Pochta aloqa texnologiyalari


Download 251.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2023
Hajmi251.93 Kb.
#1312421
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV 2 2-topshiriq



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI 
FARG‘ONA FILIALI 
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 
VA KASB TA’LIMI FAKULTETI 
“POCHTA ALOQA TEXNOLOGIYALARI” 
YO‘NALISHI 
771-22 GURUH TALABASI 
TOLIPOV XILOLAXON JO‘RAQO‘ZI QIZINING 
AKADEMIK YOZUV 2
FANIDAN 
Chingiz Aymatovning "Oq kema " asariga
TAQRIZ

 
 
Farg‘ona-2022 


CHINGIZ AYMATOVNING “OQ KEMA” ASARIGA
TAQRIZ. 
 
"Oq kema qissasi Uning ikki ertagi boʻlardi. Birini oʻziniki boʻlib, uni hech 
kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi soʻzlab bergandi. Keyin birortasi ham 
qolmadi. Gap shu xususda"deb boshlandi. "Oq kema "da hayot murakkabliklari, 
inson va tabiat, inson va jamiyat munosabatlari, ezgulik va yovuzlik kurashi yuksak 
mahorat bilan tasvirlanadi va bu muammolarni xususida teran falsafiy mushohado 
yuritiladi. Qissaning asosiy qahramonlari: bola, uning bobosi, Moʻmin, oʻrmon 
xoʻjaligi boshligʻi Oʻrazqul va uning xotini. Adib har bir qahramonlarni turlicha 
xarekterini ochish orqali mehr -muhabbat Kurashini yoritadi. Bola faqat bobosiga 
suyanardi. Bolaga, bobosining Shoxdor ona bugʻu haqidagi ertagi yoqadi.Bobosi 
oʻzini Shoxdor ona bugʻu avlodi deb bilardi. Bola Shoxdor ona bugʻu toʻgʻrisida 


eshitganlarini portfeliga aytib berardi. Ushbu afsona xuddi ertaklarga oʻxshagan 
qadimda boʻlib oʻtgan deb boshlanadi.Unda ezgulik va yovuzlik kurashi naql 
qilinadi. Zoʻravonlik va shuxratparastlik azal-azaldan kishilarning azoblanib 
kelingani qirgʻizlarni qirgʻin qilingan dushmanlarining shafqatsizligi misolida 
gavdalantiradi. Oʻzga qabila ning Soʻngi odamigach qirgan, molu mulkini tortib 
olgan kishi eng aqlli, uddaburon, Botir sanalgan zamonda "kechgan yomon illatlar 
haqida bu Afsona oʻzining butun dahshati bilan xayolni egallab oladi. Dushmanlar 
qirgʻizlarni yer suvi qolmasligi uchun talab ketishadi. 
Aytmatov romanda manqurtlik turli shakllarda namoyish boʻlishi va u 
hamisha insoniyat uchun fojia ekanini oʻz onasini otib oʻldirgan Joʻlamon va 
otasining vafot etganiga qaygʻurmagan Sobitjon, kishilarni qiynash, azoblashdan 
huzur qiladigan Tansiqboyev hatti xarakatlarini koʻrsatish borasida gavdalantiradi. 
Afsona rivoyatlarida, insonning paydo bo‘lishi, hayoti bevosita tabiat bilan 
bog‘lanadi. Shoxdor ona bug‘u togʻrisida afsonada ham bir qabilaning omon 
qolishiga tabiat, undagi o‘simliklar jonzotlar sababchi qilib koʻrsatiladi. Shuning 
uchun tabiat onaga qiyoslanib "Ona tabiat "deyiladi. "Oq kema"dagi afsonada 
Shoxdor ona bugʻu tabiat timsolidir. Odamlar qanchalik zarar yetkazsada, tabiat 
odamlardan ne‘matlarini ayamaydi. Xuddi biz daraxtga tosh otsak biror bir meva 
olamiz yoki boʻlmasa guldir. Hayot ham shunday biror kishi bizga tosh otsa biz unga 
goʻzal narsalarni rovo koʻra bila olishimiz kerak. Shoxdor ona bugʻu ham kishilar 
uning ikkita bolasini otib oʻldirishsa-da, odam bolalariga yaxshilik qiladi. U Choʻtir 
Baymoq kampirning ogohlantirishga qaramasdan, qirgʻin qilingan qabilaning omon 
qolgan bolalarni uzoq joyga eltib, suti bilan boqib, oʻz bagʻriga bosadi.Bola esa 
doimo tepalikdan oʻsha oppoq kemani kelishini kutib turar, baliq kabi suzib 
kemaning oldiga borishni istardi. Shiroljinlar tagida toshlar bilan suhbat qilardi. 
Maktab borishni juda ham istardi bunga ham erishdi ham.Buvisining gaplari uning 
qizining farzandsizligi uni bezdaytirib qoʻygan edi. Bobosining kuyovi ham gʻirt 
bekorchi edi. Ha deb qaynonasi bilan qaynotasini koyigan edi, farzandsizligidan 
xotinini urardi. Bechora xotini ham bunga koʻnikib ketgandi. Jaholat ga yuz tutgandi 
goʻyo. 


Xulosa qilib aytganda romandan yozuvchi nima demoqchi?U faqatgina 
dunyoni pok va toʻkis boʻlishini istab bir bola asosida dunyoga boqadi.
Asardan har bir kishi yaxshi yomonlikni ajrata oladi, jaholat ga yuz tutmaydi. 
Bola orqali sabrli boʻlishni, yaxshiliklar qilishni tabiatni sevish va uni asrab 
avaylashni, chidamlillikni bilib oldim. Haqiqatan hamyozuvchi bir bola orqali koʻrib 
bu dunyoning nopok ishlarini kirdikorlarini ochib bergandek boʻldi.
Bola bu nopok dunyoda sigʻmadi.

Download 251.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling