Po'lat mo'min ijodi hikoya qissalari va uning tarbiyaviy ahamyati reja


Download 31.71 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2023
Hajmi31.71 Kb.
#1085596
  1   2
Bog'liq
PO\'LAT MO\'MIN IJODI HIKOYA QISSALARI VA UNING TARBIYAVIY AHAMYATI


PO'LAT MO'MIN IJODI HIKOYA QISSALARI VA UNING TARBIYAVIY AHAMYATI

Reja:

  1. Po'lat mo'min ijodi

  2. Po'lat mo'min hikoya qissalari

  3. Po'lat mo'min hikoyalari tarbiyaviy ahamyati


Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1944–1947). "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim (1948–50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1951–1952), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954–60), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962–64).
Ilk sheʼrlar toʻplami – "Sayrang, qushlar" (1949). Shundan keyin uning "Tong kuylari" (1949), "Oltin boshoqdor" (1951), "Tish choʻtkasi ertagi" (1955), "Hunardan unar" (1958), "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur" (1960), "Aql qayerda boʻlar" (1962), "Oltin nay" (1967), "Yaxshilarga oʻxshasam" (1975), "Rahmatga rahmat!" (1969), "Eson va Omon" (1973), "Ertaqdan ertakka" (1989), "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" (1984), "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim" (1993), "Bugʻdoy bobo" (1995), "Bolajon, bolajonim" (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, "Kul-di xiyol" (1964), "Gul va piyoz" (1971), "Qoʻshiq aytib" (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan "Qovoqvoy bilan Chanoqvoy", "Suqatoy va Konfetvoy" (1970), "Bahodirning botirligi" (1972), "Ona bolam deydi, bola onam deydi" (1975), "Oq fil yoʻqoldi" (1983), "Tuyakush-boyaqish" (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S. Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Bolalarning sevimli shoiri Poʻlat Moʻmin yoshligidanoq adabiyotga havas qoʻydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtida adabiyot toʻgaragiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan oʻqidi, oʻrgandi. Oʻrta maʼlumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomladi, aspiranturada oʻqidi, maktablarda oʻqituvchilik qildi. Soʻngra Oʻzbekiston davlat nashriyotida ishladi. Poʻlat Moʻmin qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, oʻrgandi. Kichik-kichik sheʼrlar yoza boshladi. 1944 yilda “Bahorga sayohat” nomli birinchi sheʼri bosilib chiqdi. Birinchi sheʼrlar toʻplami esa 1949 yilda “Sayrang, qushlar” nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Toʻplamdan munosib oʻrin olgan “Sayrang, qushlar”, “Obod oʻlkam”, “Haykal”, “Alla va Jalla” (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning eʼtiborini oʻziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning oʻzigina yetmaydi. Belinskiy taʼrifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi boʻlib tugʻilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni boʻlsin, nozik taʼb egasi, goʻdak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono boʻlsin, degan mazmunni taqozo etadi. Biz Poʻlat Moʻmin ijodida ana shunday oliyjanob xususiyatlar mujassamligini his etamiz. Shoir butun umrini bolalar orasida oʻtkazib kelmoqda. U oʻz yosh kitobxonlarining oʻy-fikrlarini, orzu-umidlarini yaqindan biladi. Ularning dillaridagini tillarga chiqara biladi.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli “Hunardan unar”, “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar”, “Aql qayerda boʻlar?”, “Oʻrinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim Karim”, “Endi adashmaydi”, “Barcha bola doʻst boʻlsa”, “Rahmatga rahmat”, “Gazpolvon ertak aytar”, “Chang yutar botir”, “Doʻsting qancha koʻp boʻlsa”, “Oftob va odob”, “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va omon”, “Oltmish olti oltin qoʻl”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz bir oltin qoʻl” sheʼriy toʻplamlari: “Chanoqvoy bilan Qovoqvoy”, “Bahodirning botirligi”, “Oq fil yoʻqoldi”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi sheʼr va qoʻshiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki oʻzbek bolalar adabiyotining ham yutugʻi, obroʻsi hisoblanadi.
Kimda-kim aʼlo va yaxshi baholarga oʻqish uchun astoydil intilsa, harakat qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadga erishadi, samarali bilim oladi. Agar bu intilish jismoniy mehnat bilan qoʻshib olib borilsa, yanada muvaffaqiyatli boʻladi. Poʻlat Moʻmin taʼlim va jismoniy mehnatga bagʻishlangan sheʼrlarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Baʼzan ishyoqmas, dangasa, yalqov oʻquvchilarni tanqid qiladi, ularning kamchiliklarini ochib tashlaydi. Masalan, “Besh oldim, besh!” degan sheʼrini olaylik. Asar qahramoni uzoq vaqt past bahoga oʻqib yuradi, fanlarni koʻngildagidek oʻzlashtira olmaganligidan doʻstlari, ota-onasi va oʻqituvchilar oldida oʻzini gunohkordek his qiladi. Oʻquvchi bunday qiyin ahvoldan faqat koʻproq dars tayyorlashi, kitob oʻqishi bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham ishonmaydi. Nima boʻladi-yu, bir kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta oʻqiydi, dars va kitobdan boshqa hech narsani oʻylamaslikka harakat qiladi. Natijada ertasi kuni “besh” baho oladi. Shu-shu bola kitobni sevib qoladi. Qunt qilish, berilgan topshiriq ustida koʻp mehnat qilish lozimligini tushunib yetadi. Oʻzidagi bunday ijobiy oʻzgarishdan xursand boʻladi. Boladagi bu quvonch va hayajonni shoir yosh kitobxon ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi:
Shunday qilib, doʻstlarim,
Aytsam yurak soʻzlarim,
Yurishib qoldi ishim,
Koʻpayib ketdi “besh”im.
Bolalar shoirining “Tuganmas kon”, “Oʻqituvchi baho qoʻyganda”, “Koʻchalarni toʻldirib”, “Sizga nima boʻldi, oʻgʻil bolalar?”, “Yuqumli “2”lar”, “Bilsa boʻlar ekan-ku!”, “Sentabrdan kim sevinar?” kabi sheʼrlari ham aʼlo va yaxshi oʻqish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar toʻgʻrisida yozilgandir.
Baʼzan oʻquvchi-yoshlar orasida mugʻambir-u pismiq bolalar ham topilib qoladi. Shoirning “Qoʻl koʻtarib qoʻlga tushdi” degan asari ana shunday bolalarga bagʻishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq oʻquvchi. U buni oʻqituvchisiga sezdirmaslik uchun har kuni dars paytida “Men aytaman, deb koʻtaradi qoʻl”. Oʻqituvchi esa bolaning bunday mugʻambirligini sezmaydi, u darsni yaxshi oʻzlashtiribdi, deb undan soʻramaydi. Oxiri bir kuni “Mayli, ayta qol” deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, oʻqituvchi va oʻrtoqlari oldida izza boʻladi:
Darvozasiga
Urilganday gol
Qoʻlga tushgandi
U koʻtarib qoʻl.
Shoir sheʼrlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib beriladi. Uning “Oftob chiqdi olamga”, “Yer chopildi – javob topildi” sheʼrlari fikrimizning dalilidir. “Oftob chiqdi olamga” asarida u xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. Sheʼrda bolalarning harakati, urinishi, kattalar ishiga koʻmaklashishi nihoyatda taʼsirli va shirali ifodalangan.
Poʻlat Moʻmin haqiqatan ham oftob – bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy bolalar timsoli orqali yanada yorqinroq, taʼsirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga,
Chopib bordim dalamga,
Dadam koʻchat ekardi,
Salom berdim dadamga.
Poʻlat Moʻminning “Yer chopildi – javob topildi” asarida mehnatdan zavqlanish tuygʻusi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq – misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi – yer chopadi, terlab-pishadi. Natijada koʻngli yorishadi, fikri oydinlashadi. Uyga berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi.
Barcha savolga
Javob topildi.
Shu bahonada
Yer ham chopildi.
Poʻlat Moʻminning “5” baho qoʻshigʻi”, “Xursandmisiz?, Xursandmiz!”, “Sentabrim”, “Uch baho – puch baho” singari qoʻshiqlari oʻqish, ilmli boʻlish mavzusiga bagʻishlangan. Oʻz ustida koʻp ishlash, kitob oʻqish, dars qoldirmaslik “aʼlo” oʻqishning mustahkam noydevori ekanligini shoir “Uch baho – puch baho” qoʻshigʻida yoritib beradi. Onalarni, keksalarni hurmat qilish, eʼzozlash (“Achom-achom buvijon”, “Mehribonim onajon!”), oʻzaro hurmat, doʻstlikni joyiga qoʻyish (“Bir jahon bolalarmiz”), har bir shodiyona, bayramlarni zoʻr tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish (“Koʻylagim”) mavzulariga bagʻishlab shoir oʻnlab qoʻshiqlar yaratganki, bunday qoʻshiqlar bolalarning jon-dilidir.
Poʻlat Moʻmin axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala koʻproq uning “Birovlar”, “Bir odamning afsusi”, “Soʻzi shunaqa – oʻzi shunaqa”, “Behzodni bilasizmi?”, “Ulgʻaydimi aqlingiz?”, “Qoʻling oltin – yoʻling oltin”, “Birinchi boʻl, birinchi!” kabi sheʼr va qoʻshiqlarida ochib beriladi.
Poʻlat Moʻmin “Alla bilan Jalla”, “Ziyrak fil va ziqna baqqol”, “Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga”, “Unutgan oʻgʻil”, “Oltin nay”, “Dono bola”, “Bilganni qari – bilmaydi pari” singari ertak, dostonlarida xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani koʻrinib turadi.
Poʻlat Moʻmin dostonchi shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning “Oltin nokli bogʻ”, “Koʻcha – koʻpchilik uchun”, “Eh, rosa shirin ekan!”, “Xolning jiyron velosipedi”, “Koʻngil istar yaxshilik” degan poyemalari allaqachon kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostonlarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik, oʻqituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik kabi masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir boʻladigan yutuq va kamchiliklar badiiy boʻyoqlarda, qiziqarli lavhalarda chizib berilgan. Bir soʻz bilan aytganda: maktab oʻquvchilarining hayoti zavq-shavq bilan tasvirlanadi.
Poʻlat Moʻmin oʻzining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar oʻrtasida shuhrat qozondi. Uning “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi” nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini oʻtkir kulgi ostiga oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon doʻstligini ulugʻlovchi “Qovoqvoy bilan Chanoqvoy” bolalarni yaxshilikka daʼvat etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi “Suqatoy-konfetvoy”da ham koʻringan. Tematika va gʻoyaviy yoʻnalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va mehnatsevarlik ulugʻlanadi. Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt oʻrtasidagi kurash asosida rivojlanadi.
Poʻlat Moʻminning butun eʼtibori, ijodining mohiyati bolalarga pokiza hayot yoʻlini koʻrsatib berishga intilishdan iborat:
Aql, Odob, Fan yoʻli,
Yoʻllaming eng maʼquli.
Kimki yursa uch yoʻldan,
Ishi keladi oʻngdan.
Yoʻllar eltar maktabga,
Yetkazadi maqsadga.
Bugina emas, bolalar Poʻlat Moʻminning oʻnlab topishmoqlarini ham sevib oʻqib oʻrganadilar va zehnlarini charxlaydilar.
Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Po‘lat Mo‘min 2003 yilda vafot etgan.
1949 yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar?» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971), «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo‘l», «Ertaqdan ertakka» (1990), «Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to‘plamlari nashr etiladi. Uning so‘nggi «Bolajon, bolajonim» kitobi 2004 yilda kitobxonlar qo‘liga tegdi.
Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
U 2003 yilda vafot etgan. 
Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992-yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. U 1922-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992-yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. 1949-yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 401 http://oac.dsmi-qf.uz/ «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar?» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971), «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo‘l», «Ertaqdan ertakka» (1990), «Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to‘plamlari nashr etiladi. Uning so‘nggi «Bolajon, bolajonim» kitobi 2004-yilda kitobxonlar qo‘liga tegdi. Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan. U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan. U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U 2003-yilda vafot etgan. Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo'lsa, u ham bo'lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o'tgani - ixtiyorimizda bo'lgan fursatning zoye bo'lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g'animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo'lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir. Miqdori ko'p narsa qadr-qiymatini tez yo'qotadi. Har bir musulmon uchun vaqt eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo'lsa, soat yoki daqiqaning qadri ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom: "Ikki narsa borki, ko'pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri - sog'lik, ikkinchisi esa - bo'sh vaqt", deb marhamat qilganlar. Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin. Odamlarning o'zaro muomalalarida "bo'sh vaqt" degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo'lib, vaqtning isrofi bu - umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo'ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir. Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o'zicha belgilaydi. Birov kitob o'qishni yaxshi ko'rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 402 http://oac.dsmi-qf.uz/ Olimlarimiz: "Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug'ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o'tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to'ldirgan odamdir", deganlar. Hasan Basriy hazratlari shunday degan ekanlar: "Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kuningni ketishi, umringni bir qismi ketishi demakdir". Bu yorug' dunyoda inson umri qanchalik uzun bo'lmasin, modomiki o'lim har tiriklikning nihoyasi ekan, baribir u qisqadir. Nuh alayhissalom ming yildan ortiqroq umr ko'rganlaridan keyin u kishini jonlarini olish uchun o'lim farishtasi kelib: "Ey payg'ambarlarning eng uzun umr ko'rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?", deb so'radi. Shunda Nuh alayhissalom: “Bu dunyo go'yoki bir hovlining ikki eshigi bo'lib, ularning biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim”, degan ekanlar. Bizning “vaqt o'tmoqda” degan o'yimizda ozgina xatolik bor, vaqt emas, o'zimiz o'tib boryapmiz. Aslida yomonlikning eng katta alomati bu - vaqtni zoye ketkazishdir. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam: “Vaqt bir qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi”, deb marhamat qilganlar. Xulosa o'rnida Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning aytgan so'zlarini keltirmoqchimiz: "Men bir kunning quyoshi botib, ajalim bilan oramizdagi masofa qisqarib, o'sha kunlik yaxshi ishlarim ko'paymaganiga qilgan pushaymonimdek qattiq pushaymon qilmadim. Agar kun o'tgan va men o'zimni Allohga yaqin qiladigan ilmimni ziyoda qilmagan bo'lsam, shu kunning chiqqan quyoshi men uchun barakali bo'lmagandir", degandilar. Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir. Bu borada “Fursat - g’animat” she’ri qimmatga ega. Nafasmi olganing fursat - g’animat Davrada qilganing suhbat - g’animat. Luqmai haloling, noning - g’animat, Tomirda yugurgan qoning - g’animat. Shirin o’tayotgan vaqting - g’animat, Qo’lingga tutganing naqding - g’animat, Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadrqimmati, obro‘si bo‘lmaydi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 403 http://oac.dsmi-qf.uz/ Inson mehr-oqibatni avalo o‘z ota-onasidan oladi, o‘rganadi va yaqinlariga otaonasiga o‘sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko‘rmay katta bo‘lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bemehr inson bo‘ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko‘proq e'tibor, ko‘prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o‘zgaradi inshaa Alloh. Paygambarimiz Muxammad sallollohu alayhi vasallamdan bir kuni sahobai kiromlar so‘radilar: “Dunyoni nima qutqaradi ey Allohning rasuli?” Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam; “Dunyoni mehr, rahm-shafqat qutqaradi”, dedilar. Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig‘ tutmaylik. Sarvari olam, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning bir hadislarida shunday rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vassalam sahobalar bilan birga o‘tirganlarida, bir guruh odamlar tobutda mayyitni ko‘tarib o‘tib qoldilar. Shunda ul zot kim vafot etganini suradilar va mayyitni kim ekanligini bildilar. Shunda mayyit yaxshi sifatlar bilan eslandi. Bu holatni kuzatib turgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Yana boshqa safar ham xuddi shunday bir guruh odamlar tobutda bir mayyitni ko‘tarib o‘tdilar. Faqat bu safar u mayitni yomon fe'l va xulqlari aytildi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yana: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Shunda: “nima vojib bo‘ldi ey Allohning rasuli”, deb so‘radilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Birinchi marta olib o‘tilgan mayitni yaxshiliklari haqida guvohlik berdilaringiz, u mayyitga jannat vojib bo‘ldi. Ikkinchi marta olib o‘tilgan mayyit haqida yomonliklarini zikr qildingiz, unga do‘zoh vojib bo‘ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisizlar”, dedilar. Shunday ekan, Yaratganimiz bizni suyib inson qilib yaratdi, iymonli bandalaridan qildi. Shunga munosib yashab, o‘zimiz va farzandlarimizga namuna bo‘laylik, yashab o‘tgan umrimizdan yaxshi iz qoldiraylik: Ahli insonga zarur dunyoda mehr-u oqibat, Rostlikni isbot etur ijroda mehr-u oqibat. Bu sifat insondagi oliy hamiyat ramzidir, Do’stligin mangu etur oshnoda mehr-u oqibat. Oqibat qilgan kishi izzatda bo’lur har qachon, Ketmasin rahna tushib asnoda mehr-u oqibat. Kim agar Hotam misol dong yoysa elga, soz erur, Deydilar oftobcha bor zukkoda mehr-u oqibat. O’z-o’zin maqtash bilan ovvora bo’lsa ba’zilar , Bormikan unday tili burroda mehr-u oqibat Yaxshi do’stlar mehriga mehringni payvand aylagin. Bo’lmagay, bilsang sira tilloda mehr-u oqibat. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 404 http://oac.dsmi-qf.uz/ Imtihon aylab, Mo’min, bergay senga zimdan baho, Odob-u andishasi a’loda mehr-u oqibat. Do‘stlik insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi o‘zaro bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir. Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kelib, o‘z-o‘zidan mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib mahoratli artist bo‘ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o‘qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar. Do‘stlik millat, diniy e’tiqod, mansab, boylik, chiroy, yosh tanlamaydi, chegara bilmaydi. Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Kishilarning o‘zaro do‘stlashishida ularning xarakteri, qiziqishlari, saviyasi va iqtidori ham muhim o‘rin tutadi. Do‘stni yanada qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir. Kaykovus do‘stlarni ikki toifaga ajratadi: non do‘stlar, or va nomus do‘stlar. Do‘stlik muqaddas tuyg‘udir. Do‘stlik tog‘lardan baland, zilol suvdek toza tuyg‘udir. Har bir inson tug‘ilib ulg‘ayibdiki, albatta yonida mehribon do‘sti bo‘lishi kerak. Shu do‘st umr bo‘yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo‘lib ketadi. Do‘stlikning qadriga do‘st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do‘stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko‘p inson do‘st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg‘uni, do‘stlik deya atalmish bir tog‘ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik. Do‘stlarga hamma vaqt sodiq bo‘lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko‘maklashish zarur. Chin do‘stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog‘inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki u kishini noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi. Shuning uchun ham: “Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush yaxshi o‘tadi va, aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi. Shuning uchun ko‘proq do‘st orttirishga da’vat etiladi. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X 405 http://oac.dsmi-qf.uz/ Yomon kunida yonida dalda bo‘ladigan, dardini tushunadigan do‘st bilan hamma ham faxrlansa kerak. Men ham o‘z do‘stim bilan faxrlanaman, chunki u har qanday vaziyatimda menga hamroh bo‘ladi va o‘z maslahatlarini mendan ayamaydi. Dardlarimni xuddi o‘zining dardidek tushunadi, menga yelkadosh u bilan faxrlanaman. U men uchun juda qadrli aziz insonim. “Do‘stsiz boshim - tuzsiz oshim”. Uzma do’stlik torini, bog’lash qiyin, Ranjisa, do’st ko’nglini chog’lash qiyin. So’zda do’stingman deya oqlash qiyin, Do’st bo’lish oson, uni saqlash qiyin, Uzma do’stlik torini, bog’lash qiyin. Chin qadrdonlar tug’ishganday zarur, Yaxshi oshno dilga sochgay shu’la, nur, Bir tilakdir, bir yurakdir, bir umr, Do’st bo’lish oson, uni saqlash qiyin, Uzma do’stlik torini, bog’lash qiyin. Bizga saboq bergan, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni har qancha e’zozlasak ham kam. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha talim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o'quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Farzandlar talimtarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida etibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug', degan purhikmat naqlida ham o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon. Bugungi kunda ustozlarga berilayotgan ulkan e’tibor, o'zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko'z nuri va qalb qo'ri, butun borlig'ini ayamasdan, ma’rifat yo'lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir: Mehr nuri yog’ar doim ko’zingizdan, ustozlar, Yursam deyman shu tabarruk izingizdan, ustozlar. Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz, Odob ila bilim oldim so’zingizdan, ustozlar. Qalbingizning yo’q g’ubori, mehribonsiz shunchalar, Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar. Fan bog’ining bog’bonisiz, charog’bonsiz ko’ngilga, Ming ehtirom o’g’lingizdan qizingizdan, ustozlar. Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to’ridan, Mo’min hayot darsin o’qir o’zingizdan, ustozlar.



Download 31.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling