Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi


Download 471.5 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi471.5 Kb.
#1625749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.

Elyemyent–organik polimerlarga kryemniy-organik smolalar asosidagi polimerlar kiradi. Bunday polimerlar yuqori haroratda barqaror, oksidlovchi, agryessiv muhitga chidamli hamda yuqori dielyektrik xususiyatlarga ega. Bu smolalar asosida yelim, lok, emal, moylovchi va konstruktsion materiallar ishlab chiqariladi. Kryemniy–organik polimerlar elyektrotexnika sanoatida, mashinasozlik va ishlab chiqarishda kyeng qo’llaniladi. Kryemniy-organik kauchuklar sovuq va issiqqa chidamli bo’lgan rezinalar olish uchun ishlatiladi.
Epoksid, fyenol–formaldyegid kabi smolalar termoryeaktiv polimerlar namoyandasi bo’lib, muhim tyexnologik va ishlay olish xususiyatlariga ega. Epoksid smolalari sun’iy oligomyer va polimerlar bo’lib, metall, shisha, sopolga va boshqa materiallarga yaxshi adgyeziyasi bilan ajralib turadi. Qattiq holatdagi epoksid smolalari-ning ishqoriy muhit, oksidlovchi va organik bo’lmagan kislotalarga barqarorligi yaxshi. Epoksid smolalari kompozitsion mashinalarini olishda bog’lovchi elyemyent sifatida, yelim, lak, kuyma kompaundlar ishlatiladi. Ta’mirlash ishlarida u darzlarni yamashda ham qo’llaniladi.
Fyenol va formaldyegidning o’zaro ta’siri natijasida fyenol–formaldyegid smolalari olinadi. Bunday smolalar elyektr tokini o’tkazmaydigan materiallar (elyektroizolyatorlar) ni ishlab chiqarishda ko’p qo’llaniladi, ular ob-havo va harorat ta’siriga barqaror bo’ladi. Ular kompozitsion materiallarning bog’lovchi materiali sifatida hamda yelim va lak ishlab chiqarishda ham ishlatilishi mumkin.
Plastmassalar. Tabiiy va sintyetik polimerlar asosida olingan materiallarga plastmassalar deyiladi. Plastmassalar yaxshi friktsion, antifriktsion xossalar, kimyoviy inyertligi va korroziyaga turg’unligi, past issiqlik o’tkazuvchanlikka, yaxshi elyektr izolyatsiya va eng muhimi kichik zichlikka (0,015-2g/sm3) egadir. Shuning uchun plastmassalardan issiqlik va bosim ostida ishlash asosida murakkab konfiguratsiyali buyumlar olinadi, ular muhim konstruktsion material sifatida mashinasozlikda kyeng qo’llaniladi. Plastmassalar tarkibiga ko’ra oddiy va murrakab plastmassalarga bo’linadi. Oddiy plastmassalar bitta polimerdan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, polietilyen, organik shisha.
Murakkab plastmassalarda polimerdan tashqari har xil qo’shimchalar bo’ladi (tyekstolit, gyetinaks) qo’shimchalar plastmassalarga maxsus xossalar beradi.

Download 471.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling