Pointer operatorlari
POINTER ARGUMENTLI FUNKSIYALAR
Download 22.31 Kb.
|
Документ (5)
POINTER ARGUMENTLI FUNKSIYALAR
Funksiylar ikki argumentlariga qarab ikki turga bo'linadi degan edik. Argumentlar qiymat bo'yicha, yoki ko'rsatkich bo'yicha berilishi mumkin edi. Qiymat bo'yicha berilgan argumentning funksiya chaqirig'iga nushasi beriladi. Ko'rsatkich bo'yicha argument chaqirig'ida, funksiyaga kerakli argumentga ko'rsatkich beriladi. Ko'rsatkich bo'yicha chaqiriqni ikki usulda bajarish mumkin, birinchi usul &-ko'rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi usulda esa pointerlar qo'llaniladi. Pointerlar bilan chaqishning afzalligi (qiymat bo'yicha chaqiriq bilan solishtirganda) shundagi, agar ob'ektlar katta bo'lsa, ulardan nusha olishga vaqt ketqizilmaydi. Undan tashqari funksiya ob'ektning asl nushasi bilan ishlaydi, yani ob'ektni o'zgartura oladi. Funksiya faqat bitta ob'ektni yoki o'zgaruvchini return ifodasi yordamida qiytara olgani uchun, oddiy yol bilan, qiymat bo'yicha chaqiriqda funksiya faqat bitta o'zgaruvchining qiymatini o'zgartira oladi. Agar pointerlarni qo'llasak, bittadan ko'p ob'ektlarni o'zgartirishimiz mumkin, huddi &-ko'rsatkichli chaqiriqdagi kabi. Funksiya chaqirig'ida esa, biz o'zgaruvchilarning adresini qo'llashimiz kerak. Buni & adres olish operatori yordamida bajaramiz. Massivni berayatganda esa adresni olish kerak emas, chunki massivning ismining o'zi massiv birinchi elementiga pointerdir. 52 Download 22.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling