Polsha va Buyuk Britaniya ta`lim tizimi
Davlat va xususiy maktablar
Download 118.5 Kb.
|
Polsha
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi
Davlat va xususiy maktablar
Xususiy maktablarda sinflarda o’quvchilar soni kam. Davlat maktablarida dars soatlari soni O’qituvchi Kartasida aks etadi (qonun bo’yicha haftasiga 18 soat). Xususiy maktablarda dars soatlari soni va sharoitlarni ish beruvchi belgilaydi. Xususiy maktablarda ta’lim jarayoniga ota-onalar ta’siri kuchli. Differensiyalashgan ta’lim bosqichi mavjud. Davlat OO’YUlarining obro’si balandroq. O’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi Polshada o’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi quyidagi bosqichlarga ega (ketma-ket polyakcha nomi bilan): YAngi ish boshlagan o’qituvchi “stajer o’qituvchi” maqomini oladi. 9 oy muddatda staj o’tagach, “shartnomali o’qituvchi” maqomiga ega bo’ladi. 1 yildan keyin esa “mianovan o’qituvchi” maqomini olish uchun staj o’tash xuquqini oladi. Staj 2 yilu, 9 oy davom etadi, so’ngra gmin komissiyasi oldida imtihon topshiradi. Mianovan o’qituvchi maqomini olgach, 3 yildan keyin “diplomli o’qituvchi” maqomi uchun staj qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Staj 2 yilu 9 oy davom etadi va ta’lim vazirligi vakillari suhbati bilan yakunlanadi. “Diplomli o’qituvchi” maqomini olgach, 9 yildan so’ng “professor o’qituvchi” maqomini olishga harakat qiladi (bu professorlik ilmiy darajasi emas). Xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishning barcha bosqichlarida berilgan muddatlarga amal qilinishi, bu muddatda kerakli hujjatlar tayyorlanishi va topshirilishi lozim. Staj paytida o’qituvchi maktab direktori tasdiqlagan shaxsiy reja asosida ishlaydi. Barcha ish natijalarini hisobotda yozib boradi, keyinchalik direktorga va imtihon komissiyasiga taqdim etadi. Xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi o’qituvchining tegishli maqomga ega bo’lishi va oylik maoshining oshishi bilan bog’liq. O’qituvchini ishga qabul qilish va kasb imtiyozlariga ega bo’lish ko’p jihatdan uning maqomiga bog’liq. Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling