Platon qarashlari


Download 0.52 Mb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1022324
  1   2
Bog'liq
Gulnoza mahmud qizi

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO’NALISHI 204 – GURUH TALABASI SHAYMARDONOVA GULNOZANING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

MUTAFAKKIRLARI PLATON , BOETSIY , R. DEKART, D. YUMNINGMAVZU:YEVROPA FALSAFAGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLILI

  • MUTAFAKKIRLARI PLATON , BOETSIY , R. DEKART, D. YUMNINGMAVZU:YEVROPA FALSAFAGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLILI
  • REJA:
  • PLATON QARASHLARI.
  • BOETSIY , R. DEKART YEVROPA FALSAFAGA OID QARASHLARI.
  • MUTAFAKKIR D. YUMNING YEVROPA FALSAFAGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLILI.

O‘rta asrlar g‘arb falsafasi Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220)

  • O‘rta asrlar g‘arb falsafasi Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220)

Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi.
Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i. ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. Platonning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan.
Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg universiteti va Lya-Flesh nomli farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning ilmiy qarashlari bilan tanishdi. David Yum birinchi bo‘lib «sabab»ning mohiyatini hodisa va tushuncha sifatida jiddiy o‘rganishga kirishdi. Uning bu boradagi mulohaza va xulosalari falsafa fanining asosiy yutuqlaridan biriga aylandi. Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Inson tabiatiga doir mulohazalar» (1739), «Ta’b me’yori haqida» (1739-1740), «Axloqiy va siyosiy ocherklar» (1741-1742), «Ruhning barhayotligi xususida», «Tabiiy din haqida so‘zlashuv (dialog)» (1751).
O’z xulosalari uchun doimo uzr so‘rash va har bir alohida san’at, har bir alohida fan oldida o‘zini hadeb oqlayverish zaruriyati falsafa uchun ma’lum darajada haqoratdir. Bu hol podshohning o‘z fuqarolari tomonidan davlatga xiyonatda ayblanishiga o‘xshaydi. * * * Shu narsa haqiqatki, odamlar insoniyat tafakkuridan mutlaqo chetdagi muammolar, masalan, olamlarning yaralishi, aqliy olamning yoki ruhlar saltanatining tuzilishi xususidagi muammolarni muhokama qilish asnosida bekorga bahslashadilar va hech qachon aniq xulosaga kelolmaydilar. * * * Aqlga uquv, taassurot va g‘oyalardan o‘zga hech narsa berilmagan. * * * Har bir hodisa bir-biridan uzoq va xolis. Bir hodisaning ketidan ikkinchisi yuz beradi. Lekin biz hech qachon ularning orasidagi bog‘liqlikni seza olmaymiz. Bu ularning bir-biriga qo‘shilib ketgani, lekin hech qachon o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligini anglatadi. * * * Sabab uchun bitta eng zarur narsa bor. Bu – oqibatga ega bo‘lmoqlik.
Biz jasorat deb ataydigan ruhiy ko‘tarinkilik va ulug‘vorlik belgisi sifatida qabul qilib, zavqlanadigan narsa xotirjamlik va qat’iylikka asoslangan g‘urur hamda o‘zini hurmat qilish demakdir. * * * O’zi haqida uzoq gapiradigan odamning maqtanchoqlikka chap berishi mushkul. * * * Olijanoblikdan mahrum botirlik va izzattalablik insonni faqat zolimga yoki qaroqchiga aylantirishi mumkin. * * * Rahmdillikka muhabbat va nafislik, ichiqoralikka esa dushmanlik va g‘azab omixta bo‘ladi. * * * Xudbinlik adolat qoidalarini tug‘diradi va bu qoidalarga amal qilishning eng birinchi sababi hisoblanadi.
Garchi tabiiy qobiliyat va axloqiy sifatlarning darajasi bir xil bo‘lsa-da, ular o‘rtasida bir farq bor. Tabiiy qobiliyatni sun’iy ta’sir etish yo‘li bilan deyarli o‘zgartirib bo‘lmaydi. Axloqiy sifatlar yoki uning oqibati natijasida yuzaga keladigan amallarni esa mukofot va jazo, rag‘bat yoki inkor vositasida o‘zgartirish mumkin. * * * Sevgi – o‘zga odamga baxt tilashdan o‘zga narsa emas. * * * Hayotni aql emas, odat boshqaradi. * * * Insonning hayoti tasodiflarga qanchalik boy bo‘lsa, u xurofotga shunchalik chuqur beriladi. * * * Odamlarda atrofdagilarni o‘ziga o‘xshatish hamda boshqalarda o‘ziga yaqin va tanish bo‘lgan, o‘zi bevosita anglaydigan sifatlarni ko‘rishga moyillik mavjuddir.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling