Pnevmokokk infeksiyasining oldini olish va undan saqlanish qoidalari


Download 84.96 Kb.
bet2/5
Sana24.01.2023
Hajmi84.96 Kb.
#1117039
1   2   3   4   5
Bog'liq
pnevmakok infeksiyasi

Profilaktika chora-tadbirlari
Pnevmokokk kasalliklarini, ayniqsa, meningitni davolash uchun qimmatbaho antibiotiklar talab etilishi mumkin. Lekin keyingi vaqtlarda pnevmokokkning ko‘pgina shtammlari antibiotiklarga chidamli bo‘lib qolganligi kuzatilmoqda. Shu bois pnevmokokk kasalliklarini davolagandan ko‘ra uning oldini olish afzaldir.
Unga qarshi vaksinaning joriy etilishi nafaqat xastalanish holatlari va bemorlarni kasalxonaga yotqizish, shuningdek mudhish oqibatlarning ham oldini oladi. Emlash bolalarda pnevmokokklar sababli kechadigan kasalliklarning asoratsiz (kar bo‘lib qolish, ko‘rlik, gidrotsefaliya (boshning xumday katta bo‘lishi), nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari) o‘tishiga yordam beradi.
Bu infeksiyaning eng katta xavfi shundaki, o‘z vaqtida bemorga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmasa, u meningit, bakteriyemiya yoki pnevmoniya sababli hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Barcha bakterial infeksiyalar orasida pnevmokokk bugungi kunda odamlarni nobud qilish bo‘yicha dunyoda 1 o‘rin egallaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, pnevmokokkli meningitni boshdan kechirgan va omon qolgan bolalarning 60 foizi nogiron bo‘lib qoladi. Ularning 25-30 foizi eshitish qobiliyatini yo‘qotadi. Bemorlar tutqanoqqa chalinadi, turli falajliklardan aziyat chekadi. Xasta bola ruhiy rivojlanishdan orqada qolib ketadi. Pnevmoniya xastaligidan har yili butun dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 1 million nafardan ortiq bolalar nobud bo‘ladi. Go‘dakni emlatish esa uni sog‘lom ulg‘ayishiga kafolat beradi.
Meningokokkli infeksiya kasalligi birinchi marta 1805-yilda «Epidemik serebrospinal meningit» nomi yozilgan. ESSM 1887-yilda Vekselbaum tom onidan kasallik qo‘zg‘atuvchisi — grammanfiy diplokokk o'rganildi. 1965-yilda Butunjahon Sog'iqni saqlash assambleyasi kasallikni — «Meningokokkli infeksiya» deb nomladi. «Epidemik serebrospinal meningit» nomi inkor qilindi. Meningokokkli infeksiya butun yer yuzida uchraydi, Rossiya xududida kasallik 1905-1906, 1915-1917, 1929-1932, 1940— 1942-yillarda epidemiya tarzida tarqalgan. 1945-yildan keyin kasallik birdan kamaygan, lekin 1968-yildan boshlab, ayniqsa bolalar o‘rtasida qayd etila boshladi. Butunjahon Sog'liqni saqlash tashkilotining m a’lumotiga ko‘ra kasallikning 70—80% i bolalarga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda meningokokkli infeksiya Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Meningokokkli infeksiyaning qo'zg'atuvchisi Neisseria meningitides — grammanfiy diplokokk bo'lib neysseriy turkumi, Neisseriacea oilasiga mansub. Orqa miya suyuqligida, qonda meningokokk juft-juft bo'lib hujayradan tashqarida va hujayralar ichida joylashadi. Diplokokklar 6—8 mk hajmdagi «qahva donachasi» shaklida yassi yuzalari bir-biriga qaragan holda, meningit bilan og'rigan bemorlar orqa miya suyuqligida meningokokklar leykotsitlar ichida joylashadi, hujayradan tashqarida ham bo'lishi mumkin (7-rasm). Meningokokklarning bir necha serologik guruhlari mavjud bo'lib asosiylari A,B, C, D, X, Y, Z hisoblanadi. M eningokokklar parchalangandan so'ng endotoksin ajratadi. Ekzotoksin ajralib atrofidagi o'qimalarga tarqalib kasallikka xos patologik belgilarni yuzaga keltiradi, chunki toksigenlik xususiyati yuqori hisoblanadi (endotoksin kasallik patogenezida asosiy o'rinning egillaydi). Meningokokkning A tipi patogenlik jihatdan asosiy hisoblanadi va epidemiyaning avj olgan davrida yuzaga keldi, uning oxirida esa B tipi yuzaga keladi. A va B tiplar dominant hisoblanadi. C tipi kam uchraydi, Д tipi va boshqalari yakka-yakka holda uchrab turadi. X, Y, Z serotiplari tashuvchanlikda yoki meningokokk infeksiyasining mahalliy shakllarida


aniqlanadi.
Meningokokklar tashqi muhit omillariga juda sezgirdirlar: haroratnrin o'zgarishi, namlik, yorug'lik va boshqalar. Qaynatilganda o'sha zahoti nobud bo'ladi, dezinfeksion moddalar (0,5—1,0% xloramin eritmasi, 3% li karbol kislota eritmasi, 70% li spirt va b.) ta’sirida bir necha soatlar ichida halok bo'ladi. Qo'zg'atuvchi namligi yuqori bo'lgan muhitda yaxshi o'sadi,
kuritilganda tez halok bo'ladi. Meningokokklarning L shakli ham bo'lib kasallikning cho'zilgan kechuvida uchraydi. Meningokokklarning patogen xususiyatlari hozirgacha to'liq o'rganilmagan.

Download 84.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling