Pochta aloqa texnologiyalari
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik fanidan 2-joriy
-
bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti- harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati; - maxsus diniy ma’lumoti bo’lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog’liq harakatlar sodir etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo’yilgan. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, muayyan hollarda birinchi marta qonunni buzgan shaxs yoki tashkilotga ma’muriy jazo qo’llaniladi. Agarda o’sha shaxs yoki tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa, unga endi jinoyat kodeksidagi choralar qo’llaniladi. Masalan, «O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi» normalariga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi 4 Қуронов М. Огоҳлик: тарих ва замон сабоқлари. –Т.: “Маънавият”, 2015, 65 б. kodeksi»ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi harakatlar ma’muriy jazo qo’llangandan keyin yana sodir etilsa, bu «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»da belgilanganidan ko’ra og’irroq jazolar qo’llanishiga olib keladi. Shu bilan birga, «O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi»da «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»da nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd etish zarur. Jumladan: - voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish; - voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitish; - dindorlardan majburiy yig’im undirish va soliq olish; - diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o’z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog’liq diniy faoliyat yuritish; Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling