA YOSTIQSIMON SOXTAQALQONDORI (ANAPULVINARIA PISTACIAE BODENH.)NING ADABIYOTLARDA O‘RGANILISH HOLATI - Андижон давлат университети Аннотция: Farg’ona vodiysida xandon pistaga zarar yetkazuvchi hasharot pista yostiqsimon soxtaqalqondorining tarqalishi ba’zi bir biologik xususiyatlarini va unga zarar yetkazuvchi hasharot o’rganish bo’yicha O’rta Osiyo va chet el olimlarining ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha qisqacha ma’lumotlar beriladi. Аннотция: В статье излагаются материалы о распространения, морфологические, некоторые биологические особенности фисташковой деревья, а также её вредной насекомой фистшковой подущечницы различными авторами Средней Азии и зарубежных авторов. Annotation: The article presents materials on the distribution, morphological, some biological features of the pistachio tree, as well as its harmful insect pistachio litter by various authors of Central Asia and foreign authors. Калит сўзлар: xandon pista tarqalishi, morfologiyasi, biologik xususiyatlari pista soxtaqalqondori tadqiqotchilarni ishlari Ключевые слова: фисташковая деревья распротранения морфология биологические особенности фисташковая подущечница работы исследователей. Key words: pistachio tree distribution morphology biological features O‘rta Osiyoda jumladan O’zbekistonda mevali darxtlardan xandon pistaning ahamiyati juda kattaligi tufayli uni tarqalishi ayrim biologik xususiyatlarini o’rganishga oid bir qator adabiyot materiallari mavjud. O’zbekistonda birinchi bor pista zarakunanda hasharotlaridan bo’lgan pista soxtaqalqondorini o’rganish bo’yicha mashxur koksidiolog A.D.Arxanglskayani ishlarini ko’rsatish mumkin [2]. Muallif pista soxtaqalqondorini Samarqand, Buxoro, Shahrizabz va Urgut rayonlaridagi pistazorlarda shuningdek Tojikistonni Qo’rg’ontepa, Turkmanistonni Ashxabod va Feruza, Qozog’istonni Oqtosh adirlarida tarqalganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari muallif bu soxtaqalqondorni pista daraxtida tarqalishi urg’ochilari 100-150 ta tuxum qo’yishi haqidagi materiallarni bayon qiladi. Pista soxtaqalqondorini morfologik xususiyatlari, tarqalishi va ba’zi biologik xususiyatlari N.S.Borxseniusni tadqiqotlarida beriladi[3]. Muallif o’z ishida bu hasharotni voyaga yetgan urg’ochilarining morfologiyasi, shuningdek bu jonvorning Qrimda, Armanistonda, Turkmanistonda, O’zbekistonda,Janubiy Qirg’iziston, Tojikiston,Turkiya, Eron va Iroqda ham tarqalganligini ko’rsatadi va bu hasharotning pista novdalarida yashashi haqida ma’lumotlar beriladi. Koksidiologlar N.I.Abdrashitova, N.V.Gabridlarning aniqlashichapista yostiqsimon qurti urg’ochilarining tuxumlari qorin ostida joylashganligini ko‘rsatadi [1]. O’zbekistonlik koksidiolog K. Zokirov (1969-1971) yillarda izlanishicha bu hasharot bahor oylarida ikki yoshli lichinkalari qishlab chiqishi kattaliklari , yosh urg’ochilarini esa aprel oyi ikkinchi o’n kunligida sodir bo’lishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Olimning izlanishlari ilk bor 1971- yilda Jalolobodda bu soxtaqalqondorning erkaklari fanga noma’lum bo’lgani tufayli u o’z kuzatishlarida bu hashorotning erkaklari ham oz sonda borligi aniqlagan. Muallif bundan tashqari o’rganilayotgan hasharotni tuxum qo’yishni boshlashdan oldin, urg’ochilar mumsimon naychalardan uzunligi 5 mm gacha, keng, urg’ochi tanasidan oq paxta shaklidagi tuxum xaltasini ajratisi haqidagi ma’lumotlarni keltirgan[4] . Bundan tashqari 2017-yili Andijon viloyatida K. Zokirov va O.T. Sobirovlar tomonidan tadqiqot olib borilib, Farg’ona vodiysining Sharqiy qismida (Andijon Bog’ishamol) tarqalgan pista agrotsenoslarida uchrovchi Anapulvinaria pistaciae turining biologik va ekologik xususiyatlari va ayni hasharotning taraqqiyot sikli amaliy tajribalar asosida o’rganilgan [5]. Yosh koksidiolog olim O.T.Sobirov va boshqalar pista yostiqsimon soxtaqalqondorining biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganib, rivojlanish taraqqiyoti kompleks iqlimiy omillar ta’siri bilan to’g’ridan-to‘g‘ri bog’liqligi haqidagi ma’lumotlarni matematik korrelyatsion tahlil qilish usuli bilan isbotlashgan [6]. Mevali daraxtlarning ichida xandon pistaning o’rni va ahamiyati katta bo’lganligi tufayli bu hasharotga boshqa mamlakatlarda ham jiddiy e’tibor berilmoqda. Zero pista juda ko’p maxsulotlar beradigan o’simlik bo’lganligi uchun qiziqish tobora yuksalmoqda. Ayniqsa pista tarqalgan hududlar, mamlakat olimlari bu o’simlikni o’rganishga oid qator ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Fikrimiz dalili sifatida Entomologia Hellenica 3-sonida (29-33 b) pista daraxti keng tarqalganligi, o’zida asalarilar uchun ishlab chiqaradigan suyuqlik bo’lganligi uchun ular ichida asalarichilikni rivojlanishiga xizmat qilishi ko’rsatiladi. Ushbu ishda ko’rsatilishicha pista populatsiyasini birinchi yoshdagi nimfalari may oyining o’rtasidan boshlab daraxtlarning turli joylariga tarqaladi. Birinchi yoshdagi nimfalarning ikkinchi yoshga o’tishi kuzda o’tib, bular qishlashga qoladi. Pista daraxti Sharqiy O’rta Yer dengizi, Gretsiya Turkiya Eron va Iroqda tarqalganligi ko’rsatiladi[13]. G.A.Davatchining yozishicha pista soxtaqalqondori Eron, Yaman, kabi mamlakatlardagi pistazorlarda eng asosiy zararkunandasi ekanligi ko’rsatiladi[18].Afinadagi pillachilik va asalarichilik qishloq xo’jaligi kollejidagi olib borilgan kuzatishlarda bu hasharotning fenologiyasi va parazitlarni o’rganilishga qaratilgan ekan. Pista bilan zararlangan novdalarni labaratoriya sharoitida o’rganilib, ularning rivojlanishi o’zlarida shiralar ishlab chiqarilishi o’rganilgan. Undan tashqari usbu entomologiya labaratoriyasida pista yostiqsimon soxtaqalqondori gavda uzunligi, rangi, tuxumi, tuxumdan chiqqan lichinkalari kattaliklari va ranglari ko’rsatilgan va bu soxtaqalqondor Gretsiyada va bir necha mamlakatlarda bir avlod berishi ko’rsatilgan. W.Ebeling (1959) aniqlashicha pista yostiqsimon soxtaqalqondorini pistazorlar ichida migratsiyasi bo’yicha tadqiqotlari orqali aniqlagan. [8]. Abu Yaman tomonidan Iroqda 1967-1968 yillarda olib borilgan kuzatishlarda urg’ochilarning 15-mayda tuxum qo’yganligi aniqlandi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar daraxtning yosh novda barglariga 7-maydan boshlab o’tishi kuzatilgan. Muallif tomonidan pista soxtaqalqondoriga qarshi turli kimyoviy moddalar ta’siri o’rganilgan. Bunday moddalar ichida dikrotofos yaxshi natija ko’rsatgan. Eronlik koksidiolog M. R.Mehrnejadni Eronning asosiy qishloq xo’jaligi pista yetishtirish bo‘lib, pista yostiqsimon soxta qalqondori o’simlikning har bir qismiga o’sish davrida zarar keltirishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi [12]. Turkiyada ham pista o’simligi xom-ashyosi sanoatida yetakchi o’rinlarni egallab, uni zararlovchisini aniqlash ustuvor vazifa hisoblanadi. M.Moghaddam aniqlashicha pista yostiqsimon soxtaqalqondorning tarqalishi to‘g‘risida yangi manbalar va nazorat ro‘yxati, taksanomiyasi, zararlanish darajasi haqidagi maʼlumotlarni aniqladi. Muallifni aniqlashicha pista yostiqsimon soxtaqalqondorini dunyo bo'yicha tarqalgan hududlari: Suriya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, O'zbekiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Iroq, Eron, Gretsiya, Kipr, Armaniston, Afg'oniston, Isroil kabi davlatlar ekanligini ko’rsatadi. U bu hasharotni o'rgangan olimlar Bodenheimer 1926-yilda Ben-Dov.Y va Miller,DR (2004) va bundan tashqari dunyodagi miqyosidagi tizimli ma'lumotlar bazasida O.Banki, Y.Roskov, L.Vandepitte, D.Remsen, P.Shalk, T.Orrell, M.Keping, J.Miller, R.Aalbu, R.Adlard, E.Adridenssens, E.Aedo, E.Aescht, N.Akkari, M.A. Alonso-Zarazaga, B.Alvarer, F.Alvarer, G.Anderson va boshqalar o'rganganligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan [11]. E. Yanik va A. Yuselni pista zararkunandalari, ularning populatsiyasining rivojlanishi va Anliurfa viloyatidagi zarar holati 1996-1997-yillarda 6 ta bog’da mart va avgust oylarida o’tkazilgan bo’lib, pista zararkunandalari, ularning populatsiyasining rivojlanishini pistazorlarda o’tkazgan tadqiqotlari natijasida aniqlagan [17]. G. R. Tavakkoli Qo’rg’ond va H. Lotfalizodalar 2016-yilda may oyida Eronning Birjand qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot statansiyasining bog'idan pista soxtaqalqondori namunalari yig’ib kelinib labaratoriyada morfologik belgilari o'rganilgan. U hasharotni dastlab Eronning Xormozgan, Kermon, Siston va Balujiston,Janubiy Xuroson viloyatlaridagi pistazorlarda qayd etilgan. [15]. A.Shimsek va H.Bolu aniqlashicha pista o’simligi Janubiy-Sharqiy Anadolu mintaqasi, Anqara, Adana, Antaliyadajahonda esa Afg’oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Kipr, Iroq, Eron, Isroil, Qirg’iziston, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina kabi Polearktika mintaqasi mamlakatlari, Siklad orollari, Gretsiya, Kavkaz, Rossiya, Livan, Suriya, Misr, Iordaniya, Arab yarimoroli mintaqalarida tarqalgan bo’lib uni zararkunadasi pista yostiqsimon soxtaqalqondorini ayrim hududlarda yiliga bir marotaba emas balki ikki marotaba nasl berishi va ikki yoshli lichinkalarni qishlash jaroyonini o’rganishgan. Ular bu hasharotni Turkiyaning quyidagi hududlarda tarqalganini ham aniqlashgan.Bular Adiyaman, Diyarbakir, Gaziantep, Mardin, Sirt, Shanliurfa hududlarida mavjuda bo’lgan pistazorlarda uchrab bu hasharot uchrab zarar keltirishini o’rgangan[14]. G.Kiriukhin, Janubiy Forsda Anapulvinaria pistaciaening, tarqalishiga va zararlilik darajalari olib boriligan tadqiqotlar natijasida o’rganilgan [10]. I.A.Gavrilov-Zimin tomonidan bu zararkunandaning morfologiyasi va birinchi marta sitogenetik jihatdan mitoz jarayoni va undagi xromosomalar sonnini aniqlagan[9]. Xulosa Xandon pista daraxti O’rta Osiyoning turli viloyatlaridagi adir va tog’oldi zonalarida tarqalgan kishilar hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi daraxtlardan hisoblanadi. Biroq, pista darxtini mo’tadil o’sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri- zararkunanda hasharot pista soxtaqalqondori hisoblanadi. Pistaning insoniyat hayotidagi muhim ahamiyatini hisobga olgan holatda u turli mamlakatlardagi mutaxasislar e’tiborini o’ziga tortgan. Bu soxtaqalqondorning turli mamlakatlarda tarqalishi, morfologik xususiyatlari, O’rta Osiyoda A.G.Arxanglskaya, N.S.Borxsenius, N.I.Abdrashitova, K.Zokirov Eron va Gretsiyada L.A.Santas, Abu Yamanlar va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Download 25.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling