Pnevmoniya simptomatologiyasi tekshirish usullari tayyorladi: Abdullayev Fozilbek


Download 0.98 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1644818
Bog'liq
Pnevmoniya simptomatologiyasi tekshirish usullari

Pnevmoniya simptomatologiyasi tekshirish usullari

TAYYORLADI: Abdullayev Fozilbek

2-pediatrya 225-guruh

Pnevmoniya –o’pkaning respirator bo’limlarida yallig’lanish jarayoni.

Atipik pnevmoniyaning klinik kartinasida umumiy toksik sindromlar ustunlik qiladi, bronx-o’pka-plevral sindrom ikkinchi o’rinda turadi. Atipik pnevmoniya uchun epidemiologik tarqalish xarakterlidir ( bolalar bog’chasi, maktablar), shuningdek oilaviy uchrashi kuzatiladi.

Mikoplazmali pnevmoniya.

Qo’zg’atuvchisi- Mycoplasma pneumonia.

O’zidan b-gemolizin toksin ajratadi. Epidemiologiyasi. Kasallik manbai kasal odam va tashuvchi hisoblanadi.

O’tish yo’li- havo tomchi, transplatsentar.

Patogenezi.

  • Qo’zg’atuvchi tomoq orqa devori shillig’ini, trxeya, bronxlarni zararlaydi. Alveolyar epiteliyda ko’payadi, hujayra giperplaziyasi va o’zgarishini chaqiradi. Alveolyar makrofaglar va neytrofillar fagositozni chaqiradi, va hujayra ichi suyuqligi ekssudatsiyasiga olib keladi.

Klinikasi.

  • Inkubatsion davri 1 haftadan 3 haftagacha (12-14 kun).
  • Intoksikatsiya belgilari : bosh og’rig’i, quvvatsizlik, haroratning biroz ko’tarilishi. Keyinchalik tomoqda va qorinda og’riq kuzatiladi. Qiynoqli quruq yo’tal, faringit belgilari paydo bo’ladi. Hansirash kam kuzatiladi. Terisida qizil yoki binafsha rangli dog’lar, vezikula, papulali toshmalar paydo bo’ladi.
  • Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kasallik simptomsiz kechishi mumukin.

O’pkadan tashqari belgilar:

  • qayt qilish ;
  • qorindagi qattiq og’riq ;
  • appendikulyar sindrom -50% ;
  • gepatomegaliya -30% ;
  • gemorragik sindrom (teridagi gemorragiyalar, burundan qon ketish) -20% ;
  • meningial sindrom.

Diagnostika.

  • Perkussiyada –mozaiklik aniqlanadi.
  • Auskultatsiya –dag’al yoki sustlashgan nafas fonidagi nam xirillashlar.
  • Gemotologik o’zgarishlar –monositoz, leykositoz, naytrofillyoz, eozinofilliya, anemiya, gipertrombositoz, ECHT oshishi.
  • Rentgenografiyada –o’pkaning aniq chegarasiz nomonogen infiltratsiyasi. Ko’pincha “bulutsimon”, “tutun”infiltratsiyasi paydo bo’ladi.
  • Diagnostika fluorestsensiyali zardobda qo’zg’atuvchi topilishiga asoslangan.
  • Serologik reaksiya.
  • Balg’amda mikoplazma topilishi.

Davolash.

Xlamidiyali pnevmoniya.

  • Xlamidiaz- asosan chaqaloqlaar patologiyasi bo’lib, unga intranatal zararlanish xos, bola asosan ononing tug’ruq yo’li orqali zararlanadi.
  • Qozg’atuvchisi – Chlamydia trachomatis, ular ikkiga bo’linadi : Chlamydia psitacci va Chlamydia trachomatis.
  • Ko’pincha o’pkaning o’rta va pastki qismlarini zararlaydi. Alveolalarda seroz shish chaqiradi va boshqa bo’limlarga o’tadi.

Epidemiologiyasi.

Chlamydia psitacci- ornitoz pnevmoniya chaqiruvchisi, kasallik manbai qishlar (kaptar, popugay, o’rdak, tovuqlar).


Chlamydia trachomatis –o’tish yo’li havo-tomchi, aspiratsion yo’l hisoblanadi.

Klinikasi.

  • Inkubatsion davri -10 kun. Intoksikatsion belgilar: lanjlik, bezgak (harorat 39°C dan ortiq), mushaklarda og’riq, va angina.
  • 1-3 kundan so’ng : quruq yo’tal, biqinda va ko’krak qafasida og’riq. O’pka tovushining lokal to’mtoqlanishi, mayda pufakchali nam xirillashlar.
  • Keyinchalik klinikasi grippga o’xshaydi. Uzoq vaqt davom etadi.

Diagnostikasi.

  • Balg’am mikroskopiyasi.
  • Ko’zdagi ajralmani tekshirish.
  • Rentgenogrammada : ikki tomonlama mayda o’choqlar. Ornitozda o’pka surati kuchaygan va deformatsiya aniqlanadi.

Davosi.

  • Antibakterial dorilar : biseptol
  • Eritromitsin
  • Klaforan
  • Fortum
  • Seftriokson
  • Roksitromitsin
  • Tarivid

Legionellezli pnevmoniya.

  • Qo’zg’atuvchisi – L. pneumophilla, L. bozemanii, L.miedadei, L. dumoffi. L. longbeache, L. gonmanii va boshqalar.
  • Epidemiologiyasi. Qo’zg’atuvchini manbai tuproq hisoblanadi. Zararlanish aerogen yo’l va infisirlangan suv orqali yuqadi. Odamdan odamga yuqmaydi.

Klinikasi.

  • Legionellezning 3 turi ajratiladi : o’tkir pnevmoniya, o’tkir alveolit, o’tkir bronxit. O’tkir pnevmoniya : harorat 39-40°C, qusish, ichi suyuq kelishi, qaltirash, mialgiya, kuchli bosh og’rig’i. yo’tal keyinchalik nam bo’ladi, shilliq “gurunchli” balg’am. MNSning zararlanishi (deliriya, bosh aylanishi) kuzatiladi.
  • O’tkir alveolitda : grippga o’xshash. Hansirash, o’pka ustida krepitatsiyalovchi xirillash eshitiladi. Cho’ziluvchan Xammen –Rich turida fibroz alveolit kuzatiladi. O’tkir bronxit ham kuchayadi.

Diagnostikasi. R-gramma: massiv infiltrativ soyalar yuqori intensivlikda kuzatiladi. Umumiy qon tahlili. Umimiy siydik tahlili. Ferment analizi. Qon zardobi, bronxial yuvindi, balg’am, plevral suyuqlik. Antitanachalar titri 4 marta ortishi diagnoz qo’yishga asas hisoblanadi.

  • Davosi. Eritromitsin, tetrasiklin, levomitsetin. Dezintoksikatsion, simptomatik, immunokoreksitalovchi terapiya buyuriladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling