Plagiat turlari
Download 113.5 Kb.
|
Plagiat
Plagiat - bu boshqalarning so'zlari yoki g'oyalari uchun kredit olish harakati. Bu intellektual noto'g'ri harakatdir va bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu universitetning shon-sharaf kodekslarini buzadi va insonning obro'siga tiklanmasli zarar etkazishi mumkin. Plagiariyalangan topshiruv noto'g'ri darajaga, to'xtatib turishga yoki ekspulsatsiyaga olib kelishi mumkin. Ko'rinib turibdiki, bu masalani engil qabul qilmaslik kerak. Ammo agar akademik yaxlitlik bilan harakat qilsangiz, u qo'rquvga tushmaydi. Tasodifiy intihaldan qochishning eng yaxshi usuli tushunchaning o'zini tushunishdir. Plagiat turlari Plagiatning ba'zi shakllari aniq. Boshqa birovning insho so'zini so'z uchun nusxalash va uni o'zingizning nomingizga topshirishmi? Albatta, plagiat. Qog'oz fabrikasida sotib olgan insholarni yoqish ham. Biroq bu masala har doim ham mantiqsiz emas. Akademik islohotlardan tashqari, boshqa va murakkab murakkab shakllarda ham xuddi shunday oqibatlarga olib keladi. To'g'ridan-to'g'ri plagiatlik - boshqa shaxsning ish so'zini nusxa ko'chirish aktidir. Kitob yoki maqoladan xatni inshoga kiritib, atribut yoki tirnoq belgilari kiritilmagan holda, to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik. Sizni insho yozish uchun birovga pul to'lash va inshoni o'zingizning ishingiz deb topshirish ham bevosita plagiatizmdir. Agar siz to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik qilsangiz, Turnitin kabi dasturiy ta'minot va vositalar yordamida sizni qo'lga olishingiz mumkin. Paraphrase plagiat, birovning ishiga bir necha o'zgarish (ko'pincha kozmetik) qilishni o'z ichiga oladi, keyin uni o'zingiznikidan o'tadi. Agar fikringiz keng tarqalgan bo'lsa, siz uni maqolangizga kiritmasdan, hatto bevosita tirnoqlarni kiritmasangiz ham, uni qog'ozga qo'shib bo'lmaydi. "Mosaic" plagiati - bu to'g'ridan-to'g'ri va pafrazli plagiatning kombinatsiyasi. Ushbu turdagi so'zlar, jumlalar va jumlalar (ba'zi bir so'z so'zlar, ba'zi bir paraphrase) so'zlarni tirnoq belgilari yoki atributlari ko'rsatmasdan saralashni o'z ichiga oladi. Tasodifiy surishtiruvlar keltirib chiqarilsa yoki manbalar noto'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa. Tasodifiy plagiatlik odatda disorganizatsiyalangan tadqiqot jarayonining natijasi va so'nggi daqiqalarda boshlanadi. Natijada, siz manbalarni to'g'ri keltirishga urinmasangiz, kredit berishga bo'lgan har qanday niyat bo'lsa ham, siz plagiatni qildingiz. Intialdan qanday saqlanish mumkin? Intiqal qiluvchi har bir kishi boshqa birovning ishini o'g'irlash maqsadida boshlanadi. Ba'zan, plagiat faqat yomon rejalashtirish va bir nechta dahshatli yomon qarorlar natijasidir. Intiqal tuzog'iga qurbaqa qilmang. Muvaffaqiyatli, original ilmiy maqola yozish uchun ushbu maslahatlarga rioya qiling. Tadqiqot jarayonini iloji boricha tezroq boshlang , yangi topshiriq olganingizdan so'ng, afzallik beriladi. Har bir manbani diqqat bilan o'qing. Axborotlarni olish uchun o'qish seanslari o'rtasida uzilishlar qiling. Har bir manbaning asosiy g'oyalarini baland ovozda, original matnga havola qilmasdan tushuntirib bering. So'ngra, har bir manbaning asosiy dalillarini o'z so'zlaringiz bilan yozing. Ushbu jarayon sizning manbalaringiz g'oyalarini o'zlashtiradigan va o'zingizni shakllantirishga mo'l-ko'l vaqt ajratishingizni ta'minlaydi. To'liq tasavvurni yozing. Tadqiqot va miya bo'roni vaqtini o'tkazganingizdan so'ng, sizning hujjatingizni batafsil yozing. O'zingizning asl dalilingizni aniq belgilashga e'tibor qarating. Qisqasini nazarda tutganingizdek, manbalaringiz bilan suhbatlashayotganda o'zingizni tasavvur qiling. Resurs fikrlarini qayta tiklash o'rniga, bu fikrlarni o'rganib chiqing va o'zingizning ular bilan qanday aloqasi borligini ko'rib chiqing. Paraphrase "ko'r". Agar siz mualliflik g'oyalarini sizning ishingizda tushuntirishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, asl matnga qaramasdan tushuntirishni yozing. Agar siz bu jarayonni qiyin deb topsangiz, fikringizni do'stingizga tushuntirib berganday, suhbatlashuv ohangida fikrlarni yozib ko'ring. Keyin ma'lumot uchun tegishli tonda ma'lumotlarni qayta yozing. Resurslaringizni kuzatib boring. O'zingiz o'qigan har bir manbaning ro'yxatini tuzing, hatto qog'ozga murojaat qilmoqchi bo'lganlar ham. Bepul bibliografiya jeneratör vositasi yordamida ishlaydigan bibliyografiya yarating. Siz loyihangizda mualliflik g'oyalarini taklif qilganingiz yoki izohlab berganingizda, tegishli jumlaning yonidagi manba ma'lumotlarini o'z ichiga olasiz. Agar siz uzoq qog'oz yozmoqchi bo'lsangiz, Zotero yoki EndNote kabi bepul tashkilot vositasidan foydalaning. Bir oz qo'shimcha tashkilot bilan tasodifiy plagiat butunlay qochishi mumkin. Onlayn plagiat tekshiruvidan foydalaning. Internetdagi vositalar aql bovar qilmaydigan bo'lsa-da, qog'ozni topshirishdan oldin plagiat tekshiruvi orqali chopish yaxshi. Siz o'zingizning manbalaringizdan birining yozgan narsasiga o'xshash bir jumlanni noto'g'ri tuzganingiz yoki bevosita tirnoqlardan biriga keltirmadingiz. Quetext kabi bepul resurslar sizning ishingizni millionlab hujjatlar bilan taqqoslashingiz va yaqin uchrashuvlarni qidirasiz. Professoringiz, ehtimol, bu vositalardan foydalanadi, siz ham keraksiz. Plagiat, izohli lug‘atlarda qayd etilishicha, lotincha (plagio) so‘z bo‘lib, «o‘g‘irlayman» degan ma’noni bildiradi. Bu biror badiiy, ilmiy asar yoki kashfiyot muallifi huquqlarini buzib, u yaratgan narsa, g‘oyalarni noqonuniy ravishda boshqalar tomonidan o‘zlashtirilishi — «o‘ziniki» qilib olinishi. Plagiat so‘zini ko‘chirmachilik va shunga yo‘l qo‘ygan kishi — plagiatorni ko‘chirmachi decak ham bo‘laveradi. Ko‘chirmachilar boshqa birovlarning aqli, shuuri, ilhomi samarasi bo‘lmish ilmiy g‘oyalar, proektlar, badiiy matnlar, musiqiy asarlarga «egalik» da’vo qiladilar, ularni o‘z nomlaridan chiqaradilar. Ba’zilar buni taqlid deb, o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ladilar.To‘g‘ri, taqlid — ko‘chirmachilik emas, o‘rganish, izlanishning bir bosqichi. Ammo san’at olamida, xususan, badiiy adabiyotda bir umr salaflari va zamondoshlariga taqlid yo‘lida ijod qilganlar plagiatordan uncha uzoq ketolmaydi. Nari borsa, ustozi asarlarining nusxasini yaratadi, xolos. Ilmda ham xuddi shunday. San’atda, turidan qat’i nazar, ijodkorning o‘zligi yaqqol namoyon bo‘lishi lozim. Shunda u yaratuvchi, ijodkor nomiga musharraf bo‘ladi. Plagiatning ko‘rinishlari. Plagiatorlik “faoliyati” tarjima adabiyotida ham uchrab turadi. Bir zamonlar boshqa kishilar yaratgan badiiy, ilmiy tarjimalarni sal tahrir va tadbil qilganday bo‘lib, o‘z nomidan chop ettirish plagiat hisoblanmaydimi? Bunga tarjima tarixidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Shuni o‘ziga ep ko‘rgan kishilar ko‘nglini og‘ritib, misollar keltirib o‘tirmay deb o‘ylagandim, bo‘lmadi. “A” degandan keyin “Be”ni ham aytish kerak ekan. Gazetada bir hikoya o‘qidim. Uning sarlavhasi ostida “falonchiev tayyorladi”, deyilgan ekan. “Jahon adabiyoti durdonalari”. — Bu rubrika e’tiborimni tortdi. Hikoyaning muallifi yo‘q, negadir qayd etilmagan. Yo materialni tayyorlagan kishining o‘zi jahon adabiyotiga daxldor shaxsmikin, deb o‘yladim. Lekin o‘zim bilgan mualliflar orasida bunday ismni uchratmadim. Xotiramga o‘qiganlarim kelaverdi. Oxiri esimga tushdi: gazetadagi material Paustovskiyning “Keksa oshpaz” (“Starыy povar”) hikoyasining na tarjimasi, na tadbili edi: o‘zbekcha matnda uning sarlavhasi, badiiy detallari, Motsartdan boshqa qahramonlarning nomi o‘zgartirilgandi (o‘lim to‘shagida yotgan cholning qizi Mariya — Almudena, rahmatlik xotini Marta — Rosita deb berilgan). Bu na taqlid, na tarjima, na sharh, na tadbil edi. Agar bu plagiat bo‘lmasa, hikoyani nashrga tayyorlagan qalamkash jahon adabiyotini milliy tilda o‘zlashtirishning yangi usulini yaratdimikin? Ba’zan “falon oliygoh o‘qituvchisi tayyorladi” yozuvi bilan mashhur mutafakkirlarning bitiklari, boshqalarning qalamiga mansub maqolalar ham chiqib qoladi. Lekin ularning nomi berilmaydi. O‘qiysiz, eslaysiz, o‘ylaysiz: bu narsa shu “olim”ga nimaga kerak bo‘ldi ekan? Uning yil oxirida hisoboti, ball to‘plashi uchunmi? Bu narsalarga ko‘zi tushgan uning shogirdlari “biz ham u-bu joylardan ko‘chirib gazetalarda chiqaversak bo‘lar ekan-ku” degan xayolga bormaydimi? Plagiat va yoshlarni unga o‘rgatish shu nuqtadan boshlanmaydimi? Bir vaqtlar S.Yesenin maktublarini o‘qiganimda, shunday jumlaga ko‘zim tushgandi: o‘zgalarning bir so‘zi yoki so‘z birikmasidan foydalanish — ijodiy o‘zlashtirish, jumlasini, fikrlarini havolasiz ko‘chirish esa plagiat. Birovning matni (janri, turidan qat’i nazar) to‘liq ko‘chirilib, “xususiylashtirib” olinsa-chi? Buni nima desa bo‘ladi? Bu ham plagiat. Manbani ko‘rsatmay, iqtibos olish qoidalarini buzib bir jumla ko‘chirding nima-yu to‘liq matnni ko‘chirding nima… Baribir — o‘g‘irlik. Madaniy emas, madaniyat sohasidagi o‘g‘irlik, muallif huquqlarini nazar-pisand qilmaslik, kuppa-kunduzgi qaroqchilik, desak ham yanglishmaymiz. Bundan tashqari, “ilmiy-amaliy konferentsiyalar materiallari” nomi ostida chop etilgan ba’zi kitoblarni varaqlarkansiz, “u yoq-bu yoq”dan yulqib olingan “maqolalar”ga ko‘zingiz tushgach, hafsalangiz pir bo‘ladi. Bu narsalar “ball” yig‘ish niyatida yozilganiga shubha qilmaysiz. O‘qituvchining mahorati, “ball”i asosan uning darslariga talabalar bergan baho bilan belgilanmaydimi? Bir ilmiy konferentsiya materiallari kitobini o‘qib, tanish muallimdan so‘radim: — Nega dissertatsiyangiz mavzusidan emas, boshqa maqola berdingiz? — Shu mavzuda tezroq yozish imkoni bo‘ldi… 1. Qiyoslang: “Kak uje bыlo otmecheno, dvuyazыchie, ili bilingvizm, — odno iz vajnыx lingvisticheskix ponyatiy, svyazannыx s yazыkovыm kontaktom. Yavlenie, izvestnoe kak bilingvizm, predstavlyaet isklyuchitelnыy interes ne tolko s tochki zreniya lingvistiki, no i s pozitsiy filosofii, psixologii, sotsiologii i daje fiziologii (https://studopedia.ru/10_289868_bilingvizm-ili-dvuyazichie.html). Mazkur matn bir ilmiy amaliy konferentsiya to‘plamida: “Kak uje bыlo otmecheno, dvuyazыchie, ili bilingvizm, — odno iz vajnыx lingvisticheskix ponyatiy, svyazannыx s yazыkovыm kontaktom. Yavlenie, izvestnoe kak bilingvizm, predstavlyaet isklyuchitelnыy interes ne tolko s tochki zreniya lingvistiki, no i s pozitsiy filosofii, psixologii, sotsiologii i daje fiziologii” (1918, s. 13); 2. Qiyoslang: “Dvuyazыchie — chastnыy sluchay mnogoyazыchiya, no poskolku dvuyazыchnыe situatsii predstavlyayut soboy naibolee tipichnыy sluchay mnogoyazыchiya, termin «dvuyazыchie» bolee upotrebitelen, chem «mno¬goyazыchie», i chasto ispolzuetsya vmesto poslednego. V russkoy lingvisticheskoy traditsii naryadu s nimi shiroko ispolzuyutsya terminы «bilingvizm» i «multilingvizm». (https://core.ac.uk/download/pdf/151225558.pdf). To‘plamdagi o‘sha maqolaning davomi: “Dvuyazыchie — chastnыy sluchay mnogoyazыchiya, no poskolku dvuyazыchnыe situatsii…” va h. Mushtariylar ma’zur tutgaylar. O‘zlariga xulosa chiqarsin, deb turli saytlardan havolasiz ko‘chirib maqola yozgan hamkasbimizning nomini va to‘plamning sarlavhasini atayin ko‘rsatmadim, zero, maqoladan maqsad ham birovni tanqid qilish emas. Ba’zan hatto ko‘p yillik tarjibaga ega tadqiqotchilar ham monografiyalarida avval o‘zga ilmiy ishidan bir iqtibosni “qoida”ga amal qilib oladilar-da, keyin besh-o‘n sahifagacha tap tortmay ko‘chiradilar. Go‘yo “tirnoq” ichidagisi kitob muallifiniki-yu qolganlari esa ko‘chirgan janob qalamiga mansubday. Hech bo‘lmasa, ora-sirada manba va uning sahifasi ko‘rsatilsa ham mayli edi. Shunday matnlarga duch kelgan bir olim do‘stimiz: “Iqtibos olishning ham me’yori bormi o‘zi?” — deganini eslayman. U haq. Me’yori bo‘lishi kerak. Buni har kimning vijdoni belgilaydi. Plagiat zamirida nima bor? Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan “obro‘”ga erishish uchun yoki mashhurlik kasaliga (maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmachilik qiladi. Gohida esa ilojsizlikdan bunga qo‘l uriladi. Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan. Ikkinchi holat, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida bitiruv malakaviy ish yozish (BMI) va himoya qilishda bor “bo‘y-basti” bilan namoyon bo‘ladi. Talaba 70-90 betlik ishni (adabiyotdanmi, tildanmi yo boshqa gumanitar fanlardanmi) tayyorlashi kerak. O‘zi bir sahifa matn u yoqda tursin, mubolag‘a bo‘lsa ham, yozma ravishda bir jumlani mustaqil tuza olmaydi. Unga umrida hali biror varaq ilmiy maqola yozmagan kishi ham “ilmiy rahbar” bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Nima qilsin? Talabaning boshqa iloji yo‘q: u yo “ish”¬ni biror joydan ko‘chiradi, yo unga ko‘chirib berishadi, yo u tayyorini sotib oladi va muqovasiga ismu sharifini katta harflar bilan yozib qo‘yadi. Bu jarayonni ko‘pchilik biladi. Lekin haligacha bu haqda biror mutaxassis yoki mutasaddining “birodarlar, shogirdlarimizni nimaga o‘rgatayapmiz?”, deb tanbeh berganini ko‘rmadim. Kim ham o‘zi o‘tirgan shoxni arralardi? Haqli savol tug‘iladi: hamma bitiruv malakaviy ish yozishi shartmi? Bu vazifani faqat o‘zi xohish bildirgan iqtidorli talabalarga yuklab, o‘quv rejasida BMIga ajratilgan yuklamaning qolgan qismini (soatlarni) mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy darslar uchun taqsimlab chiqish va soha bo‘yicha davlat imtihonlarini og‘zaki topshirishni qayta joriy etish balki samaraliroq bo‘lar? Shunda kitob o‘qish va uqish yana talabaning asosiy vazifasi ekanligini ular his qilishar? Axir, to‘rt yil oliygohda yurib, kutubxona qaerdaligini bilmay, bitta ham kitob o‘qimay diplom olib ketayotganlar ozmi? Bitiruv malakaviy ishlar qaerda sotiladi, deysizmi? Marhamat, siz yaxshi ko‘rgan internet janoblaridan so‘rang. Darhol ming-minglab tayyor diplom va bitiruv malakaviy ishlar ro‘yxatini oldingizga tashlaydi. Xuddi shunday — dissertatsiyalarni ham. Ilm ham “ishbilarmonlar” uchun biznesga aylanib qolganiga ancha bo‘ldi. Avvallari ham kimlargadir bu soha yopiq-yashirin biznes edi. Gohida dissertatsiyalar hashar yo‘li bilan yozilardi, tadqiqotchi o‘z aqli, shuuri, mehnati bilan yaratgan dissertatsiya qolib, “buyurtma” ishlar himoya qilinar, tasdig‘ini olardi, deyishadi bilganlar. Badiiy asarlar mutolaasi jarayonida ko‘plab egizak syujetlarga duch kelaman. Balki bu bir zamon va makonda, bir xil ijtimoiy-iqtisodiy muhitda yashab ijod qilayotgan adiblar biri-biridan bexabar holda yaratayotgan o‘xshash hayotiy manzaralardir? Adabiyotda tanilib qolgan zamondoshlarimiz ijodidan biri biriga monand uchta she’rni o‘qib, qaysi muallif birinchi kashf etdi ekan bu obrazlarni deb o‘ylayman. To‘g‘ri, bir mavzuda minglab she’r yozilishi mumkin. Har bir haqiqiy she’r alohida kashfiyot bo‘ladi, lekin men duch kelgan matnlarda satrlar, ifodaviy vositalarning bu qadar o‘xshashligi ajablantiradi. “Tasodifan shu darajadagi bir xillik bo‘lishi mumkinmikan?” deb savol beraman o‘zimga o‘zim. Mashhur turk adibi Aziz Nesin “Romanimni qanday chiqardim?” hajviy hikoyasida plagiatning antiqa turi haqida yozadi. Hikoya qahramoni romanini qaysi tahririyatga olib bormasin, bir xil javob oladi: “Original asarlarni xalqimiz uncha yoqtirmaydi”. “Biz faqat tarjima romanlarnigina chop etamiz”. Oxiri u o‘z romaniga “amerikalik muallif”ni o‘ylab topib, undagi barcha turkcha nomlarni amerikachasi bilan almashtirib chiqadi. Diqqat bilan Amerika xaritasini o‘rganadi, kitobidagi barcha jo‘g‘rofiy nomlarni ham amerikacha joy nomlariga o‘zgartiradi. So‘ng uni tarjima sifatida tahririyatga taqdim etadi. Ishi o‘ngidan keladi: “Frantsuz, nemis, ingliz, italyan va boshqa chet ellik adiblar hikoyalarini olib, ulardagi Djonsonlarni Ahmadlarga, Martalarni Fotimalarga almashtirib, so‘ng muqovasiga o‘z ismu shariflarini qo‘yib jurnallarga topshirayotgan mening yurtdosh hamkasblarim kam deb o‘ylaysizmi? Men ular foydalangan “usul”ning teskarisini qilsam, gunohi azim bo‘larmidi?” (Aziz Nesin, T., 1988, s. 34). Ba’zi o‘zbekcha badiiy matnlarni xorij adabiyoti kitoblari bilan qiyoslasak, hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida ham xuddi shunday “Martalarni Fotimalarga almashtirish” holatlariga duch kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Bundan ko‘ra, o‘zlariga yoqqan xorijlik muallif asarini qoyilmaqom qilib o‘zbek tiliga tarjima qilishsa, ko‘p savob bo‘lmasmidi? Axir, tarjima ham san’at-ku. Mahoratli tarjimonning mahoratli adibdan kam joyi bormi? Yoki bu masala qalam haqiyu yana biz bilmagan boshqa narsalarga bog‘liqmikin? Aytish joizki, hozirgi globallashuv, mamlakatlararo madaniy va iqtisodiy integratsiya g‘oyalari olg‘a surilayotgan davrda adabiy aloqalar, madaniyatlar muloqoti chuqur ma’no kasb etadi. O‘zga mamlakatlar, xalqlar ilmi, san’atining milliy madaniyatga ta’siri bebaho, yuksak samara beradi. Bizni jahon tamadduniga yaqinlashtiradi. Biroq o‘zga el, o‘zga til adibining badiiy kashfiyotini yarim tarjima, yarim tadbil yoki talqin qilib, janrini qo‘yib, o‘z nomimdan chop ettirsam, bu ham plagiat bo‘lmaydimi? Plagiat, qaerda uchramasin — ilm¬dami, badiiyatdami, ta’lim tizimidami — yuqumli kasallikdek kishilarga ziyonyetkazadi. Internetning shiddatli rivoji yangi tushunchalar bilan birgalikda mualliflik huquqiga rioya etmaslik, biror shaxsga tegishli asar, g‘oya, materialni o‘zlashtirish holatlarini keltirib chiqardi. Zamon zayli bilan tilimizga kirib kelgan tushunchalar ichida plagiat, kopirayt, rerayt, repost so‘zlari so‘nggi vaqtlarda ko‘p ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar internet jurnalistikasida yangi yo‘nalishlarni ham keltirib chiqarishga omil bo‘ldi. Xo‘sh, plagiat bilan kopirayt va reraytning farqi nimada? Nusxa ko‘chirish ma’nosini anglatadigan kopirayt birovning asarini o‘g‘irlash emasmi? Qayta bosish, ya’ni repostga materialni qayta chop etgan odam asar muallifiga tegishli mualliflik huquqining bir qismiga daxl qilmaydimi? Mualliflik huquqi bevosita “plagiat” atamasi bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Ushbu atama XVII asrning boshlarida ilk bor Yevropada qo‘llanila boshlagan. Rim huquqida “plagium” (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda o‘g‘irlash) erkin kishini qonunga zid ravishda qul sifatida sotishni anglatgan. Dastlab adabiy asarlarni o‘g‘irlash — “plagium litterarium” deb, “adabiy o‘g‘ri” esa — “plagiator” deb nomlangan. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan “plagiat” atamasi esa frantsuzcha “plagiat” — “taqlid” ma’nosini anglatadi. Plagiat o‘zganing asarini o‘zining nomidan nashr etishda, shuningdek, o‘zganing asaridagi muayyan qismlardan manbasini ko‘rsatmasdan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Plagiatning majburiy belgisi – o‘zganing muallifligini o‘zlashtirib olish. “Plagiat” atamasini amaliyotda keng qo‘llanilayotgan “kontrafakt (soxta) nusxa” atamasidan ham farqlash zarur. Odatda “kontrafakt (soxta) nusxa” deganda intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi (faqat muallif emas, balki ish beruvchi, asardan litsenziya asosida foydalanuvchi, patent egasi va shu kabilar)ning ruxsatini olmasdan undan tijorat maqsadlarida foydalanish tushunilsa, “plagiat” faqat o‘zganing muallifligini o‘zlashtirish, asarni o‘zining ijodiy mehnat mahsuli ekanini da’vo qilishda ifodalanadi. Ommaviy axborot vositalarida plagiatning aniqlanish xavfi badiiy adabiyotga qaraganda birmuncha yuqoriroq. Biroq yuqorida qayd etilganidek, internetning keng imkoniyatlari va ko‘p o‘rinlarda jurnalistik materialga baho berayotgan kishilarning “muallif”ga “xayrixohliklari” natijasida, plagiatga yo‘l qo‘yish holatlari yuzaga kelmoqda. Albatta, bu jarayonda plagiat uchun birinchi galda muallif, ya’ni jurnalist javobgardir. Asosiy aybdor va amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxs — “adabiy o‘g‘ri”, “plagiat”, “soxta muallifdir”. Plagiatni baholashda boshqa tildan tarjima qilingan asarlarning qismlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish ham talab etiladi. Bu holatda tarjima to‘g‘riligi, muallif fikrlarining noto‘g‘ri tarjima qilinmagani uchun asarni tarjima qilgan shaxsning o‘zi javobgarlikni zimmasiga oladi va bu haqda so‘zboshida qayd etadi. Bundan tashqari, plagiat hammualliflikka majbur qilishda ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Ya’ni asar muallifini majburlab u bilan hammuallif sifatida asarni chop etish, soxta hammuallif sifatida o‘zini e’lon qilish ham plagiat hisoblanadi. “Kopirayting” tushunchasi ingliz tilidan “matnlarni yozish” deb tarjima qilinadi. Bu tushunchaga faoliyat hamda matn tipi ham kiradi. Kopirayting faoliyat sifatida o‘z ichiga biror-bir mavzu yuzasidan maqola yozishni bildirsa, matn tipi sifatida o‘ziga xos matnli materialni bildiradi (maqola, sharh, annotatsiya va hokazo). Kopirayter, bu mualliflarning noyob materiallarini ustidan qayta ishlaydigan yoki o‘zi ana shu noyob materiallarni OAV uchun yozadigan insondir. Bugungi kunda kopiraytingning bir necha turlari mavjud: OAV uchun kopirayting, maqolalar, buyurtma asosida material tayyorlash. Reklama kopiraytingi (axborot-reklama va «sotiluvchi» turlarga bo‘linadi). Axborot-reklama maqolalari saytlar kontentini to‘ldirish uchun yozilib, ular o‘quvchi uchun qiziqarlidir va yashirin reklamadan iborat bo‘ladi. Sotiluvchi matn tovarlar va xizmatlarning afzalliklarini ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. U nafaqat tijoriy taklif mazmunini ochib beradi, balki xarid qilishga ham undaydi. Matbuot-relizlari. Ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan OAVda yoritish uchun tayyorlangan axborot xatlari. Blog postlar. So‘zlashuv tilida yozilib, biror-bir masalani muhokama qilishga undaydi. SEO-kopirayting yoki robotlar uchun matnlar — internetda saytlarni ilgari surishning asosiy usuli. Bunday matnlarda kalit so‘zlar ketma ketlikda beriladi va qidiruv tizimlarida matnlarni topishni osonlashtiradi. Maqolalar do‘koni uchun kopirayting (turli mavzulardagi tayyor maqolalar). Albatta, har bir muallifning fikrini ifoda etish uslubi bor. Kopirayt matnlari uchun asosiy talablar quyidagilardan iborat: o‘ziga xoslik, orfografik va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, aniq va kreativ g‘oya. Xo‘sh, har qanday auditoriya uchun qiziq bo‘lgan mavzuni qaerdan topish mumkin? Hayotiy tajribangiz – bevosita sizni va atrofdagilaringizni qiynayotgan muammolar jamiyat uchun qiziq va dolzarb. Masalaning yechimini ko‘rsatish, hech bo‘lmaganda yechimini topish uchun yo‘naltirish, muvaffaqiyatingiz kaliti. Kutubxona – bilimlaringizni kengaytirish va maqolangiz uchun mavzu topish uchun qulay joy. Intervyu yoki telefon so‘zlashuvi – doimo sizni qiziqtirgan mavzu yuzasidan axborot bera oladigan insonlarni topsa bo‘ladi. Internet ma’lumotlari – afsuski, tarmoqda ular ham ko‘p. Shuning uchun ham mavzuni aniqlagach, internetdan qo‘shimcha manba sifatida foydalanganingiz ma’qul. Kopiraytingning asoschilaridan biri Jon Keyplz bo‘lib, uning “Reklamaning sinalgan usullari” nomli kitobi ilk marotaba AQShda 1932 yilda chop etilgan edi. Unda bevosita reklama matnlarini yozish borasida so‘z yuritilib, kopirayt reklama va tashviqot materiallarini yozuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Sohada yorqin iz qoldirgan yana bir shaxs, Jozef Shugerman XX asrning oxirlarida Amerikaning eng yetakchi kopirayterlaridan biri sifatida tan olingan. Uning “Reklama matnlarini yozish san’ati. Yetuk Amerika kopirayter ma’lumotnomasi” ko‘pgina mamlakatlarda bir necha marotaba qayta nashr etilgan. Kopiraytingdan farqli o‘laroq rerayting (ingl. rewriting) — mavjud matnlarni ulardan foydalanish uchun qayta ishlash demakdir. Kopirayting matnni boshidan yoza boshlasa, rerayting uni qayta ishlaydi. Matnlarni uslubiy jihatdan o‘zgartiradigan insonlarni rerayterlar deb atashadi. Rerayting mualliflik huquqini buzganlikda ayblamaslik uchun foydalaniladi. Ya’ni, maqoladan fakt va dalillar olinib, u qayta yoziladi. Rerayterlar matnni qayta ishlashda quyidagi usullardan foydalanadilar: so‘zlar o‘rniga ularning sinonimlarini ishlatish; to‘g‘ri gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish; abzatslar joyini o‘zgartirish; tushuncha va so‘z birikmalarni to‘g‘ri kelganiga o‘zgartirish; matnni ma’no yuklamasiga ega bo‘lmagan iqtiboslar va so‘z birikmalarini o‘chirish orqali soddalashtirish va hokazo. Qayta ishlangan matn maqola originalidagi ma’noni o‘zida saqlab qolishi zarur. Internet jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan yana bir tushuncha bu repostdir (inglizcha re – “asos, yana bir marta”, post – “xabar berish”) — bu bir resursda biror bir xabarni qayta chop etishdir. Repostning vazifasi e’lon qilingan xabarga yana bir marotaba e’tiborni tortishdan iborat. Repostlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladi. Bu foydalanuvchilar tomonidan matn muallifining mualliflik huquqini saqlagan holda axborot ulashishning bir turidir. Ilgarilari aksariyat veb-sayt ma’murlari internetdan matn, surat, videoni o‘g‘irlab, o‘z saytlariga joylashtirishgan bo‘lsa, repost orqali uning muallifini va manbasini ko‘rsatgan holda axborotni chop etish mumkin. Xullas, ushbu atamalar har birining o‘z vazifasi va yuki bor. Mualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz „koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli boʻladi. Mualliflik huquqi belgisi © boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin. Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audioyozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va teleko'rsatuvlari, va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni baʼzi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega boʻlishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki maʼlumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos boʻlgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan oʻsha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan boʻlib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qoʻymaydi. Baʼzi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilingan asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi. Hammualliflik - adabiyot, ilmfan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi. Antiplagiat dasturining ko’rinishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, Internet tarmog‘ining hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi, elektron resurslarning kundan-kunga ko‘payib borishi bir tomondan, turli shakldagi va ko‘rinishdaga axborotlarga kirish, ega bo‘lishni osonlashtirgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan, bir qator muammolarni ham yuzaga keltirdi. Ulardan biri bu «mualliflik huquqi» bilan bog‘liq muammolardir. Talabalarning ko‘pchiligi Internet tarmog‘idan samarali foydalanib, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga harakat qiladilar. Ammo ayrim hollarda, «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi» yozayotganda va hatto «magistrlik» ilmiy darajasini olish uchun harakat qilayotgan hamda dissertatsiya tayyorlayotgan talabgorlar orasidan ham «mualliflik huquqini» e’tibordan chetda qoldirayotganlar uchrab turadi. Bu holat, ayniqsa, «bitiruv malakaviy ishlar» yozayotgan talabalar orasida ko‘proq uchraydi. Demak, Internet tarmog‘iga joylashtirilgan elektron-resurslardan foydalanishda «mualliflik huquqi»ga rioya qilinishini ta’minlash bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan. Talabalar tomonidan yozilgan «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi», «magistrlik dissertatsiyasi», tadqiqotchilar tomonidan tayyorlargan dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va monografiyalar matnlarining necha foizi nodir va necha foizi boshqa manbalardan olinganligini aniqlash kadrlar tayyorlash sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘chirmachilikning oldini olish talabalarning mustaqil ishlarini sifatli bajarishlarini ta’minlaydi. Quyida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan o‘xshash matnlarni qidirib topishga mo‘ljallangan ikki dastur imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.«Etxt Antiplagiat» dasturi Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron resurslar orasidan originallikka tekshiriliyotgan matnga o‘xshash bo‘lgan matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Dasturning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun U. Karimov va O‘. Karimov tomonidan infoCOM.UZ jurnalidagi «Oliy ta’lim tizimida korporativ elektron kutubxonadan foydalanish» nomli maqolani Internet tarmog‘idagi elektron-resurslar orasidan qidirib ko‘raylik. Buning uchun maqola matnini «Etxt Antiplagiat» dasturining «tekst» maydoniga joylashtiramiz. Bozor Ilyos al-Aminning bayon etishicha, fan va ta'lim sohasida ham plagiatlikning cheki yo‘q. Ayniqsa, talabalarning diplom himoya qilishida bu holat ko‘p uchraydi va bu sifatga ta'sir qilmay qolmayapti. «Ba'zan hatto ko‘p yillik tajribaga ega tadqiqotchilar ham monografiyalarda avval o‘zga ilmiy ishidan bir iqtibosni «qoida» ga amal qilib oladilar, keyin besh-o‘n sahifagacha tap tortmay ko‘chiradilar. Go‘yo «tirnoq» ichidagisi kitob muallifiniki-yu, qolganlari esa ko‘chirgan janob qalamiga mansubday. Hech bo‘lmasa, ora-sirada manbaa ko‘rsatilsa ham mayli edi. Plagiat zamirida nima bor? Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan obro‘ga erishish uchun yoki mashhurlik kasaliga (maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmakashlik qiladi. Gohida esa ilojsizlikdan bunga qo‘l uradi. Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan. Ikkinchi holat, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida bitiruv malakaviy ish yozish (BMI) va himoya qilishda bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi. Talaba 70-90 betlik ishni tayyorlashi kerak. O‘zi bir sahifa u yoqda tursin, bir jumlani ham mustaqil ravishda tuzolmaydi. Unga umrida hali biror varaq ilmiy maqola yozmagan kishi ilmiy rahbarlik qilishi ham ehtimoldan xoli emas. Nima qilsin? Talabaning iloji yo‘q: u yo ishni biror joyda ko‘chirib oladi, yo ko‘chirib berishadi. Yo tayyorini sotib ola qoladi. Bu jarayonni ko‘pchilik biladi. Lekin haligacha biror mutaxassis yoki mutasaddi bu borada og‘iz ochganini ko‘rmadim. Kim ham o‘zi o‘tirgan shoxni arralardi? Hamma bitiruv malakaviy ish yozishi shartmi? Bu vazifani faqat o‘zi xohish bildirgan iqtidorli talabalarga yuklab, o‘quv rejasida BMIga ajratilgan yuklamaning qolgan qismini (soatlarni) mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy darslar uchun taqsimlab chiqish va soha bo‘yicha davlat imtihonlarini og‘zaki topshirishni qayta joriy etish balki samaraliroq bo‘lar? Shunda kitob o‘qish va uqish yana talabaning asosiy vazifasi ekanligini ular his qilishar? Axir to‘rt yil oliygohda yurib, kutubxona qayerdaligini bilmay, bitta ham kitob o‘qimay diplom olib ketayotganlar ozmi? Bitiruv malakaviy ishlar qayerda sotiladi, deysizmi? Internet bir zumda minglab tayyor diplom va bitiruv malakaviy ishlar ro‘yxatini oldingizga tashlaydi. Shuningdek, dissertatsiyalarni ham» , ─ deya yozadi u. Plagiatlikning badiiy adabiyotga ham yot emasligini maqola muallifi turk adibi Aziz Nesin voqeasi bilan isbotlaydi. «Mashhur turk adibi Aziz nesin «Romanimni qanday chiqardim?» hajviy hikoyasida plagiatning antiqa turi haqida yozadi: hikoya qahramoni asarini qaysi tahririyatga olib bormasin, bir xil javob oladi: «Original asarlarni xalqimiz uncha yoqtirmaydi!» «Biz faqat tarjima romanlarnigina chop etamiz» . Oxiri u o‘z romaniga «amerikalik muallif» ni o‘ylab topib, undagi barcha turkcha nomlarni amerikachasi bilan almashtirib chiqadi. Diqqat bilan Amerika xaritasini o‘rganadi, kitobdagi barcha jug‘rofiy nomlarni ham amerikacha joy nomlariga o‘zgartiradi. So‘ng uni tarjima sifatida tahririyatga taqdim etadi. Ishi o‘ngidan keladi: «Fransuz, nemis va boshqa chet ellik adiblar hikoyalarini olib, ulardagi Jonsonlarni Ahmadlarga, Martalarni Fotimalarga almashtirib, so‘ng muqovasiga o‘z ism-shariflarini qo‘yib jurnallarga topshirayotgan yurtdosh hamkasblarim kam deb o‘ylaysizmi? Men ular foydalangan usulning teskarisini qilsam, gunoh bo‘larmidi?» Ba'zi o‘zbekcha badiiy matnlarni xorij adabiyoti kitoblari bilan qiyoslasak, hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida ham xuddi shunday «Martalarni Fotimalarga almashtirish» holatlariga duch kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Bundan ko‘ra, o‘zlariga yoqqan xorijlik adibning asarini qoyilmaqom qilib o‘zbek tiliga o‘girishsa, ko‘proq savob bo‘lmasmidi?... Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling