Pomidor va bodiringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish


Download 55.32 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi55.32 Kb.
#1239183
1   2   3   4   5
Bog'liq
POMIDOR VA BODIRINGNI MEXANIZATSIYALASHGAN TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISH

Nav va duragaylar. Himoyalangan yerlarda yetishtirish uchun geterozisli duragaylar ya’ni ishlab chiqarish talablariga javob beradigan navlar ekiladi. Ulardan mahalliy Sersuv-14, Navbahor, ToshDAU-70, Sovg‘a, Chempion, Sardor kabi chet elning Alamir, Kuraj, Krispina, Multistar, Nail, Orzu, Passandra, Pikolino, Seray, Superdelta kabi nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi.
Kuzgi-qishki aylanish davrining farqli xususiyatlariga o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning sekin-asta yomonlashib borishi kiradi, bunda: yorug‘lanish va harorat sekin-asta pasayib, kunning uzunligi qisqara boradi. Bu zararkunanda va kasalliklarning tez rivojlanishiga sharoit yarata-di. Buning ustiga, bir tomondan quyosh radiatsiyasidan yaxshiroq foydalanish uchun yana ham ertaroq ekish zarurligi, ikkinchi tomondan, hosilning yetilishi kechroq boshlangaanligi, ochiq yerdan mahsulot boshqa chiqmayotgan vaqtga to‘g‘ri kelishi ham juda muhim.
Kuzgi-qishki aylanish davrida yangi meva hosilini oktabrning ikkinchi yarmida olish uchun, bodringni to‘g‘ridan to‘g‘ri urug‘ bilan issiqxona tuprog‘iga avgustda ekib yaxshiroq deb topilgan. Urug‘ni qishki issiqxonalarga ekishning eng maqbul muddati:
- Qoraqalpog‘istonda – avgust boshida;
-Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 10-15 avgustda;

  • Farg‘ona vodiysida – 15-20 avgustda;

  • Qashqadaryo viloyatida – avgust oxirida.

Bunda geterozis duragaydan bir davrda 10-12 kg/m2 hosil olinadi.
Yuqori hosilli nav va duragaylarning qimmatbaho tanqis urug‘ini iqtisod qilish uchun bodring ko‘chat qilib ekiladi. Bunda albatta 8×8×8 sm va 10×10×10 sm hajmli oziqali kubikdan foyda­ laniladi. Urug‘ni kubikka ekish muddati xuddi tuproqqa ekish bilan bir xil. Ko‘chat doimiy joyiga 20-25 kunligida, 2-3 barg chiqargan-da o‘tkaziladi. Ko‘chatlarni o‘tqazish muddati 10-20 sentabr.
Kuzgi-qishki aylanishda bodringni ekish sxemasi qo‘shqatorli lentasimon. Ari bilan changlanadigan kalta mevali navlar

Uzun mevali partenokarpik duragaylar katta oziqlanish may-donida yetishtiriladi. Angar issiqxonalarda ular keng qatorli usulda joylashtiriladi, bunda qator oralar eni 1-1,2 m, qatordagi o‘simliklar orasi 45-50 sm masofada, ya’ni 1 m2 ga 2 tadan o‘simlik joy-lashtiriladi. Guruhsi eni 6,4 m bo‘lgan blokli issiqxonalarga 6 ta qator joylashtiriladi.
Qo‘shqatorli lentasimon usulda joylashtirishda eni 160 sm va balandligi 30 sm bo‘lgan egatlar hosil qilinadi. Bu egatlarga urug‘ni ekish va ko‘chatlarni o‘tqazish ikki qatorda olib boriladi, ular­ ning orasi 60 sm. Lentalar orasidagi jo‘yaklardan sug‘orish­ uchun foydalaniladi. Urug‘ ekish yoki ko‘chatlarni o‘tqazishdan oldin namlash uchun tuproq sug‘oriladi. Sug‘orishdan oldin ko‘chatni o‘tqazish uchun chuqurlar (uyalar) ochib chiqiladi va ularga suv quyiladi. Sug‘orilgan jo‘yaklar selgigandan so‘ng urug‘ ekiladi yoki ko‘chatlar o‘tkaziladi. Urug‘lar 2-3 sm chuqurlikka ekiladi.
Ko‘chatlarni o‘tqazishda tuvakchalarining 3/4 qismi tuproqqa ko‘miladi. Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng egatlar orqali sug‘oriladi.
Kuzgi-qishki aylanishdagi bodring o‘simligi tik kanopga (shpalerga) bog‘lab o‘stiriladi. Ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng 3-4 kun o‘tgach yoki urug‘idan unib chiqqan o‘simlikda 3-4 ta chin bargi chiqqach, kanop bilan egatlar bo‘ylab gorizontal tortilgan simga 2,2-2,5 m balandlikda bog‘lab qo‘yiladi. Kanopning pastki qismi o‘simlikka, tuproq yuzasidan 10-12 sm balandlikda erkin halqa qilib bog‘lab qo‘yiladi. Keyinchalik haftasiga bir martadan o‘simlik kanopga chirmashtirib qo‘yiladi, bunda poya uchi bo‘sh qo‘yiladi.
Issiqxonalarda bodring yetishtirishda olib boriladigan muhim tadbirlardan biri – o‘simliklarga shakl berishdir. U yuqorida izoh-langan usulda o‘tkaziladi.
O‘simlikni parvarishlashda uni qari barglardan tozalab turish zarur tadbirlardan hisoblanadi. Qari barglar – kasallik manbayidir. Shuning uchun ularni o‘tkir pichoq yoki tok qaychi bilan bandi qoldirilmay kesib tashlanadi. Qurigan barg, bujmaygan tuguncha-lar va mo‘ylovlarni muntazam ravishda olib turish zarur.
Issiqxonada o‘sayotgan bodringni changlatish uchun asalaridan (500 m2 maydondagi issiqxonaga bir quti) foydalaniladi. Asala-ri qutisi tashqaridan arilarning uchib kelishi to‘xtaganda, noyabr oyida o‘rnatiladi.
Issiqxonada o‘sayotgan bodringni changlatish uchun asalaridan (500 m2 maydondagi issiqxonaga bir quti) foydalaniladi. Asalari qu-tisi tashqaridan arilarning uchib kelishi to‘xtaganda, noyabr oyida o‘rnatiladi. Asalari bo‘lmaganda sun’iy changlanadi, bunda chan-glatuvchi navlar bilan ari bilan changlanadigan navlarning ona gul-lari changlanadi. Biroq bu tadbir ko‘p mehnat talab qiladi. Parteno-karpik navlar uchun changlatgich nafaqat kerak emas, balki zararlidir.
Bodringdan kuzgi-qishki davrda yuqori hosil olish uchun haro-rat, namlik, mineral va havodan oziqlanish tartibotlarini o‘z vaqtida ta’minlash orqali erishish mumkin.
Noyabr-dekabrda havo va tuproq harorati birmuncha pasaya-di (+20-22°C gacha). Havoning nisbiy namligi hosilga kirguncha 70-75%, hosilga kirganda – 75-80% bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston issiqxonalarida nisbatan zich tuproqdan foyda-laniladi, shuning uchun sug‘orish, odatda, egatlar orqali amalga oshiriladi. Agar yomg‘irlatib sug‘orish qo‘llanilsa, nam tomchilari barglarda uzoq saqlanmasligi uchun u ertalab o‘tkaziladi.
Egatlar orqali sug‘orish avgust, sentabr va oktabr oyining bi­ rinchi yarmida har 3-4 kunda o‘tkaziladi, bunda sug‘orish me’yori 10-12 l/m2, so‘ng har 5-6 kunda 5-6 l/m2 ni tashkil etadi. Yomg‘ir-latib sug‘orish tez-tez, biroq kam me’yorda o‘tkaziladi. Ayrim hol-larda bir-ikki marta tuproq aralashmasi 1-2 sm qalinlikda sochiladi. O‘simlikni oziqlantirish ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Mavsum oxirida sug‘orish va oziqlantirish cheklanadi. Havo namligi 70-75 foizga pasaytiriladi.
Qish mavsumida +22-24°C isitilgan suv bilan sug‘oriladi. Oziqlantirish sug‘orish bilan bir vaqtda tuproq tahliliga asosan o‘tkaziladi. Agrokimyo xizmati bo‘lmasa, oziqlantirish har 1,5-2 haftada amalga oshiriladi. Ularni solish me’yori (10 l suvga) qu yidagicha: meva tuggunicha – 10 g ammiakli selitra, 15 g xlorli ka-liy va 40 g superfosfat, meva tugayotgan davrda – shunga muvofiq ravishda 30, 15, 60 g solinadi. Yorug‘likning ta’minlanishi yomon-lashishi bilan azotli o‘g‘itlar miqdori kamaytiriladi, kaliy miqdori ko‘paytiriladi. Tuproq doim yumshatilgan holda saqlanadi. Buning uchun tuproq vaqt-vaqti bilan yumshatib turiladi. Yumshatish bilan birga qatordagi begona o‘tlar yo‘qotiladi.
Urug‘ ekilganidan ikki va ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng bir oy o‘tgach, oktabr oxiri – noyabr boshlarida barralarni birinchi teri­ mi o‘tkaziladi. Yorug‘ kunlarni mavjudligiga ko‘ra gullashdan to terimgacha­ 12-15 kun, dekabrda esa 20-22 kun o‘taydi.
Kuzgi-qishki aylanishda mevalarning kattaligi qishki-bahorgi-ga qaraganda maydaroq bo‘ladi. Uzun mevali navlarning­ mevalari haftada ikki, kichik mevalilarni esa – uch marta teriladi.

Download 55.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling