Polimerlarning bukiluvchаnligi reja
Kinetik vа termоdinаmik bukuluvchаnlik vа ulаrni аniqlаsh usullаri
Download 130.34 Kb.
|
6- Mavzu
Kinetik vа termоdinаmik bukuluvchаnlik vа ulаrni аniqlаsh usullаri
Makromolekula bukiluvchanligini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat: aylanishning potensial to‘sig‘i qiymati, polimerning molekulyar massasi, o‘rindoshlar o‘lchami, harorat va choklangan makromolekulalar orasidagi ko‘ndalang bog‘lar zichligi. Karbozanjirli polimerlardan eng kichik qutblanganlikka yuqorimolekulyar uglevodorodlar ega bo‘ladi. Ularda zanjirdagi ichkimolekulyar ta’sirlar katta emas va konformatsion o‘zgarishlar energiyasi birmuncha kichik. To‘yingan yuqorimolekulyar uglevodorodlarda ∆U va Uo ning qiymatlari katta emas, polimer molekulalari zanjiri yuqori bukiluvchanlikka ega. Bularga polietilen, polipropilen, poliizobutilen misol bo‘laoladi. Geterozanjirli polimerlarda aylanish C – O, C – N, Si – O, C – C va h.k. bog‘lar atrofida sodir bo‘ladi. Mazkur bog‘lar atrofida aylanish potensial to‘sig‘i katta bo‘lmaganligi sababli poliefirlar, poliamidlar, silikon kauchuklar, poliuretanlar, poliepoksidlar molekulalari zanjiri bukiluvchan bo‘lishi kerak, lekin ularning bukiluvchanligi kuchli molekulalararo ta’sir bilan chegaralanishi mumkin. Polimerning molekulyar massasi. Aylanish potensial to‘sig‘i bir-biriga bilan yaqin masofada joylashgan zvenolar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ayni zanjirning boshqa zvenolari ta’siri bir necha zvenolar orasida namoyon bo‘lmaydi. Bitta polimergomologik qatorda aylanish potensial to‘sig‘i qiymati polimer molekulyar massasi ortishi bilan o‘zgarmaydi, ammo bunda konformatsion o‘zgarishlar imkoniyatlari soni ortadi. Fazoviy to‘r zichligi. Kuchli molekulalararo ta’sir zvenolar harakatchanligini susaytiradi. Molekulalararo bog‘larga qaraganda ancha mustahkam kimyoviy bog‘larning (masalan, choklangan polimerdagi) mavjudligi zvenolar harakatchiligiga yanada kuchli ta’sir qiladi. O‘rindoshlar hajmi. O‘lchami va massasi katta o‘rindoshlar zvenolar aylanishini qiyinlashtiradi. Harorat. Molekulaning kinetik energiyasi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi. Aylanish potensial to‘sig‘ining qiymati harorat o‘zgarishi bilan kam o‘zgaradi, ammo harorat ko‘tarilishi zvenolar burilish tezligini oshiradi. SHuning uchun barcha polimerlarda zanjirning kinetik bukiluvchanligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi. Polimerlar bukiluvchanligiga ko‘ra ikki sinfga: kauchuksimon polimerlar va plastik massalarga bo‘linadi. Kauchuksimon polimerlarga yuqori bukiluvchanlikka ega bo‘lgan (xona haroratlarida) polimerlar kiritiladi. Xona haroratida zanjiri qattiq bo‘lgan polimerlar plastik massalar deyiladi. Download 130.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling