Platonning ideal jamiyat qurish haqidagi gʻoyasi Reja
Download 49.65 Kb.
|
Platonning ideal jamiyat qurish haqidagi gʻoyasi Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Platonning hayoti va ijodiy faoliyati
Platonning ideal jamiyat qurish haqidagi gʻoyasi Reja Platonning ideal jamiyat qurish haqidagi gʻoyasi Reja: Kirish 1.Platonning hayoti va ijodiy faoliyati ; 2.Platon falsafasining asosiy mohiyati haqida; 3. Platon qarashlarida ideal jamiyat va uni shakllantirish shart-sharoitlari; 4.Platonning davlat, uning shakllari va adolat to’g’risidagi qarashlari; Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Platonning hayoti va ijodiy faoliyati Aflotun yoki Platon (yun.: Πλάτων) (mil.av. 428/mil.av. 427 – mil. av. 348/mil. av. 347) qadimgi yunon faylasufi bo’lgan. Ustozi Suqrot va shogirdi Arastu bilan birgalikda Aflotun G’arb madaniyatini shakllantirdi.U shuningdek matematik, yozuvchi hamda Afinadagi ilk akademiya asoschisi bo’lgan. Platon afinalik faylasuf (Aflotun, haqiqiy ismi Aristokl) platonizm asoschisi. Suqrotning shogirdi. Suqrot unga "Platon" (keng yelkali, keng ko’krakli degan ma’noni beradi) deb nom qo’ygan. Platon mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda bo’lib, ulardan ta’lim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini o’rgandi. Mil. av. 380-yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bog’ni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bog’da o’zining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000 yil faoliyat ko’rsatadi. Unda Aristotel ham o’qigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geometriya, astronomiya, geografiya, zoologiya va botanikadan ham ta’lim berilar edi. Biroq siyosiy ta’lim markaziy o’rinda edi. Ta’lim ma’ruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashg’ulotlari o’tkazilardi.1 Platon pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar hayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3—7 yoshda o’yinlar maktablaridagi uylar yoki bog’chada ta’lim olishi; 7—17 yoshda maktabda yozuv, o’qish, musiqani o’rganishi; 17—20 yoshda harbiy-gimnastik ta’lim olishi; 20—30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur bo’lgan falsafiy ta’lim olishi lozim. Falsafa tarixida Platon ta’limoti turlicha qabul qilingan. Unga "ilohiy ustoz" (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uyg’onish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: "Apologiya" (Sokratni qimoya qilish), "Kriton" (qonunni hurmat qilish haqida), "Laxet" (mardlik haqida), "Harmid" (aql bilan ish qilish haqida), "Menon" (notiqlik san’ati mohiyati haqida), "Bazm" (eros haqida), "Fedr" (eydoslar haqidagi ta’limot), "Fe don" (adolat haqida), "Davlat" (adolat haqida), "Teetet" (bilim haqida), "Timey" (kosmologiya), "Qonunlar", "Siyosatdon", "Fileb" va boshqalar. Platonning asarlari asrlar davomida G’arbda, Sharqda ma’lum va mashhur bo’lgan, ko’p tillarga tarjima qilingan, ularga sharhlar yozilgan. "Davlat" asariga Ibn Rushd, "Qonunlar"ga Forobiy sharhi e’tiborga loyiq. Forobiyning sharhi "Talxi-su navomisi Aflotun" ("Aflotun qonunlari mohiyati") deb ataladi. Bu asar 1993 yilda "Fozil odamlar shahri" kitobida nashr etilgan. 2002 yilda Aflotunning "Qonunlar" asari Toshkentda o’zbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning "Aflotun" romani chop qilindi (T., 1998) Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasa-da, aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodiga mansub bo‘lgan. Aflotun aslzoda afinaliklarga xos bo‘lgan riyoziyot, musiqa, grammatika va gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklit, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan. Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan.Ko‘p vaqtini she’riyatga bag‘ishlagan. Manbalarga ko‘ra, u qator dostonlar, lirik asarlar, fojia va komediyalarning muallifi bo‘lgan. Uning 25 ga yaqin she’riy usulda bitilgan miniatyura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, uning 23 ta asl nusxadagi va 11 ta uning qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati, «Suqrot madhi» deb nomlangan nutqi, shuningdek, 13 ta maktubi ma’lum. Aflotunning suhbatlari quyidagilardan iborat: «Protagor», «Fedon», «Parmenid», «Teetet», «Timey», «Kritiy», «Laxet», «Menon», «Davlat», «Siyosatdon», «Qonunlar», «Fedr», «Fileb» va boshqalar. Aflotunning Atlantida to‘g‘risidagi hikoyasi keyingi madaniyatlarning halovatini buzib, avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida sirli qit’a mavjud bo‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga cho‘kib ketgan. Aflotun halokatning aniq o‘rnini ko‘rsatmagan, ammo faylasufning obro‘yi shu qadar baland ediki, darhol g‘oyib bo‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga kirishilgan. Uni hozir ham izlashmoqda... Aflotun o‘limidan oldin tushida oqqushga aylanib, daraxtdan-daraxtga uchib yurganini, qush ovlovchilar esa uni tutolmay sarson ekanliklarini ko‘radi. Suqrotning shogirdi bo‘lmish Simmiy bu tushni ta’birlab, qush ovlovchilar o‘tmishdagi daholarning fikrlarini sharhlovchi kimsalar ekanini, Aflotunning bir yo‘la ham tabiiy, ham axloqiy, ham ilohiy sifatlarini jam etgan fikrlarini izohlashga ularning qurbi yetmasligini aytadi. Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi». Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling