Pnevmatik yuritmalari, ularning sxemalari va elementlari


Silfonli pnevmatik yuritmalar


Download 494.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.05.2023
Hajmi494.44 Kb.
#1433887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza

Silfonli pnevmatik yuritmalar ish printsipi silfonni bosim ostida o`z 


uzunligini o`zgartirish xususiyatiga asosalangan.
 
9.26-rasm. 
Silfonlarning kichik o`lchamlari va hosil qiladigan kuchining kichikligi ularni 
kichik o`lchamli armaturalar ishini boshqarishda (m.: armaturani boshqaruvchi har 
xil relelarda, pozitsionerlarda) ishlatiladi. Agar silfon bosim qiymati oshishi bilan 
silfon uzunligi oshishi kerak bo`lsa, uning ichiga bosim beriladi, agar bosim oshishi 
bilan uning o`lchami kichraysa – silfonning tashqi qismiga ta`sir etuvchi bosim 
beriladi.
Bularga misol qilib termostatik kondensatootvodchikni olish mumkin. Silfoni 
ichida 100
0
Cdan ortiq temperaturada bug’lanadigan suyuqlik solingan. Agar 
temperatura 100
0
Cda yetganda suyuqlik bug’lanadi, bug’ silfon ichida bosim paydo 
qiladi va silfon uzayadi. Bunda silfonga ulangan zolotnik konjensatootvotchikdagi 
teshikni yopadi.
Asosiy kamchiliklari: harakati yo`li kamligi, hosil qiladigan kuchning kamligi, 
silfonlarning ta`mirlanmasligi. 
Membranali pnevmoyuritmaning (9.27-rasm) ish printsipi bir tomonlama 
amal qiladigan porshenli pnevmotsilndrga o`xshash. Konstruktiv farqi shundagi, bu 
yerda harakatchan porshen qattiq mahkamlangan elastik membrana 1 bilan 
almashtirilgan. Membrana 1 rezina, rezinali mato yoki plastikdan yasalgan. 
Membrananing katta maydoni evaziga bunday pnevmodvigatellar 25000 N gacha 
kuch hosil qiladi, lekin shtok 2 harakat yo`li chegaralangan. Membranali 
pnevmodvigatel kichik o`lchamlari, montaj qilish oddiyligi, narxining pastligi bilan 
xarakterlanadi, ularda harakatchan zichlagichlar ishlamaydi.  


9.27-rasm. Membranali pnevmoyuritma 
Membranali pnevmoyuritmalar sxemasi 9.28-rasmda ko`rsatilgan.
Richag-yukli yuritmalarda membranada hosil qilinadigan kuch yukning 
o`zgarmas og’irlik kuchi hisobidan, prujinali yuritmalarda esa shtok harakatiga 
proportsional 
o`zgaruvchan 
kuch 
bilan 
muvozanatlashtiriladi. 
Prujinasiz 
yuritmalarda membranaga ta`sir qiluvchi bosim ikki tomondan rostlanishi mumkin. 

Download 494.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling