Payvandlashlarning yuqorigi § larda tanishilgan flyus ostida va elektrik-shlak usullarida ko‘rdikki, payvandlashda yoy va metall vannasi flyus yoki shlak qatlami ostida bo‘lib, protsessda tashqi muhitdan himoyalanadi. Bu usulda esa payvandlash himoya gazlari muhitida olib boriladi.
Amalda uglerodli,
legirlangan, ximiyaviy aktiv metall va ularning qotishmalari bu usulda payvandlanadi. Bu protsessda himoyalovchi muhit sifatida inert gazlardan (argon, geliy) va aktiv gazlar (azot, uglerod II oksid va boshqalar) dan foydalaniladi.
Bu usulning avzalliklariga flyusga zarurat qolmasligi, chok metali ximiyaviy tarkibining ta’minlanishi, metallning qanday payvandlanayotganini bevosita kuzatilish, istalgan holatda chok bostirilishi, choklarni tozalab o‘tirishga hojat qolmasligi va boshqalar kiradi. SHuni qayd etish kerakki, gaz oqimi metallni sovitib turishi natijasida termik zona qisqarib, buyumning deformatsiyalanishi kamayadi. Ayniqsa, protsessni avtomatlashtirish mumkinligi ish unumini keskin oshiradi.
Sanoatda himoya gazi muhitida metallarni elektrik yoy yordamida payvandlashning ko‘proq tarqalgan xillari bilan tanishamiz.