"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet38/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

EPOKSID SMOLALAR MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH
Epoksid smolalar makromolekulalari uchlarida epoksid guruhlar bo'ladi. Chiziqsimon epoksid smolaning molekulyar massasini epoksid guruhlar tarkibiga

1

4
(E) ko'ra hisoblanadi:


M n E. (5.35)
Gel- filtrasiya yoki gel- xromatografiya usuli. Gel-xromatografiya usulida maxsus kolonkalar (odatda ular zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan bo'ladi) har xil suyuqliklarda yaxshi bo'kadigan tikilgan polimer iviqlar bilan to'ldirilgan bo'ladi. Suvli eritmalarda ishlash uchun sefadeks-S (epixlorgidrin bilan tikilgan dekstran), biogel-R (bis-metilen-dimetakrilamid bilan tikilgan poliakrilamid), sferon-R dimetakrilat-etilenglikol bilan tikilgan polioksietilmetakrilat), organik eritmalar uchun sefadeks-LH, stiragel (divinilbenzol bilan tikilgan polistirol) va maxsus tayyorlangan g'ovak shishalar qo'llaniladi).
Yuqorimolekulyar birikmaning molekulyar massasini aniqlash uchun, u eritiladi va eritmasi iviq to'ldirilgan kolonkaga yuboriladi. So'ng bu kolonka erituvchi bilan yuviladi. Polimer molekulyar massasining kattaligiga qarab iviqning g'ovaklarida taqsimlanadi. Molekulyar massasi katta bo'lgan polimer kolonkadan oldinroq yuvilib chiqadi. Molekulyar massasini hisoblash uchun Mur tenglamasidan foydalaniladi:

V C1
C2 lg M
(5.36)

bu yerda V- makromolekulaning kolonkadan yuvilib chiqqan hajmi, С1 va С2 lar makromolekula va erituvchi tabiatiga bog'liq bo'lgan katgaliklar. C1 va С2 larni

110


aniqlash uchun qo'llanayogan kolonka darajalanadi, ya'ni qo'llanayotgan polimerning molekulyar massasi aniq bo'lgan 7-8 ta fraksiyasi kolonkadan yuvib chiqariladi va ularning chiqish hajmi aniqlanadi. So'ngra V-IgM koordinatlarda grafik chizilib С1 va С2 larning qiymati aniqlanadi (C1- egri chiziq bilan ordinata o'qining kesishgan qismi, С2- esa egri chiziq hosil qilgan burchak tangensiga teng bo'ladi).
Yuqorimolekulyar massani aniqlash uchun berilgan usullar asosan polimer eritmasining u yoki bu xususiyatini tekshirishga asoslangan. Lekin har doim ham polimerni eritish uchun qulay erituvchi tanlash imkoniyati bo`lavermaydi yoki polimer umuman erimasligi mumkin. Bunday hollarda makromolekula uzunligiga bog'liq bo'lgan har qanday fizikaviy xossalardan foydalanish mumkin.
а) Chiziqsimon amorf polimerlarning molekulyar massasini ularning oquvchanlik harorati orqali aniqlash. Poliizobutilen asosida olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, polimerlarning oquvchanlik harorati Tf molekulyar massa ortishi bilan tez ortadi, shishalanish harorati Tg esa o'zgarmaydi. Polimerlanish darajasi va haroratlar farqi Tf - Tg orasida juda oddiy munosabat bor:



lg P A B C
(5.37)

g

f

(

g

f

)


bu yerda P - polimerlanish darajasi; А, В, С lar beri polimergomologik qator uchun mos keladigan o'zgarmas kattliklardir.


б) Polimerlar molekulyar massasini ularning suyuqlanmalarining qovushqoqligi yordamida aniqlash. By usul polimer suyuqlanmalarining qovushqoqligi va polimerlanish darajasi orasidagi bog'lanishga asoslangan:


1
lg 6.40
T
.1764
(5.38)






0
bu yerda - suyuqlanma qovushqoqligi; Т- mutloq harorat; darajasi.
PW - polimerlanish

111

Bu tenglama poliefirlar uchun topilgan. Boshqa polimerlar uchun ham shunday bog'lanishlarni aniqlash mumkin.
Polimerlanish mexanik va termodinamik xossalari belgilab beruvchi asosiy omillardan biri makromolekulalarning bukiluvchanligidir. Shuning uchun makromolekulalarning bukiluvchanligini aniqlash polimer moddalar xossalarini oldindan boshqarish imkoniyatini yaratib beradi.
Polimer zanjirining termodinamik bukiluvchanligini ikki xil yo'l bilan baholash mumkin:

  1. Aralashish entropiyasini hisoblash orqali. Uning qiymati eriyotgan polimer bukiluvchanligining katta-kichikligiga uzviy bog'liq bo'ladi.

  2. Polimer zritmalari bug' bosimining kamayishi hisobiga (Raul qonuni asosida). Bug' bosimining nisbiy pasayishini aniqlab, eritmani ideal eritma deb hisoblab turib, polimer segmentining molekulyar massasini aniqlash mumkin.




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling