"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet67/106
Sana15.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1481042
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Bog'liq
ïîëèìåðëàð êèì¸ñèãà êèðèø

Ishning bajarilishi: 1) polimetakril kislotasi bilan ε- kaprolaktam eritmasida aminlashni o'tkazish; 2) reaksiya jarayonida aralashmadagi karboksil guruhlar miqdorini aniqlash; 3) olingan sopolimer va polimetakril kislotasining eruvchanligini aniqlash.
250 mlli uch og'izli kolba, teskari sovutgich, termometr va aralashtirgich bilan birga yig'ib, unga 25,8 g polimetakril kislotasi va 100 ml dimetilformamid quyib, polimer eriguncha aralashtiriladi va 70°C da qizdiriladi. Polimer to'liq erigandan so'ng, 34 g εkaprolaktam qo'shiladi, so'ng dimetilformamid (153°C) qaynaguncha qizdiriladi. Reaksiya shu haroratda 4-6
soat davomida olib boriladi. Reaksiya jarayonida reaksion aralashmadan 5 ml dan olinadi:

180
birinchisi- komponentlar erigandan so'ng, keyingisi- 30 minutdan keyin va har soatda dimetilformamid qaynayotganda olinadi. Polimerni ajratish uchun kolbadagi aralashmani 5-10% li xlorid kislotasi tutgan 200 mlli stakanga aralashtirib quyiladi, ajralgan polimeri distillangan suv bilan xlor ionlari (AgNO3) qolmaguncha yuviladi. Polimerni tozalash uchun qayta cho'ktiriladi. Olingan 2-, 3- namunalarni spirtda eritib, dietil efirida cho'ktiriladi, qolganlarini dimetilformamidli eritmadan suv bilan cho'ktiriladi. Polimer avval havoda, so'ngra 50-60°C da vakuumda quritgich shkafida quritiladi. Karboksil guruhlarning miqdori aniqlanib, sopolimerning tarkibi aniqlanadi. Natijalar jadvalga yoziladi.



Reaksiya vaqti, minut

Titrlash uchun olingan polimer og'irligi, g.

Titrlash uchun sarflangan ishqor eritmasining miqdori,
ml.

СООН- guruhlar miqdori, % (massa).













Olingan natijalar asosida karboksil guruhlar miqdori o'zgarishining kinetik bog'liqligi chiziladi. So'ngra polimetakril kislotasi va olingan sopolimerning suv, etil spirti, Atseton va dimetilformamidda eruvchanligi aniqlanadi. Natijalar jadvalga ko'chiriladi.


Вазифа: Polimetakril kislotasi bilan u ε– kaprolaktamni aminlash reaksiyasini yozing, polimetakril kislotasi va sopolimer eruvchanligini taqqoslang.




      1. Download 0.98 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling