Platformasining innovatsion faoliyatining rivojlanishi
INTELEKTUAL MULKNI HIMOYALASH. PATENT OLISH TARTIBI
Download 49.1 Kb.
|
komilov Abdumajid kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obyektning ustuvorligi
INTELEKTUAL MULKNI HIMOYALASH. PATENT OLISH TARTIBI
Intellektual mulk huquqi — intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) intellektual mulk huquqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan intellektual mulk huquqi egasining maʼlum intellektual mulk obyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; e) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) intellektual mulk huquqining amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi; z) koʻpgina intellektual mulk obyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart. Intellektual mulk obyektlari qanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi. 2020-yil 12 oktyabrda Prezidentimiz raisligida intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish hamda har bir soha va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama etildi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Xo'sh, intellektual mulk o'zi nima? Nima sababdan intellektual mulk muhofazasi va rivojiga e'tibor bu qadar kuchaymoqda? Bu savollarga javob sifatida shuni aytish mumkinki, intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Intellektual mulk iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e'tibor qaratilgani sababli, ularning investitsiyaviy jozibadorligi yaxshilangan, intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi keskin ortgan. Misol uchun, intellektual mulk Evropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etadi. Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, davlatning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. SHundan kelib chiqqan holda, intellektual mulkning iqtisodiyotga keltiradigan foydasini quyidagi misol orqali ko'rish mumkin. 2019 yil AQSHda umurtqa mushak atrofiyasini davolash uchun yangi dori vositasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning patent narxi 2 million AQSH dollaridan oshadi, bu dunyodagi eng qimmat dori hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekistonda ham intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Intellektual mulk agentligi 2019 yilda Adliya vazirligi tizimiga o'tkazilgani natijasida ushbu sohani takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan intellektual mulk sohasini rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, ushbu sohaga korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari joriy etildi. Agentlik amaliy tajribaga ega bo'lgan kadrlar bilan to'ldirildi va ularni moddiy rag'batlantirish choralari kuchaytirildi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish jarayoniga ilk marotaba 200 dan ortiq hududiy adliya organi jalb qilindi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik printsipini ta'minlash maqsadida intellektual mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazishda talabnomalarni qabul qilish jarayoni to'liq elektron shaklga o'tkazildi. Bundan tashqari,intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga asosan, intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklarga belgilangan ma'muriy jarimalar miqdori 3-4 baravar oshirildi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish hamda ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo'lgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi. Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddat ichida qilingan ushbu ishlar intellektual mulk sohasini har tomonlama rivojlantirish va ob'ektlarining ishonchli huquqiy himoya qilishga xizmat qilmoqda. Albatta, bu ijobiy ishlar bilan bir qatorda intellektual mulk sohasida ayrim muammo va kamchiliklar hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan yig'ilish davomida bu borada bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, Intellektual mulk agentligi, barcha tarmoq va sohalar hamda hududlarga intellektual mulk muhitini tubdan yaxshilash, bunda har bir idora, tarmoq va sohaga intellektual mulk ob'ektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish, barcha vazirlik va idoralar, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va hududlar bilan birga, keng muhokamalar asosida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning aniq vazifalarini qamrab olgan uch yillik dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Jahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari ko'magida intellektual mulk ob'ektlarini baholovchilar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va selektsiya yutuqlarining “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta'kidlandi. Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog'lab berish, tadbirkorlarning mahsulotlarini “brend”ga aylantirish dasturi va “elektron maydonchasi”ni ishlab chiqish, har bir hududda yiliga kamida 4 marta brendlar yarmarkasi, ko'rgazmalarni o'tkazishni amaliyotga joriy etishga e'tibor qaratildi. Intellektual mulk ob'ektlari yaratuvchilariga xarajatlarni qoplash, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy etish, “Sanoat mulki ob'ektlari platformasi”ni yaratish, tadbirkorlarni intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslariga o'qitish bo'yicha muntazam faoliyat yuritadigan qo'shma dasturni yo'lga qo'yish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Adliya vazirligi bu yo'nalishda kelgusida bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Jumladan, Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda buyuk britaniyalik mutaxassislarni jalb etgan holda, “O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulkni rivojlantirish sohasidagi milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning korporativ mas'uliyatini belgilash, xalqaro tajribani inobatga olgan holda, intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazishda tezkor ekspertiza tartibini kiritish, intellektual mulk sohasidagi huquqiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida Intellektual mulk kodeksini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Barcha chora-tadbirlar intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zurur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash va, albatta, investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Qonun bilan muhofaza hujjatlari olish uchun zarur maxsus tartiblar belgilab berilgan. Eng avvalo muhofaza hujjati (patent, guvohnoma) berishga tegishli talabnomani tuzish va uni Patent idorasiga taqdim etish zarur. Bunda masalan, ikki ixtirochi bir–biridan mustaqil ravishda bir–biriga o‘xshash ixtiro yaratgan bo‘lsa, bu bir xil ob’ektga egalik huquqi kim birinchi bo‘lib to‘g‘ri tuzilgan talabnomani Patent idorasiga taqdim etsa, o‘sha kishiga tegishli bo‘ladi. Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi. Obyektning ustuvorligi- qonunchilikka muvofiq ravishda belgilanadigan vaqt bo‘yicha birinchilikdir. Muhofaza hujjatlari olish uchun talabnoma berish, shuningdek boshqa yuridik harakatlarni va tartiblarni amalga oshirish uchun talabnoma beruvchi davlat patent bojlarini to‘lashi zarurligini qayd etib o‘tamiz. Patent bojlari to‘lanadigan harakat va tartiblar ro‘yxati, ularning miqdori va to‘lash muddatlari, shuningdek bojlarni to‘lashdan ozod qilish, bojning miqdorini kamaytirish yoki qaytarib olish uchun asosnomalar Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishgan holda belgilanadi. Download 49.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling