"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet57/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

19-Jadval.
Izotrop holdagi polivinilxloridning fizik-kimyoviy, mexanik va elektrik
xossalari



O'rtacha molekulyar og'irligi

200000 gacha

Solishtirma og'irligi, kg/sm3

1,35-1,45

Shishalanish harorati, 0C

85

Parchalanish harorati, 0C

140-160

Mo'rtlanish harorati, 0C

20

Issiqqa chidamliligi, Martens bo'yicha, 0C

70-80

Cho'zilishga mustahkamligi, kg/sm 2

450-500

Nisbiy cho'ziluvchanligi, %

20

166

Qoldiq cho'ziluvchanligi, %

10

Elastiklik moduli, kg/sm2

50000-70000

Qattiqligi, Brinel bo'yicha, kg/sm 2

15-16

Dielektrik doimiysi

3-4,5

Dielektrik isroflar burchak tangensi

0,04-0,08

Polivinilxlorid yaxshi dielektrik xossalarga ega. Shuning uchun u turli elektr asboblari yasashda, elektr simlari va kabellarning ustini qoplashda ishlatiladi.


Polivinilxlorid turli agressiv moddalarta'siriga chidamli bo'lgani uchun texnikada, asosan, har xil trubalar yasash, reaktorlarning ichki tomonini qoplashda ishlatiladi. Polivinilxloriddan turli laklar va kimyoviy tolalar ham olinadi. Qurilishda ishlatiladigan linoleum ham polivinilxlorid asosida olinadi. Bulardan tashqari, vinilxloridning ko'p soplimerlari ham sanoat ahamiyatiga ega.

  1. Laboratoriya ishi

Monomer konsentrasiyasining polimerlanish tezligiga ta'siri Ishning maqsadi: Vinil monomerini (masalan, akrilonitril) eritmada
polimerlanishini o'rganish va polimerlanish reaksiyasini monomer bo'yicha tartibini aniqlash.
Reaktivlar: Akrilonitril (yoki boshqa monomer), inisiator (azoizobisizobutironitril), erituvchi (CCl4 yoki boshqa erituvchi).
Jihozlar: Dilatometr 1-2 ml hajmli 3 dona, Dyuar kolbasi yoki uzun kapillyarli voronka, katetometr, sekundomer, probirkalar.
Ishning bajarilishi: Uchta probirkada 0,0075 grammdan inisiator solinadi va ustiga 1 mldan stirol (yoki boshqa monomer) quyiladi. Monomer miqdori ko'proq olinadigan bo'lsa, inisiatorning og'irligi monomerga nisbatan 0,5 % ni tashkil etishi kerak. Keyin probirkalar nomerlanib, ularga har xil miqdorda erituvchi (masalan, СС14) quyiladi. Monomer 1 mldan olingan bo'lsa, erituvchi 0,5; 1,0 va 2,0 mldan qo'shiladi. Quruq dilatometrlarni tortib olib, unga eritmalarni quyiladi. So'ngra berilgan haroratda termostatda yuqorida bayon etilgan usulda

167
polimerlanishni kinetikasi har bir eritma uchun o'rganiladi. Monomerning konsentrasiyasi quyidagicha topiladi:




V

1
M g 00 ;

M
mol/l



Bu yerda g- monomer og'irligi, grammda; M- monomerning molekulyar massasi; V- eritmaning hajmi, ml.

Kuzatilgan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:





Eritmaning
konsentrasiyasi mol/l

Vaqt t,
min

h

∆h

ΔV, см3

X, %



















Jadvaldagi natijalar asosida polimerlanish tezlig hisoblanadi va lg V ning lg[M] ga bog'liqlik grafigi chiziladi, lgV=lgK+mlg[M] tenglamasidan m ning qiymati topiladi. Bu reaksiyaning monomer bo'yicha tartibidir.






Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling