"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet61/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Ishning bajarilishi: Kolbaga 20 ml distillangan suv, 0,15 g ammoniy persulfat va 0,1 g natriy tiosulfatdan tayyorlangan eritma quyiladi. Eritmaga 5 g akrilonitril qo'shiladi va mexanik aralashtirgich bilan eritmani aralashtirib turilgani

170
holda 60оС li suv hammomida 2 soat qizdiriladi. Hosil bo'lgan polimer cho'kmasi Byuxner voronkasida filtrlanib, sulfid ioniga nisbatan salbiy reaksiya berguncha iliq suv bilan yuviladi. Hosil bo'lgan polimerni 60оС li quritish shkafida og'irligi o'zgarmay qolguncha quritiladi va tortiladi. Polimer miqdori va uning eruvchanligi aniqlanadi. Polimerlanish reaksiyasining mexanizmi yoziladi.




5- Laboratoriya ishi
Akrilonitrilning munchoqsimon (suspenzion) polimerlanishi Ishning maqsadi: Munchoqsimon polimerlanish reaksiyasini olib borishni
o'rganish.
Reaktivlar: Haydalgan akrilonitril (5 g), benzoil peroksid (0,1g), polivinil spirti (0,1 g), distillangan suv (30 ml).
Jihozlar: ikki og'izli, uzunligi 150 mm, diametri 40 mm bo'lgan aralashtirgich va qaytarma sovutgich bilan jihozlangan shisha reaktor, suv hammomi. Zarrachalarni fraksiyaga ajratadigan maxsus elakchalar.
Ishning bajarilishi: Reaksion probirkaga 30 ml distillangan suv solib, unda
0.1 g polivinil spirti eritiladi. Eritmaning ustiga 5 g stirol va 0.1 g benzoil peroksid qo'shilgach, aralashtirgich ishga solinadi, so'ngra reaksion idish qaynash darajasigacha isitilgan suv hammomiga joylashtiriladi. Monomer tomchilari suyuqlik hajmiga baravar taqsimlanadigan tezlik bilan reaksion muhit aralashtiriladi. Suv hammomidagi harorat 80°C ga tushganda, qizdirish yana 2 soat davom ettiriladi. Olingan munchoqsimon polimer bo'laklari distillangan suv bilan bir necha marta yuviladi va 30-40°C li quritgich shkafda quritiladi. Chiqqan polimerning miqdori aniqlanadi va polistirol munchoqlarini fraksiyalarga ajratilib, ularning miqdori topilib, o'lchamlari bo'yicha taqsimlanish egri chizig'i chiziladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling