Piter frankopan “ipak yo’LI, yo’l matolari, qullar, G’oyalar va dinlar.”


Download 485.05 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi485.05 Kb.
#99977
Bog'liq
PITER FRANKOPAN “IPAK YO’LI, YO’L MATOLARI, QULL




PITER FRANKOPAN “IPAK YO’LI, YO’L MATOLARI, QULLAR, G’OYALAR VA DINLAR.”

IPAK YO”LI bu shunchaki kitob emas bu haqiqiy tadqiq.Britaniyalik tarixchi va oksford unversiteti professori Piter Fronkopan yozgan ushbu tadqiqot kitobi bizga bevosita buyuk ipak yo’li va insoniyat o’tmishining 2000 yillik tarixini o”rgatadi.

Bunda ipak yo’lining osiyodan yevropaga qanday kelib chiqishi xaqida bilib olasiz. Uni boshqarish uchun urushlar olib borilganligi shuningdek ipak yo’li yana boshqa qanday xizmatlarni amalga oshirganligi xaqida malumot beriladi.O’sha vaqtlarda yevropadagi tannazul davrini xamda osiyoda rivojlangan svilizatsiya xaqida malumotlar keltirib o’tadi

Transliteratsiya xaqida eslatmalar.

Tarixchilar transliteratsiya xaqida baxslashishadi. Shu kabi kitoblarda turli tillarda yozilgan kitoblar va manbalarda birlamchi xollatda xulosa chiqarish qiyin.Men tarixda ko’plab xududlar va ularning nomlari va xududi o’zgarganligini ko’rdim misol uchun Pekin, Guanchjou, va Fors xududidagi bir qator xududlar va ularni o’zgartirgan shxslar misol uchun Chingizxon va uning avlodlari . Aslida nomlari o’zgargan xududlar bilan ishlash va ularni o’rganish qiyin. Lekin men buni o’rgandim xususan Konstantinopolga yani xozirgi Istanbulga va Bosfor bo’g’ozigacha bordim undan 1935 yil Fors xududi va undan Eron mamlakatigacha bordim va u yerlarni o’rgandim.

Yozuvchi Piter o’quvchilarga kirish so’z qismida o’zi xaqida va bollaligi xaqida qisqacha malumot beradi . Xususan mening bollaligimda eng qimmatli xazinalarimdan biri bu katta xarita edi.U menig kravotim tepasidagi devorga osib qo’yilgandi men unga xar doim yotishdan oldin qarar edim ko’p o’tmay men undagi davlatlar va ularning poytaxtlari va dengizi okeanlarni bilib oldim. Biz maktabda tor doirani o’rganar edik xususan Amerika va Yevropa bilan chegaralanganmiz lekin dunyoda biz bilmagan sirli tog’ tizmalar va ulardagi ajoyibotlar davlatlarni bog’lovchi yo’llar esa ayniqsa tarixga boy Osiyo etibordan chetda qolar edi men bundan nolir edim. Men tarixni yaxshi o’qidim va ko’p narsani bilib oldim yani Britaniya tarixini va shox Normanni va yevropaninmg tarixini Germaniyaning ko’tarilishi va tannazulga qulashi barchasini qiziqib o’rgandim.

Men ko’proq Rossiya, Markaziy Osiyo, Fors, Mesopatamiyani ko’proq bilishni xoxlardim ularda vujudga kelgan dinlar ulardagi xukmdorlar mo’gullar va salibchilar osiyoning tarixga boy shaxarlari bo’lgan Qoxira, Quddus va boshqa shaxarlarga qiziqardim.Men rus tilini o’rgandim va bunda menga dengiz razvedkasida xizmat qilgan inson Don Xidgi yordam berdi va u menda Osiyo xaqidagi qarashlar xususan Islom va uning marifatli qarashlarini o’zida jamlaganligini ko’rsatib berdi men rus tilini o’rganganimdan so’ng bir qator adabiyotlar o’qidim va unda o’zim uchun Osiyoni kashf etdim. Misol uchun bundan besh ming yil ilgari vujudga kelgan davlatlar yani Bobil davlati Xindistondagi Moxenjadaro va Xarappa shuningdek Mesopataiyadagi Uruk, Ur, Umma shaxarlari va Baqtriya, xozirgi Afg’oniston va Tojikiston xududidagi davlat larni Xitoy buyuk devorni shunigdek mag’rur Ximolay tog’ini o’rgandim. Bugungi kunda biz uchun qiziq tuyulgan davlatlar deydi yozuvchi yani demokratiya yo’q bo’lan sharq mamlakatlari yani O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston va Kavkaz xududlari Rossiya Ozarbayjon bu davlatlarni yakka diktatorlar boshqarib kelmoqda biz uchun qiziqligi shunda. Deydi yozuvchi Frankkopan. Shuningdek yozuvchi urush o’chog’iga aylangan Afg’onistonni va Eron Suriya va Iroq mamlakatlari tarixini o’rganganligini qayd etadi va u bu xududdlardan o’tgan “buyuk ipak yo’li”ga to’xtalar ekan uni 19 asrning oxirida taniqli nemis geologi Ferdinand Fon Rixtgofen (birinchi jaxon urushidagi red baronning akasining amakisi ) aynan Rixtgofen tomonidan “Buyuk ipak yo’li” nomi berilganini qayd etib ipak yo’li o’z vatida dunyoning “markaziy asab tizimidir” deb takidlaydi. Yozuvchi shuningdek “sharqshunoslik” so’zigaham to’xtalib o’tib yevropa sharqshunosligi sharqni faqat salbiy nom bilan qayd etib kelganligi yani Iroq va Suriya xududidagi ekstremistik mazxablar xamda Afgon mamlakati xaqidagi qarashlarini qayd etadi va o’ziham tarixiy xatoga yo’l qo’yadi yani ushbu asarda yozuvchi Bobur Mirozoni “buyuk mo’g’ul” deb yanglish tushuncha qayd etadi va uning yaratuvchanligini takidlaydi. Xuddi shuningdek Eron mamlakati xaqida va uning tarixi va uning shon sharafini ko’targan xukmdorlari xaqida to’xtalib o’tib uning tarixini 1400 yil oldin yozilgan kitobdan o’rganishni maqullaydi. Osiyoning yutiug’ini bir karra Samarqand, Bag’dod va Damashq ga to’xtalib o’tib u yerda yozuv uchun qulay qog’ozlar ishlab chiqarilganligini qayd etadi.Zamonaviy Eron shaxri bo’lgan Ray va Texron shaxarlarini shunigdek O’rta yer dengizi bilan bog’lovchi shaxarlarga to’xatlib o’tib u Qobul, Isfaxon Samarqand Buxoro, va bu shaxarlardagi ulug’vor minoralar ularni boshqargan xukmdorlar xamda ularninmg buyuk ipak yo’lidagi manfaati xaqida malumot beradi.Shuningdek sharqning ilm urfoni buyukligini qayd etib buyuk shaxarlarda kutubxonalar ziyoratgohlar borligini ulkan rasadxonalar borligini aytib buyuk ipak yo’li ustidagi barcha qadimiy shaxarlar buyuk ulug’likka egaligini aytib beradi.

Buyuki ipak yo’lida joylashgan davlatlardan yetishib chiqgan olimu fuzololar borligini lekin Yevropa xaligacha ularni to’liq bilmasligini olim tan oladi, xususan bizga malumki g’arb mamlakatlari Ibn Sino, Beruniy Al-Xorazmiy nomlarinigina bilishini lekin Osiyoda buyuk olimlar juda ko’pligini qayd etadi. Qo’shimcha malumotlar sifatida yozuvchi osiyodagi Xitoy mamlkatidagi qirolliklar va Imperiyalarni va ular o’rtasidagi o’zaro urushlarni xamda Yevropalik sayyoxlarning osiyo va uning boyliklariga qiziqishlarini takidlaydi. Buning isboti o’laroq Marko Poloni aytadi.

Yozuvchi buyuk ipak yo’lini madaniyat tashuvchi xamda kashfiyot almashinuvchi shuningdek buyuk xukmdorlar uchun maxfiy xizmat yani xabar beruvchi razvedka vositasi ekanligini qayd etadi. Shunigdek yozuvchi joy nomlarini aytib ularni nega yaqin., uzoq sharq xududlariga bo’lganligini yoritib bugungi Isroil va Falastin mamlakatlari xaqida malumot beradi shuningdek o’zi yozgan ushbu asarni dunyoga yangicha nazar tashlash vositasi deb ataydi xamda balki u yozganlari bir kuni o’zgarishi mumkunligini atatadi.



Ipak yo’lining yaratilishi

Ipak yo’lining yaratilishi qismida yozuvchi uzoq tarixdan boshlab bizga malumot berib o’tadi yani azaldan Osiyoning markaziy mintaqalarida yirik imperiyalar vujudga kelganligini ular qadimgi Dajla va Frot daryolari xavzasida xamda Alyuvial teksligidagi qadimgi davlatlar ekanliginini aytib beradi . Bu xududda tizimli qishloq xo’jalogi vujudga kelganligi xamda qo’shni mamlakatlar bilan savdo aloqalari borligini aloxida yoritadi.Yozuvchi shuningdek biz uchun qiziqarli bo’lgan fors xududidagi bazi joylar xamda ularning axolisi xamda fors podsholariga yordam berganligi yani aloxida xabarkashlik vositasini amalga oshirganligini xususan Fors xududidagi Midiya , Elam va Suza, Per, kabi joy xududida yashagan xamda bu xududlarning egalari faoliyatini yoritib beradi. Yozuvchi o’zi uchun qimmmatli malumotlarni Geradot asarlaridan olaganligini takidlaydi. Uning Fors podshoxi Kayxusrav va Dorolar faoliyati xamda Ularning xozirgi Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi fojialarini aytib o’tadi.Shuningdek Geradotning fikriga ko’ra ushbu xududlarda qishloq xo’jaligi uchun sarmoya kiritilganligi va sug’orish tizimini rekanstruksiya qilishganligini xamda yuqori xosil olinganliginligini takidlaydi. Fors xukmdori Doroning Persapol va Pasardagi ulug’vor oltin va kumushdan qurilgan saroyi xamda uning devorlaridagi suratlar xususan Baqtriyaning toza oltinnini keltirayodgan savdogar chizmasi borligi misol. Lekin Fors shoxlarining kunini Yunoniston hukmdori Iskandar Maqduniy berganligini xamda uning xazinasini olganligini xamda o’z xavsizligini taminlash va ulug’vor Ximolaydan o’tib buyuk Chin yurtini egalash va Hind mamlakatini olish xaqidagi malumotlari va lekin mayda janglarda yani Amudaryoning keyingi qirg’og’idagi xalqlar bilan bo’lgan janglardagi faoliyatini aloxida takilaydi xamda ushbu xududan so’ng Iskandar Hind o’lkasiga yurish qilganligini va uning vafodor oti butsefalning o’limi xaqidagi ajoyib malumotlarni yozuvchi bizga beradi.Ammo Maqduniyning o’limi va undan keying o’n yilliklar juda ayanchli o’tganligi xududlardagi to’s to’palonlar bunga guvoxlik beradi.

Keyinchalik mamlakatlarda o’zaro savdo aloqalari jonlana boshladi xususan barcha davlatning o’z oltin va kumush madandagi savdo sotiq uchun puli yaralganligi va g’arb madaniyati sharqga kirganligi xamda qisman uzoq davlatlar bilan aloqalar boshlanganligini keltirish mumkun.

Assosiy masala yoxud global shov shuvli vaziyat esa bevosita Xitoydagi Xan sulolasi davriga to’g’ri keladi xitoyni shimoli va g’arbiy xududlarida talonchi Xunlardan katta aziyat yeganligi xamda ko’plab mol mulkidan ayrilganligi shu tufayli keyinchalik buyuk devor yaratilganligi va o’sha vaqtda xitoy bilan birgalikda Xunlarga qarshi kurashda strategik xamkor kerakligi va uni toppish uchun imperator o’zining tutingan yoki asrandi o’g’li Chjuan Syuanni Takla makan cho’llari va Qashqar xududidan va Pomir tog’laridan o’tib Xitoy uchun nomalum xududlarga jo’natadi. U yuqorida aytilgan xududlarni bosib o’tib yo’lda Xunlarga asir tushib bir necha yillar asrlikda yashab so’ng qochib qutilib

Farg’ona vodiysiga keladi va bu yerda Vodiyni o’zi uchun kashf etadi. Tarixiy manbalarda elchi o’zi bilan samoviy deb atalgan Farg’ona otini xamda bir qancha yangi malumotlar va o’simliklarni olib o’z yurtiga qaytadi lekin u Farg’ona davlatini Xunlarga qarshi kurashga ko’ndiraolmaydi. Keyinchalik Xitoy imperatorlar o’z bosqinchiligi yoki Xitoy mamlakati xududini kengaytirish bilan Tyanshan Qoshg’ar va Hindikush tog’larini bosib o’tib va Farg’ona davlatini talaydi ushbu xududdagi o’zlari uchun eng kerakli bo’lgan maxsulot farg’onaning samoviy otlarini bir necha o’n mingini xamda ko’plab boshqa qimmatbaxo maxsulotlar bilan o’z yurtlariga qaytishadi. Farg’ona otlarini Xitoy imperatorlari “tug’ilgan ajdaho” (xansune) deb atashgan. Xitoyga bo’ysungan bir qator xududlar tinchlik uchun guruch, kumush, teri, chorva maxsulotlari sharob berishgan.bu malumotlar bevosita xitoy tarixchisi Shi Jining “Tarixiy eslatmalar” kitobida qayd etilgan.

Keyinchalik xitoyliklar va elchi yurgan xududlar Dunxuan Takla makon, Gobi saxrosi Shinjon(qashqar) Pomir, Tyanshan xududi undan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Isfaxon, Sheroz, Bag’dod va Konstantinopol shaxarlarigacha bo’lgan xudud yani sharqni g’arb bilan bog’lovchi xudud Buyuk ipak yo’li deb aytiladi.

Xitoylik lar ipak yo’lini ximoyalash uchun “maxsus organ” yaratishadi bu organ tarkibi 35000 ming kishidan iborat bolib ular savdo karvonlarining xavfsizligini taminlashdan iborat bo’lgan. Frankopanning malumotiga ko’ra aynan ipak yo’li uchun maxsus yaratilgan organ keyinchalik xitoyning xarbiy va aloxida maxfiy xizmati yoki jinoiy sudi vazifasini o’tagan. Bundan tashqari ushbu yo’ldagi savdogarlarga maxsus xujjatlar yani savdo qilish uchun ruxsatnoma berilgan, bu ruxsatnomalar aloxida shaxslar tomonidan bazi shaxslarga tekinga berilgan va bu shaxs xorijiy mamlakatdan maxfiy malumotlar olib kelish vazifasini yani josuslik tarmog’ini yo’lga qo’ygan. Bundan tashqari ushbu kitobda yevropa mamlakatlari xaqida yani Rim va Fransiya xaqida malumotlar va ularning xarbiy tuzilishi va ipak yo’lidagi savdo aloqalari xaqida malumotlar beradi. Xususan Fransiyaga Afg’oniston va Fors xududidan tansiq ziravorlar keltirilganligini takidlaydi. Shunigdek ushbu yo’l ustida joylashgan mamlakatlar ipak yo’l savdosidan yuqori daromad olishganligini qayd etadi.

Buyuk ipak yo’li nafaqat turli maxsulotlar bilan yoki josuslikaxborotlaridan tashqari bu yo’l orqali yuzlab qullar sotilganligini xususan chingizxon va uning avlodlari davridagi 10 000 minglab insonlar aynan qul sifatida sotilganligi madaniyati past mog’ullar ko’plab madaniy xududlarni oyoq osti qilganligi bunga guvoxdir.



Xulosa o’rnida. Mening fikrimga ko’ra o’tmishni biz o’rganishimiz uchun qulay shaklga keltirish nisbatan oson,lekin qadimiy dunyo biz o’ylagandan ancha murakkab va o’zaro bog’liqdir.Biz tarixdan ko’p narsani o’rgandik yani Ga’rb o’z diqqatini sharqga qaratdi , sharq esa g’arbga bu o’zaro manfaao belgisiga aylandi. Qadimdan Hindiston, Fors ko’rfazi, Yaqin Sharq va Osiyoning Markazi antik ipak hayoti bilan to’la edi. Ushbu yo’l orqali yevropaga salib yurishlari bilan birga yangi din yangi madaniyat va yangicha fikr yangi g’oyalar kirib bordi buyuk ipak yo’li davlatlarni fikrlashga o’rgatdi shaxslarni muloqotga va biz buyuk ipak yo’li orqali qadimgi diplomatiyani va o’zaro manfatli aloqani ko’rdik. Bejiz aytishmaydi ‘mamlakatning do’sti bo’lmaydi davlatni manfaati boladi” deb buyuk ipak yo’li o’sha manfaatni qariyb 2000 ming yil ro’yobga chiqardi.
Download 485.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling