Polimerlarni fraksiyalash usullari


Download 46.5 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1434510
  1   2
Bog'liq
Polimerlar


Polimerlarni fraksiyalash usullari
Polidesperslikni o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalari mexanizmiga, reaksiyalarning tugallanganligiga, polimerlarni qayta ishlash usuliga, destruksiya va eskirish jarayonlariga bog’liq. Polidesperslikni kelib chiqish sabablari ham mavjud; 1) laboratoriya sharoitida sintez kolbasida polimerlanish reaksiyasi olib borilayapti, reaksiya tezroq ketishi uchun kolba qizdiriladi. O’sayotgan makromolekula temperatura ta’sirida termik destruksiyaga uchraydi. 2) Reaksiya davomida eritma quyuqlashib, diffuziya hodisasi qiyin kechadi, natijada monomer o’sib borayotgan makromolekulaga etib borishi qiyinlashadi. 3) Monomer tugab qolishi mumkin. 4) Zanjirning rekombinasiya usuli bo’yicha uzilishi 5) Zanjirning disproporsiya usuli bo’yicha uzilishi kabi sabablarga ko’ra YuMB lar polidispers holatda bo’ladi. Polidesperslik tajribada polimerlarni fraksiyalarga ajratib aniqlanadi. Fraksiyalarga ajratish ikki xil bo’ladi: 1) preparativ fraksiyalash, bunda fraksiyalar alohida ajratib olinib, ularning xossalari maxsus usullar bilan o’rganiladi; 2) analitik fraksiyalash, bunda fraksiyalar alohida ajratib olinmay tajribalar orqali taqsimlanish egri chizig’i chiziladi.
Fraksiyalab cho’ktirish, fraksiyalab eritish, fraksiyalab taqsimlash va shu kabilar preparative fraksiyalash deyiladi. Turbidimetrik titrlash, ultrasentrafugada sedimentasion muvozanatni aniqlash, yorug’lik sochilishini o’rganish kabi usullar analitik fraksiyalashning eng muhim omillari hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan usullarning deyarli barchasi polimerlarning eruvchanligiga asoslangan. Ma’lumki, polimerga ma’lum miqdorda erituvchi quyilsa, birinchi navbatda molekulyar massasi kichik bo’lgan polimer gomologlari eriydi. Aksincha, polimer eritmasiga cho’ktiruvchi qo’shilsa, eng avval molekulyar massasi yuqori bo’lgan fraksiyalar cho’kmaga tushadi.
Polimerlarni molekulyar massasiga ko’ra ajratish aniqligi fraksiyalar sonining ko’payishi bilan ortadi. Odatda polimerlar 20-30 ta fraksiyalarga bo’linadi. Shuni esda tutish kerakki, eritish va cho’ktirish jarayonlari orqali tarkibida bir xil uzunlikga ega bo’lgan molekulalar fraksiyalarini ajratib olish mumkin emas, chunki zanjirlar uzunligi orasidagi farq kamayishi bilan eruvchanlikning bu farqga sezuvchanligi juda pasayib ketadi. Polimerlarning polidespersligi odatda grafikaviy ifodalanadi, bu usul fraksiyalash natijalarini yaxshi tasvirlaydi. Fraksiyalash tajribadan olingan ma’lumotlar asosida molekulyar massaviy taqsimlanish grafigi chiziladi.
Har bir ajratilgan fraksiya o’ziga xos xossalarga (temperaturaga, destruksiyaga, gidrolizga chidamliligi; eruvchanligi, bo’kishi, mexanik xossalari) ega bo’lganligi uchun, ma’lum bir talablarga javob beradigan joylarda ishlatish mumkin.
Yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) ningpolidispersligi polimerlarning bo’kish va erishiga, ular eritmalarining xossalariga, fizik-mexanik va boshqa xossalariga ta’sir etadi. Shuning uchun polidesperslikni aniqlash, har bir fraksiyani fizik-mexanik hamda kimyoviy xossalarini o’rganish katta ahamiyatga egadir. Fraksiyalash deb, polimerni tashkil etgan har xil uzunlikdagi polimergomologlarini bir-biridan ajratishga aytiladi. Fraksiyalash laboratoriya sharoitida har xil usullardan; masalan, cho’ktirib ajratish, ekstraksiyalash, erituvchini bug’latish, haroratni pasaytirish, ikkita aralashmaydigan suyuqlik orasida taqsimlanish, adsorbsion xromatografiya, ultrafil’trasiya, turbidimetrik titrlash hamda termodiffuziya foydalanish mumkin

Polimerlarni fraksiyalash usullarining umumiy asoslari





Usul

Fraksiyalarga ajratish sabablari

1

2

3

1


Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling