- Benzol halqasini saqlagan aminospirtlarga aminofenolmisol bo’ladi.Aminofenol tarkibida amino va gidroksil guruhi saqlaydi.Aminofenol molekulasida gidroksil guruhiga nisbatan aminoguruhlarning joylashishiga ko’ra orto-,meta-va para-izomeriyalari mavjud.Bular ichida para-izomeriyalari katta ahamyatga ega,chunki ularning amino va gidroksil guruhlari bo’yicha hosilalari tibbiyotda dorivor modda sifatida qo’llaniladi.
P-aminofenol molekulasida gidroksil guruhining musbat mezomer (+M) ta’siri natijasida kuchsiz kislota xossasini namoyon qiladi.Aminoguruh esa asos xossasiga ega.Shuning uchun ham p-aminofenol amfoter xossaga ega.p-aminofenol toksil modda lekin uning hosilalari dorivor moddalar sifatida tibbiyotda keng qo’llaniladi.p-aminofenol molekulasida ikki xil funksional guruh saqlangani hosilalarialohida guruh hisobiga hosil bo’lishi mumkun. Gidroksikislotalar - Gidroksikislotalar deb molekulasi tarkibida gidroksil va karboksil guruhulari tutuvchi birikmalarga aytiladi.Gidrosikislotalarb aromatik va alifatik guruhlarga bo’linadi.
Alifatik gidroksi kislotalarining kimyoviy xossalari. - Alifatik gidrokislotalarning karboksil guruhiga nisbatan gidroksil guruhining joylashuviga kora bir nechta gidroksidlarga bo’linadi.Agar karboksil guruhidan keyingi birinchi uglerodda gidroksil guruhi joylashgan bo’lsa a-gidroksilkislotalar deyiladi, karboksil guruhidan keyin ikkinchi uglerodda joylashsa B-gidroksikislotalar deyiladi.Gidroksikislotalar tarkibida ham gidroksil,ham karboksil guruhlari saqlangani uchun spirtlar,hamda karbon kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi.
Aromatik gidrosikislotalarning kimyoviy xossalari - Oksibenzoy kislota(gidroksibenzoy kislota) benzol qator geterofunksional birikmalarga mansub bo’lib tarkibida gidroksil va karboksil guruhi saqlaydi.Oksibenzoy kislota molekulasidagi gidroksil va karboksil guruhlarining joylashishiga qarab orto-,meta-,pra-izomerlar hosil boladi.Orto-oksibenzoy kislota 1-karboksi,2-oksibenzoy salitsil kislota deb ataladi.Bu kislota asosida olingan moddalar asosan karboksil yoki gidroksil guruhlar hosil qilagan murrakab efirlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |