Pnevmatik va Gidravlik transport vositalari Bajardi: S4-20 Mirov Xasan


Download 131.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2023
Hajmi131.28 Kb.
#1210112
Bog'liq
S4-20 Mirov Xasan



Pnevmatik va 
Gidravlik transport 
vositalari
Bajardi:S4-20 Mirov Xasan



To‘kiluvchan yuklar pnevmotransport quvurlari orqali siqilgan xavo oqimi ta’sirida bir yerdan boshqa yerga tashiladi. Pnevmatik
transport orqali payraxa, qipik va gugurt cho‘plari ko‘rinishidagi yog‘och materiallari (xuddi shuningdek sement, un, don, ko‘mir va
boshqalar) 250 m va undan ortiq masofaga uzatish (jo‘natish) mumkin. 3.1. Pnevmatransport qurilamalar Pnevmotransport
qurilmalarining ish unumi soatiga bir necha un tonnani tashkil etadi. Ayrim xollarda u soatiga 100 t dan ham oshib ketadi. 
Pnevmotransport kurilmalarining afzallik tomonlari quyidagilardir: 1. sistemaning germetik zich bo‘lishi; 2. tashiladigan yukni yo‘lda
yo‘qolmasligi; 3. tashqi muxit ta’siridan saqlash mumkinligi; 4. yuklarni murakkab trassalarda (gorizontal, vertikal va og‘ma
uchastkalar) xam oson tashib o‘tish mumkinligi; 5. har xil joylardagi yuklarni bir yerga, bir joydagi yuklarni xar xil joyga olib borib
tushirish mumkinligi; 6. tashishda ishchi kuchining ishtirok etmasligi. 



. Pnevmotransport qurilmalarning eng asosiy kamchilik
tomonlari quyidagilardir: 1. elektr energiyani ko‘p sarf
bo‘lishi (ventilyatorlarda foydali ish koeffitsienti (FIK)ning
nisbatan kam bo‘lishi va xona ichidan issiklikni havo orqali
so‘rib ketilishi va xonani ko‘shimcha ravishda isitishda
energiyaning ko‘p sarf bo‘lishi. 2. truboprovodlarning
ayniqsa egiladigan joylarida, tez yedirilib ishdan chiqishi; 
3. o‘lchami 80mm dan ko‘p bo‘lgan yuklarni tashish
mumkin emasligi 4. nam, xo‘l va yopishqoq yuklarni
tashib bo‘masligi. 



Yuk tashuvchi trubalar. Yuk tashuvchi trubalar vintli konveyer
turkumiga kirib, ular yordamida qizigan materiallar, zaharli bug‘ 
ajralib chiquvchi materiallar tashiladi. 30-rasmda yuk tashuvchi
truba sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk tashuvchi truba 1 roliklar 3 ustiga
o‘rnatilgan. Trubaning ichki diametri bo‘ylab spiral 2 o‘rnatiladi. 
Yuk 4, truba bir marotaba aylanganda spiral qadamiga teng
masofaga siljiydi. Truba aylanayotganda tashilayotgan yuk doimo
bir-biri bilan aralashib, bir-biriga urilib maydalanadi. Shuning
uchun yuk tashuvchi trubalar kam ishlatiladi.



Gidravlik transport materiallarni suv oqimi yordamida tashiydigan transport vositasidir. Uning bosimli va bosimsiz turlari
mavjud. Gidravlik transportning qo‘llaniladigan soxalari juda keng va hilma- xildir. Lekin biz uchun yog‘och va uning
chiqindilarini, qog‘oz va karton massalarini boshqa joylarga tashishda ishlatiladigan uning turlari ko‘proq qiziqtiradi.



Maydalangan yog‘ochlarni truboprovod orqali tashish. Xar xil suyuqlik, gaz va xattoki maydalangan qattiq materiallarni
truboprovod orqali tashish (transportirovka kilish) ularni iktisodiy jixatdan yuqori samara berishni ko‘rsatadi. Materiallarni
truboprovodlar orqali bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish temir yo‘l transportiga qaraganda 3 marta samarali ekanligi bizga
adabiyotlardan ma’lum. O‘rmon va yog‘ochsozlik sanoatida materiallarni truboprovodlar yordamida tashish, eng avvalo
yog‘och payraxalari va uning po‘stloqlari uchun ko‘proq xarakterlidir. Truboprovodli gidrotansportning asosiy uzellari
tuzilishi. Trubalar asosan po‘latdan yasalgan bo‘lib, ammo keyingi vaqtlarda po‘lat trubalar bilan bir qatorda shishaplastikli
trubalardan (SVAM) foydalanish xam yaxshi natija bermoqda

Download 131.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling