"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etilsellyuloza
Jadval.
Izotrop Atsetobutiratsellyulozaning fizik-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalari
152
Atsetobutiratsellyuloza o'zining qator xossalari jihatidan asetatsellyulozadan ancha farq qiladi. U suvni kam shimadi, plastik, turli materiallar sirtiga yaxshi yopishadi va plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Shuning uchun undan tayyorlangan pardalar elektroizolyator sifatida ishlatiladi. Undan olingan plastmassalardan ham turli elektroizolyatorlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, atsetobutiratsellyulozadan turli laklar ham tayyorlanadi. Bu laklar suv ta'siriga yaxshi bardosh berishi, metall sirtlariga yaxshi yopishishi tufayli sanoatning turli tarmoqlarida ishlatilmoqda. Etilsellyuloza [С6H7O2(OH)x(OC2H5)y]n; bu yerda y+x=3. Etilsellyuloza sellyulozaning oddiy efirlaridan bo'lib, ishqoriy sellyuloza bilan etilxloridning o'zaro ta'sirlanishi natijasida hosil bo'ladi. Etilxlorid quyidagi usullar bilan olinadi: etil spirtdan olish. Bu usulga muvofiq etil spirt oldin gaz holdagi vodorod xlorid bilan to'yintiriladi va avtoklavga solib, rux xlorid ishtirokida qizdiriladi. Natijada etilxlorid hosil bo'ladi. Uning hosil hosil bo'lish reaksiyasi quyidagicha ifodalanadi: CH3CH2OH + НCl CH3CH2Cl + H2O ZnCl2 etilendan olish. Sanoatda etilxlorid etilenga vodorod xlorid biriktirish bilan olinadi. Reaksiya 150-2000C da temir xlorid ishtirokida sodir bo'ladi: CH2=CH2 + HCl CH3CH2Cl FeCl3 Etilsellyuloza odatda yog'och sellyulozasidan olinadi. U paxta sellyulozasiga 153
[C6H7O2(OH)3]n + СН3СH2Cl [С6Н7O2(ОН)x(C2H5)y]n NaOH Hosil bo'lgan etilsellyulozaning efirlanish darajasi =270-260. By reaksiyada sellyulozaning bir elementar zvenosiga 11-15 mol etilxlorid olish kerak, chunki sellyuloza efirining hosil bo'lish reaksiyasi bilan bir qatorda qo'shimcha reaksiyalar ham sodir bo'ladi. Etilxloridning ishqor bilan gidrolizlanib, etil spirt hosil qilishi va etil spirtning etil efirga aylanyshi shunday reaksiyalar jumlasidandir. Hosil bo'lgan laksimon eritma (etilsellyulozaning organik suyuqlikdagi eritmasi) 80-1000С haroratli suvga ohista quyiladi. 1 l etilsellyuloza eritmasiga 20 l Issiq suv to'g'ri kelishi zarur. Cho'kmaga tushgan etilsellyuloza ishqor va natriy xloriddan tozalab yuviladi va vakuum ostida 1050С da quritiladi. Etilsellyuloza oq yoki sarg'ish rangli qattiq polimer bo'lib, ko'p xossalari efirlanish darajasi va molekulyar og'irligiga bog'liq. Uning efirlanish darajasi ortgan sari erish qobiliyati ortadi, yumshash harorati esa kamayadi. U sellyulozaning boshqa efirlariga nisbatan elektr tokini kam o'tkazadi, sovuq?a va Issiqqa yaxshi bardosh beradi, ishqor va kislotalar ta'siriga bar?aror va metall, yog'och hamda gazlamalarga yaxshi yopishadi. Bundan tashqari, etilsellyuloza ko'p plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Etilsellyulozaning xossalari 30-jadvalda keltirilgan. 154
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling