Platonning notiqlik san’ati haqida qarashlarini o’rganish
Download 29.85 Kb.
|
PLATONNING NOTIQLIK SAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Platon" nomi
PLATONNING NOTIQLIK SAN’ATI HAQIDA QARASHLARINI O’RGANISH Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxm. 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Sokratttg shogirdi. Sokrat unga «Platon» (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. Platon mashhur faylasuflar bilan yoshligidan mulo-qotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va b. faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380-y. larda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000-y. faoliyat koʻrsatadi. Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi. Platon falsafasining asosiy mohiyati — «gʻoya» («eydos»)lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Platon gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismo-niy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam 2 olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy ta-nada yashaydigan vaqtdir. Platonning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi na-zariyasiga asoslanadi. Bilish — anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir. Platon pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida xam mashhur. Fu-karolarni tar-biyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3—7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada taʼlim olishi; 7—17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17—20 yoshda har-biygimnastik taʼlim olishi; 20— 30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim olishi lozim. Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i. ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. Platonning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi (T., 1998). "Platon" nomi: Platon dastlab Aristokles deb ataldi, lekin uning ustozlaridan biri uning elkasi yoki nutqining kengligi tufayli tanish nom bergan. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling