Plazma yordamida payvandlash. Lazer yordamida payvadlash


Suyuqlanuvchan mundshtuk bilan payvandlash


Download 0.65 Mb.
bet7/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#213495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Plazma xossalari va qo’llanilishi

3. Suyuqlanuvchan mundshtuk bilan payvandlash. Bu usuldan yuqorida

tanishilgan elektrod-simli va plastinkasimon elektrod bilan payvandlash usullarining kombinatsiyasi bo‘lib, o‘garuvchan kesimli, egri va murakkab shaklli juda katta qalinlikdagi (>500mm) choklarni bostirishda foydalaniladi. Suyuqlanuvchan mundshtuk payvandlashda payvandlanadigan buyumlar oralig‘idagi zazorga kiritiladi, u payvandlash davrida qo‘zg‘almaydi. Mundshtukning shakli va o‘lchami payvandlanadigan buyumning qirqimiga mos bo‘lib, uning teshigi orqali elektrod-simlar payvandlash zonasiga uzatiladi. SHunday qilib, payvandlash davrida uzluksiz uzatib turiladigan sim va mundshtuk suyuqlanib, payvandlanadigan buyumlar oralig‘idagi bo‘liqni to‘ldira boradi. Payvandlanadigan buyumga mos ximiyaviy tarkibli sim va suyuqlanuvchan mundshtuk belgilansa, kutilgan sifatli choklarga erishish mumkin. Elektr shlak usulida payvandlash flyus qatlami ostida elektrik yoy yordamida avtomatikaviy payvandlashga qaraganda tubandagi asosiy avzalliklarga ega:



  1. Protsessning uzluksizligi, bir o‘tishda istalgan qalinlikdagi chokni

chetlarini kertmasdan bostirilish va ish unumining yuqoriligi.

  1. CHoklarning shlak qo‘shimchalaridan holi, g‘ovaksiz va darzlarsiz tekis

strukturali bo‘lishi.

  1. Buyum chetlarini maxsus tayyorlashni talab etmasligi, flyus va elektr

energiyasining kam sarflanishi va boshqalar.

Hozirgi vaqtda uglerodli po‘latlarni bu usulda payvandlashda AN-8, FS - 7, OSS-45, AN-348 flyuslaridan, legirlangan po‘latlarni payvandlashda esa asosiy (kalsiy ftoritli) flyuslardan foydalanilmoqda.

SHuni qayd etish lozimki, og‘ir mashinasozlik sanoatida quyma va bolg‘alash yo‘li bilan olingan yirik konstruksiyalar tayyorlashda (jumladan, kuchli press staninalari, gidroturbina vallari, rotorlar) bu usul katta texnologik effekt beradi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling