Полизчилик
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
polizchilik
ekologik-geografik guruhlarga bo’lingan:
1. Rus tarvuzi- Rossiyaning Ovrupo qismi va Ukraina tarvuz navlarini birlashtiradi, bular qurg’oqchilikka chidamliligi bilan farq kiladi, ularning orasida mevasi dumaloq shaklda, eti pushti rangda, sershira bo’ladigan navlar ustun turadi. 2. Kichik osiyo tarvuzi- rus tarvuziga yaqin bo’ladi-yu, lekin kamroq madaniylashtirilgani va kamroq tekislangani bilan farq qiladi. 3. Kavkaz orti tarvuzi- bu tarvuz navlari mezofil ko’rinishda, etining rangi och tusda, lekin dag’alroq va shirasi kamroq bo’ladi. 4. O’rta Osiyo tarvuzi- Markaziy Osiyo navlarini birlashtiradi, tupi dag’alroq tuzilgan, palagi uzun, bargi yirik, po’sti qalin, kechpishar bo’lishi bilan ajralib turadi. 5. Afg’on tarvuzi- o’rta osiyo tarvuziga yaqin turadi-yu lekin kamroq madaniylashtirilgani bilan farq qiladi. 6. Uzoq Sharq tarvuzi- nam iqlim sharoitida vujudga kelgan. Bu guruhga kiradigan navlar palagi kalta, mevasi mayda, tezpishar, eti limon rang va kamshira bo’ladi. 7. Sharqiy osiyo navi- Yaponiya, Xitoy va Koreya navlarini o’z ichiga oladi, yapaloq- ellips shaklda, eti juda shirali va nordonroq bo’ladi. 8. Hind tarvuzi- tupining tuzilishi mezofil tusda, mevalari yirik va qattiq po’stli, eti dag’al va shirasi kam. 10 9. Amerika tarvuzi- AQSh va Kanada navlarini birlashtiradi. Mevasi cho’zinchoq shaklda, eti ochiq rangli, mayda donador, juda sershira va lazzatli bo’lishi bilan ajralib turadi. 10.G’arbiy ovrupo tarvuzi- tupi mefozil qiyofada bo’lib, yetilish muddatlari va morfologik belgilari turlicha bo’ladi 4. Qovoq 4 ta kenja turkum va 25 turni o’z ichiga oladigan Cucurbita L. turkumiga kiradi. Mamlakatimizda ekiladigan qovoqlar har xil morfologik va xo’jalik-biologik belgilariga ega bo’lgan quyidagi uchta turga kiradi: Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling