Y O g ‘ o c h p l a s t i k l a r - yog‘ochni qayta ishlash jarayonida paydo bo‘ladigan chiqindilarga sintetik smolalar qo‘shib presslash orqalitayyorlanadi.
Bu turdagi plastiklarga :
1. YOg‘och qavatli (DSP).
2. YOg‘och tolali (DVP).
3. Qirindi plitalar kiradi(PS)
YOg‘och qavatli plastyuiklar (DSP) - yupqa oq qayin, tol va qora qayin daraxtlaridan tayyorlangan shponlarni smolalar bilan yuqori bosimda presslab tayyorlangan uzunliklari 0,7... 5,7 metr, eni 1,2 m. gacha, qalinligi 3...60 mm. gacha bo‘lgan materiallardir. Eg‘och qavatli plastiklar (DSP) suvga, erituvchilarga, yog‘larga chidamli bo‘lib oson qayta ishlanadigan yaxshi material hisoblanadi. Y O g ‘ o c h t o l a l i (DVP) plastiklar esa erkin joylashgan yog‘och tolalarini konifolli emulsiya yoki smolalar bilan elimlab tayyorlanadi. Material uchun xom ashyo sifatida yog‘ochga qayta ishlov berish sexining chiqindilaridan (qiyqim, reyka, bruscha, garbil) foydalaniladi. Q i r i n d i p l i t a l a r (PS) - yog‘och qirindilarini termoreaktiv smolalar bilan bosim ostida presslab tayyorlanadi. Qirindilar va past sifatli materiallar, qobiq va po‘stloqlar, shoxlardan maxsus uskunalar yordamida ezib uzluksiz sxemada issiq presslash orqali tayyorlanadi. Tashqi qavatlariga turli gul qog‘oz va boshqa shponlar bilan bezak beriladi va mebel sanoatida keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |