"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atsetilsellyuolozaning xossalari Triatsetilsellyuloza Ikkilamchi atsetilsellyuloza
- Atsetobutiratsellyuloza
Jadval.
Izotrop atsetilsellyulozaning fizik-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalari
149
Triatsetilsellyuloza fizik-mexanik xossalari jihatidan ikkilamchi atsetilsellyulozadan ancha yuqori turadi. Triatsetilsellyuloza suvga chidamli hamda yaxshi dielektrik xossalarga ega. Shuning uchun ham u elektrotexnika sanoatida keng ishlatiladi. Odatda, tola olishda =240-260, plastmassalar olishda =220-250 va kinoplyonkalar olishda =250-270 bo'lgan atsetilsellyuloza efirlari ishlatiladi. Shuni ham aytish kerakki, atsetilsellyulozaning ko'p xossalari uning olinish usuliga ham bog'liq. Triatsetilsellyulozani gidrolizlab olingan ikkilamchi atsetilsellyuloza ( =220-250) asetonda yaxshi eriydi. Lekin sellyulozani geterogen usulda asetillab olingan atsetilsellyuloza ( =220-250), asetonda aslo erimaydi. Gomogen usulda olingan ikkilamchi atsetilsellyulozaning makromolekulasi tarkibida asetil guruhlarning taqsimlanishi va joylashishi bir tekisda bo'lsa, geterogen usulda olingan efirda asetil guruhlarning polimer zanjiri bo'ylab taqsimlanishi butunlay boshqacha bo'ladi, ya'ni makromolekulaning ba'zi qismlaridagi gidroksil guruhlarning hammasi asetil guruhlarga o'rin almashgan, ba'zi qismlaridagi gidroksil guruhlar esa deyarli almashmay qolgan bo'ladi. Shu sababli bunday efirlar asetonda erimaydi. Atsetobutiratsellyuloza [С6H7O2(OH)x(OCOCH3)y(OCOC3H7)z]n; bu yerda z+x+y=3. Atsetobutiratsellyuloza sellyulozaning sirka va yog' (butil) kislotalar bilan hosil qilgan aralash efiridir. Butil kislota kraxmal, qand, gliserinlarning turli bakteriyalar ta'sirida achishidan hosil bo'ladi. Butil kislota angidridi ham sirka kislota angidridi kabi kislotaga turli suv yutuvchi birikmalar ta'sir ettirib olinadi. 150 Atsetobutiratsellyuloza olishda ham metilenxlorid erituvchi sifatida ishlatiladi, lekin bu reaksion muhitda ikki organik kislota ishtirok qilgani uchun reaksiya sharoiti asetillash sharoitidan farq qiladi. Sellyuloza efirlash oldidan sirka kislota bilan faollanadi. Buning uchun 1 g sellyulozaga 0,5 g sirka kislota qo'shib, 40-500C da 2 soat aralashtiriladi. Atsetobutiratsellyuloza uch bosqichda olinadi. Oldin reaktorga faollangan sellyuloza solinadi va uning ustiga metilen xlorid, butil angidrid va perxlorat kislotadan iborat 150С haroratdagi aralashma qo'shiladi. Aralashmaning tarkibida 275 qism metilen xlorid, 145 qism butilangidrid va 0,15 qism perxlorat kislota (katalizator) bo'ladi. 100 qism sellyulozaga bu aralashmadan 167 qism qo'shiladi. Aralashma 15-170С da 2 soat qorishtiriladi. So'ngra unga tarkibida 100 qism metilenxlorid, 175 qism butil angidrid va 0,15 qism perxlorat kislota bo'lgan aralashmadan yana 183 qism qo'shiladi va qorish davom ettiriladi, 3 soat o'tgach, reaksion aralashma 5-80С gacha sovitiladi va 105 qism yangi aralashma (aralashmaning tarkibi: 100 qism metilenxlorid, 50 qism butil angidrid, 0,23 qism perxlorat kislota va 75 qism sirka angidrid) qo'shiladi, so'ngra reaksion aralashma 35-400C gacha qizdiriladi va sellyuloza tolalari erib, qiyomsimon aralashma hosil bo'lguncha qorishtirish davom ettiriladi. Odatda, reaksiyaning uchala bosqichi 10- 11 soat davom etadi. Bu xil atsetillashning reaksiya tanglamasi quyidagicha ifodalanadi: [C6H7O2(OH)3]n + (СН3СО)2O + (C3H7CO)2O [С6Н7O2(ОСОСН3)x(OCOC3H7)y]n 35-400C HClO4 Hosil bo'lgan triefirning xossalarini yaxshilash maqsadida qisman gidrolizlanadi. Bu jarayon 60 foizli sirka kislota ishtirokida 20-250С da olib boriladi. Gidroliz tamomlangandan keyin eritmadagi metilenxlorid bug'latiladi va sovuq suv qo'shish bilan atsetobutiratsellyuloza cho'ktiriladi. Hosil bo'lgan tola 151
holdagi efir suv bilan yaxshilab yuviladi quritiladi. Qisman gidrolizlangan atsetobutiratsellyulozaning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: [С6H7O2(OH)x(OCOCH3)y(OCOC3H7)z]n Pardalar tayyorlash uchun ishlatiladigan atsetobutiratsellyulozada у=1,64; х=0,53; z=0,83 bo'lsa plastmassalarga ishlatiladigan efirda у=0,81; z=0,55; х=0,64 bo'ladi. Atsetobutiratsellyulozaning muhim xossalari 29-jadvalda keltirilgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling