Maydalangan yog‘ochlarni truboprovod orqali tashish. Xar xil suyuqlik, gaz va xattoki maydalangan qattiq materiallarni truboprovod orqali tashish (transportirovka kilish) ularni iktisodiy jixatdan yuqori samara berishni ko‘rsatadi. Materiallarni truboprovodlar orqali bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish temir yo‘l transportiga qaraganda 3 marta samarali ekanligi bizga adabiyotlardan ma’lum.
O‘rmon va yog‘ochsozlik sanoatida materiallarni truboprovodlar yordamida tashish, eng avvalo yog‘och payraxalari va uning po‘stloqlari uchun ko‘proq xarakterlidir.
Truboprovodli gidrotansportning asosiy uzellari tuzilishi. Trubalar asosan po‘latdan yasalgan bo‘lib, ammo keyingi vaqtlarda po‘lat trubalar bilan bir qatorda shishaplastikli trubalardan (SVAM) foydalanish xam yaxshi natija bermoqda.Ular zanglamaydi, ich tomoni unchalik g‘idir-budir emas, xajmiy og‘irligi kam va ular mustaxkamligiga ko‘ra po‘lat trubalardan qolishmaydi.Trubalar bir-biri bilan rezina zichlagichlari ko‘yib muftalar yordamida birlashtiriladi, yoki payvandlanadi yoki yelimlab tutashtiriladi. Mayda bo‘lakli yuklar uchun suvning truboprovoddagi tezligi 1-2 m/sek, yirikroq bo‘laklar uchun esa (bo‘laklar o‘lchami 10 sm gacha) 5-6 m/sek atrofida bo‘ladi. Trubalar diametri 150-160 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |