Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi


Polimerlarni mustahkamlashtirish uchun ishlatiladigan komponyentalar


Download 471.5 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi471.5 Kb.
#1625749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.

Polimerlarni mustahkamlashtirish uchun ishlatiladigan komponyentalar. Polimer stukturasini mustahkamlash maqsadida fizik va kimyoviy moddalar bilan modifikatsiyalanadi, ya’ni polimerga ligyerlovchi elyemyentlar, stabilizatorlar, plastifikarlar, bo’yovchi moddalar qo’shiladi. Polimerlarni qayta ishlash yoki ularning ishlatilishida elastikligini oshirish maqsadida ularga plastifikatorlar qo’shiladi. Plastifikatorlarning uchish xususiyati kam bo’lishi, kimyoviy barqarorligi yuqori bo’lishi kyerak. Plastifikatorlarga poliefirlar, efirlar, xlor birikmalari misol bo’ladi. Plastifikatorlar polimer tarkibiga eritma tariqasida kiritiladi.
Tashqi ta’sir (yorug’lik nuri, harorat, bosim va hokazo) natijasida polimer molekulalarining parchalanishi (dyestruktsiyasi) ro’y beradi. Bu jarayon zanjir ryeaktsiyasidir. Stablizatorlar parchalanishidagi zanjir ryeaktsiyasining borishiga to’sqinlik qiladi. Stabilizatorlar oksidlanishining oldini oladigan (antioksidantlar); harorat ta’sirida parchalanishni to’xtatadigan birikmalar (ingibitorlar); yorug’lik nuri ta’sirida parchalanishning oldini oladigan birikmalar (svyetostablizatorlar); radiatsion nur ta’sirida parchalanishni to’xtatadigan birikmalar (antiradilar) va hokazo guruhlarga bo’linadi. Stablizatorlar polimerlarni olish (sintyez) jarayonida yoki qayta ishlashda, odatda. juda kam mikdorda (O,O1...2%) qo’shiladi. Stabilizatorlar sifatida aminlar, fyenol hosilalari, juda maydalangan metallar qo’lanilishi mumkin.
Polimer materiallarning rangini o’zgartirish uchun har xil bo’yoqlar (pigmyentlar) qo’llaniladi. Lyekin bunday bo’yoqlar polimer bilan yaxshi aralashishi va harorat, nur, havo va boshqa tashqi ta’sirlarga chidab, o’z ta’sirini uzoq vaqt saqlay olishi kyerak. Bo’yoqlar organik va noorganik birikmalar bo’lishi mumkin. Masalan, shu maqsadlarda metall oksidlari (Ti O2, Fe2O3), metall tuzlari hamda qurumidan (sajadan) foydalaniladi.
Polimer materiallarida to’rsimon strukturani hosil qilish uchun ham qo’shimchalar kiritiladi. Masalan, kauchukka shunday struktura hosil qilish uchun oltingugurt, syelyen, fyenol qo’shiladi. Epoksid, poliefir, fyenol smolalarini qattiq holatga kyeltirish uchun murakkab birikmalar qo’shiladi.
Makromolekulalarning tartibli joylashuvidan hosil bo’ladigan kristall strukturalarni hosil qilish uchun ham qo’shimchalar (0,1...2% ligyerlovchi elyemyentlar) qo’shiladi.

Download 471.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling