Podstansiyalarda transformatorlar soni va quvvatini tanlash


Download 422.8 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi422.8 Kb.
#1327368
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY MASH 1

- σ > 5 MVt/km2 – TP soni 1x630 kVA, ikki transformatorli TP larda 2x630 kVA bo’lgan transformator tavsiya etiladi.
TP ning optimal quvvati, aniqlangandan so‘ng loyihalashtirilayotgan nohiyadagi TP lar soni quyidagicha aniqlanadi:
(2)
bu yerda, Nnohiyadagi TP lar soni; Pn.h.nohiyaning hisobiy yuklamasi, kVt; Pt.p.TP ning optimal quvvati, kVt.
Kichik nohiyadagi TP lar soniga qarab, har qaysi podstansiyaning kerakli quvvati aniqlanadi. Buning uchun, yuqorida aniqlangan TP lar soni kichik nohiya rejasiga joylashtiriladi. Keyin har bir TP dagi haqiqiy hisobiy yuklama aniqlanadi, shundan so‘ng har qaysi podstansiyaning o‘rnatilgan hisobiy quvvati quyidagicha aniqlanadi:
, [kVA] (3)
bu yerda, Sh. – TP ning o‘rnatilgan hisobiy to’la quvvati, [kVA]; cosφ – quvvat koeffitsiyenti (0,9); 1,4 – ortiqcha yuklanish koeffitsiyenti (ПУЭ); PΣh. – TP uchun hisobiy yuklamalar yig‘indisi, [kVt].
Shahar elektr tarmoqlarida yuklamalar grafigi bo‘yicha bir tekis emas va maksimal yuklamadan foydalanish soati (T) ham nisbatan har xil. Shuning uchun eng ko‘p yuklama davrida transformatorning maksimal yuklamasi 130% ruxsat etiladi, avariya holatida esa transformatorlarni uning nominal quvvatiga nisbatan 40-50% ga qo‘shimcha ruxsat etiladi. Bu holatda TP dagi transformatorlarning o’ta yuklanishini hisobga olish lozim.
Transformator podstansiyadagi transformatorlar uchun yuklanish koeffitsiyentining qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(4)
Yuklanish koeffitsiyenti Kyuk.<1,4 bo’lgan holat transformator podstansiyada 2 va undan ortiq transformator o’rnatilsa, ushbu tengsizlik bajarilishi lozim.
Transformator nominal quvvatining qiymati ГOСT da beriladigan transformatorning nominal quvvatlari uchun ko‘zda tutilgan eng yaqin qiymatgacha yaxlitlanadi.
Shundan keyin TP dagi transformatorning yuklanish koeffitsiyenti normal va avariya holatlari uchun aniqlanadi.



Download 422.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling