Podstansiyalar. Podstansiyalarning qo‘llanilishi va klassifikatsiyasi
Download 48.9 Kb.
|
31 Komplekt taqsimlovchi qurilmalar va podstansiyalar montaji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Podstansiyalar. Podstansiyalarning qo‘llanilishi va klassifikatsiyasi
Komplekt taqsimlovchi qurilmalarining va podstansiyalarining montaji. Reja: Podstansiyalar. Transformatorlarni tanlash. Ichki taqsimlovchi qurilmalar. 220 kv gacha bo:lgan tashqi taqsimlochi qurilmalar. Podstansiyalar. Podstansiyalarning qo‘llanilishi va klassifikatsiyasi. Podstansiyalar deb-transformatorlar yoki boshqa turdagi elektr energiya o‘zgartkichlari,1000 Vgacha va undan yuqori kuchlanishli bo‘lgan taqsimlash qurilmalaridan tashkil topgan va elektr energiyani o‘zgartirish hamda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilmalarga aytiladi.Podstansiyalar elektr energiyani qabul qilish,o‘zgartirish va taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr ta’minoti tizimining muhim zvenosi hisoblanadi. Podstansiyalar quyidagilarga bo‘linadi: a. Tugunli taqsimlovchi podstansiyalar TTP( URP) kuchlanishi 110-500kV b. Bosh pasaytirgich podstansiyalar BPP (GPP), kuchlanishi 110-220/6-10 v. CHuqur kirib boruvchi podstansiyalar CHKBP (PGV) kuchlanishi g. Taqsimlovchi punktlar(TP-RP)kuchlanishi 6-10kv d. Sex tarnsformator podstansiyalari, STP kuchlanish 6-10/038-66 6-10kVli podstansiyalarning kirish va chiqib ketish liniyalari asosan kabellar orqali bajariladi.35-220kVli podstansiyalar havoda elektr uzatish liniyalari orqali bajariladi. Transformatrlarning chulg‘amini ulanish sxemasi bo‘yicha uch fazali hamda ikki chulg‘amli va uch chulg‘amli bo‘ladi.SHuningdek ikkilamchi kuchlanish chulg‘ami ikkilangan bo‘ladi.Ikkilangan ikkilamchi chulg‘amlarning har biri transformatorning umumiy quvvatini 50%ni tashkil etadi va ular elektr qurilmalarda kuchlanishni tebranishini kamaytiradi. Ikkilangan chulg‘amlar qisqa tutashish tokini oshirish uchun parallel ulanadi. Kuchlanish 110/35/6/10 kV bo‘lgan uch chulg‘amli kuch transformatorlar bosh pasaytirgich podstnatsiyalarda o‘rnatilib,o‘rta quvvatli korxona iste’molchilari uzoqroqda joylashganda ularni 35kV kuchlanish bilan ta’minlashda ishlatiladi. Yirik TTP URP larda asosan avtotransportlar qo‘llanilishi kerak. Ularni kuchlanishlari esa 330/220; 330/110; 220/110; 500/220kV bo‘ladi. Transformatsiyasi 500/220kV bo‘lgan TTP larda quvvati 120,240 yoki 400 MVa li avtotransformatorlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Transformatorlarni sovitish quruq va moyli bo‘ladi.Quriq tarnsformatorlar quvvati 160-1600 kVa qilib,tayyorlanadi va ular moyli transformatorlarga nisbatan 2.5-2.9 marta qimmatdir.Ularning birlamchi kuchlanish 10kVdan oshmaydi.Moyli tansformatorlar hamma quvvatli va kuchlanishli qilib tayyorlanadi. Qisqa tutashish tokini cheklash va releli himoyani ishini yaxshilash uchun kuchlanishi 110kV ko‘p transformatorlar neytrali mahkam erga ulangan holda ishlaydi. Kuch transformatorlarining sonini sex trnansformator uchun tanlanganda toifasi,elektr ta’minoti ishonchliligi,yuklamani solishtirma zichligi,ishchi smenasi,sexning o‘lchamlari va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Ikki transformatorli podstansiya quyidagi hollarda tavsiya etiladi. 1. Birinchi toifali elektr yuklamalar bo‘lsa. 2. muxim guruhli elektr iste’molchilar bo‘lganda 3. YAkka bo‘lak turgan ob’ektlarni elektr energiya bilan ta’minlashda(nasos va kompressor stansiyalar,gaz xo‘jaligi hamda boshqalar) 4.YUqori solishtirma zichligi bo‘lgan yuklamalar(0.5-0.7 kVa/m)bo‘lganda. Bir transformatorli podstansiyalar kuchlanish 6-10kv 3-toifali ommaviy iste’molchilari bulganda, omborxonadagi zaxira transformatorni xisobga olib tanlanadi vabirinchi toifa 15-20% ni xisobga olinadi. Yirik korxonalarda iqtisodiy nuqtai nazaridan zaxirada bitta umumiy transformator bo‘lganda tanlanadi. Transformatorlarni quvvatini tanlash uchun elektr yuklamalar grafiklarining grafiklari bo‘lishi kerak yoki bo‘lmasa maksimal va o‘rtacha kunlik yuklamani bilish hech bo‘lmaganda maksimal yuklamaning davomiyligi yig‘indisini bilish talab etiladi. Transformatorlarni quvvatini tanlashda ob’ektni tula hisobiy yuklamasidan kelib chiqib, hamda yuklamani solishtirma zichligi va elektr energiyani bahosi hisobga yuklama olinadi. Download 48.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling