Plastifikatorlarto’ldiruvchilar va qotirgichlar g’ovak beton turlari plastifikatorlar yun plastos


Download 51 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi51 Kb.
#159180
Bog'liq
PLASTIFIKATORLARTO’LDIRUVCHILAR VA QOTIRGICHLAR G’OVAK BETON TURLARI


PLASTIFIKATORLARTO’LDIRUVCHILAR VA QOTIRGICHLAR G’OVAK BETON TURLARI

PLASTIFIKATORLAR yun(. plastos — plastik va lot. facio — qilaman) — polimerlarning plastiklik va elastiklik holatini yaxshilovchi organik birikmalar. Plastifikatorlar polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va ishlov berilishini yaxshilaydi. Plastifikatorlar kimyoviy jihatdan barqaror, suvda erimaydigan, issiq va nurga bardoshli hamda zaharsiz boʻlishi kerak. Kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: ftalatlar — ortoftalat kislotaning efirlari. Polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va dielektriklik xossasini yaxshilaydi. Fosfatlar — fosfat kislotaning murakkab efirlari. Fosfatlar polimerlarni oʻtga chidamli kiladi. Adipinatlar va sebatsinatlar — adi-pin va sebatsin kislotalarning efirlari.

Polimerlarni oʻtga chidamli kiladi va past t-ralarda elastikligini oshiradi. Epoksidlangan Plastifikatorlar — epoksidlangan tabiiy moy va epoksidlangan toʻyinmagan kislotalarning efirlari. Bular ham stabilizatorlik xizmatini oʻtaydi. Poliefir Plastifikatorlar — yuqori molekulali murakkab geterozan-jirli poliefirlar. Ular moyda, ben-zinda erimaydi, issiqqa chidamli, uchmaydi. Plastifikatorlarda muhim ahamiyatga ega (ishlab chiqariladigan Plastifikatorlarning 70%i polivinilxlorid ishlashga ketadi). Rezina va lok-boʻyoq materiallari i. ch. da ham keng qoʻllanadi.

ISSIQLIK IZOLATSIYA G‘OVAK BETONLARI

G‘ovak beton turlari

G'ovak betonlar — bu qotib qolgan bog'lovchi moddadan tash­

kil topgan sun’iy tosh material bo'lib, unda havo g'ovaklari tekis



taqsimlangan bo'ladi (13-rasm).

G'ovak betonning g'ovak olish usullari, bog'lovchi modda tur-

lari, qotish sharoiti va boshqa xususiyatlari bo'yicha o'zaro farq-

lanuvchi ko'pgina turlari mavjud.

G'ovak hosil bo'lish usullari bo'yicha g'ovak betonlar gaz va ko'pik-betonlarga bo'linadi. Ayrim hollarda g'ovak betonlar g'ovakligiga katta miqdordagi suvning bug'lanishi hisobiga erishiladi.

Bog'lovchi modda turi bo'yicha g'ovak betonlaming quyidagi

turlarini olish mumkin:

— sementli - gaz-beton va ko'pik-beton;

— ohak bog'lovchili — gaz-silikat, ko'pik-silikat;

— magnezial bog'lovchili — gaz-magnezit va ko'pik-magnezit;

— gipsli (yuqori mustahkami) — gaz-gips va ko‘pik-gips.

G'ovak betonlar oddiy g'ovak betonlar va yengil g'ovak be­

tonlar bo'lishi mumkin. Oddiy g'ovak betonlarda g'ovaklar havo

bilan to'ldiriladi Yengil-g'ovak betonlar vermikulit, keramzit, perlit yoki boshqa ko'pchitilgan materiallar ko'rinishidagi, 20—30% miqdorda havo

kiritilgan yirik to'ldiruvchilarga ega.

Qotish usuli boyicha g‘ovak betonlar tabiiy va sun’iy qotish

usuliga ega. Birinchisi usulda ular atmosfera sharoitida, ikkinchisi-

da esa ulami suv bug‘i bilan issiqlik va namlik sharoitida qayta

ishlahda qotadi. Bug* bosimiga ko'ra, bunday betonlar avtoklav (1 atm dan oshiq bug‘ bosimida bug‘langan) va noavtoklavlarga (atmosfera bosimi- da bug'langan) bo'linadi.

G'ovak betonlarni qo'llash sohasiga ko'ra, ular oddiy issiqlik

izolatsion va konstruktiv-issiqlik izolatsion betonlarga (ko‘tarma

qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladi) bo‘linadi. Bunday be­

tonlar yuqori mustahkamlikka ega bo'ladi.

Issiqlik izolatsiya g'ovak betonlarni qurilishda monolit ko'ri-

nishda ham, mahsulot ko'rinishda ham ishlatish mumkin. G'ovak

betonlarni mahsulot ko'rinishida qo'llash samaraliroqdir.



Go‘vak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari

G'ovak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari g'ovak hosil

qilish usullari, g'ovak o'lchamlari, bog'lovchi moddalar turlari,

qotish sharoiti va boshqa texnologik omillarga bog'liq. G'ovak

betonlardagi ayrim xususiyat ko'rsatkichlari umumiy qonuniyat-

ga bo'ysunadi.

Masalan, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti bog'lovchi modda turi va beton tayyorlash usulidan qat’iy nazar, g'ovak betonlar hajmiy og'irligining funksiyasi hisoblanadi. Hajmiy og'irlik va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti o'rtasidagi bog'liqlik g'ovak hosil qiluvchi material devorlari bir xil yoki o‘z tarkibi bo'yicha bir-biriga juda yaqinligi bilan tushuntiriladi. G‘ovak betonlarning g'ovakligi g'ovaklaming ko'pligi bilan xa rakterlanadi. Bunday tuzilish g'ovaklaming bir jinsligi va ulaming

materialda bir tekis taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Ammo,

g'ovak betonlarning alohida turlari boshqacha g'ovaklikka ega

bo'lishi ham mumkin. Masalan, gaz-beton ko'pchish jarayonida

hajmi tepaga qarab kengayadi, shuning uchun g'ovaklaming bir

qismi sferik emas, balki shu yo'nalishda cho'zilgan shaklga ega

bo'ladi. Bu gaz-beton mustahkamligiga ta’sir ko'rsatadi, bunda

turli yo'nalishlarda mustahkamlikning tebranishi 20% gacha yeti-

shi mumkin. Gaz-beton ochiq va yopiq, ya’ni tutashgan g'ovak-

larga, ko'pik-beton esa ko'pincha yopiq g'ovaklarga ega bo'ladi.

G'ovak betonlaming barcha turlarida alohida g'ovak o'lcham-

lari taxminan bir xil; g'ovaklar o'rtacha o'lchamlari 0,6—0,8 dan

2—2,2 mm gacha ni tashkil qiladi. G'ovak massalami qayta ish-

lashning ayrim texnologik usullarini, masalan, gaz-betonni teb-

ratishni qo'llab, g'ovaklar kattaligini boshqarish mumkin.

Issiqlik izolatsion g'ovak betonlarda umumiy hajmiy g'ovaklik

75—90% ni, issiqlik izolatsion-konstruktiv betonlarda esa 50—

60% ni tashkil qiladi.

G'ovak betonlaming hajmiy og‘irligi keng chegaralarda: 300 dan 1200 kg/m3 gacha bo'lishi mumkin. Qurilish me’yorlari va qoidalari bo'yicha issiqlik izolatsion be tonlarga hajmiy og'irligi 500 kg/m3 gacha bo'lgan va 300, 350, 400, 450 va 500 markaga ega g'ovak betonlar kiradi. Issiqlik izolatsion-konstruktiv g'ovak betonlar oddiy issiqlik

izolatsion g'ovak betonlardan hajmiy og'irligining qiymati bilan farq-

lanadi. Ularning hajmiy og'irligi 600 dan 1200 kg/m2 gacha bo'ladi.

G'ovak betonlar mustahkamligi uning hajmiy og'irligi bilan

xarakterlanadi. Ammo, bir xil hajmiy og'irlikka ega g'ovak beton­

larda, masalan gaz-betonlar, ularning mustahkamligi farqlanishi

mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardir: a) gaz-beton qorishmasi komponentlarining turlicha maydaligi va bu komponentlarda yangi kimyoviy faol yuzalaming hosil bo'lish darajasi;

b) material tuzilishidagi va uning g'ovaklik xarakteridagi farqlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Большаков В.И., Куличенко И.И, Мартыненко В.А.,

Бурейко С.В. Сборник научных трудов международной

конференции. Выпуск 2. 2001.

2. Китайцев В.А. Технология теплоизоляционных материалов. — Москва, Изд-во литературы по строительству, 1970.

3. Нехорошее А.В., Цителаури Г.И., Хлебионен Е., Жадамба Ц. Ресурсосберегающие технологии керамики, силикатов и бетонов. 1991.

4. Alimov Х.А., Ikromov O.R. Pardozlash va issiqlik izolatsiya materiallari»ni ishlab chiqarish asoslari fanidan bosqich ishini ba- jarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar. — Т., 1993.



5. 0 ‘zRST 30256-94. «Silindr zond bilan issiqlik O’tkazuv-

chanlikni aniqlash usuli».
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling