Pomidor va bodiringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish


Download 55.32 Kb.
bet5/5
Sana01.03.2023
Hajmi55.32 Kb.
#1239183
1   2   3   4   5
Bog'liq
POMIDOR VA BODIRINGNI MEXANIZATSIYALASHGAN TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISH

O‘tuvchan aylanish davr. O‘simliklar o‘tuvchan aylanish davrda – kuz, qish va yozda o‘sadi. Bu davri uchun uzun mevali partenokarpik va nisbatan kichik mevali ari bilan changlanadigan nav va duragaylar mos keladi.
Bodringni bu davrida yetishtirish uchun urug‘ni ekish va ko‘chatlarni asosiy joyga o‘tqazish muddatlari juda muhim. Ilg‘or xo‘jaliklarning tajribalaridan ma’lum bo‘lishicha, oziq kubiklarga urug‘ni eng maqbul ekish muddati sentabr oxiri – oktabr boshi, ko‘chatlarni o‘tqazish esa oktabr oxiri - noyabr boshi hisoblanadi. O‘tqazish uchun 20-25 kunlik ko‘chatlardan foydalaniladi.
Hosilning yetilib chiqishi noyabr oxiri-dekabr boshiga to‘g‘ri keladi va iyun oyigacha davom etadi.
Ko‘chatlarni o‘tqazish qishki-bahorgi aylanishdagi kabi olib boriladi. O‘simliklarning boshqa aylanishlarga qaraganda uzoq davr o‘sishi hisobga olinib ular o‘tuvchan aylanishda katta oziqla­ nish maydoniga zichligini kamaytirib o‘tkaziladi.
Seksiyasining eni 6,4 metr blokli issiqxonalarga ari bilan chang­ lanadigan, nisbatan kichik mevali duragaylarni olti qator o‘tkazilib, egatlar orasi 106 sm masofada olinadi, uzun mevali partenokarpik duragaylar esa, 4 qator o‘tkazilib, qatorlar orasi 160 sm qilinadi. Qatordagi o‘simliklar orasi 50-60 sm qoldiriladi. Boshqa davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatayaptiki, o‘simliklarga 0,6-0,8 m2 oziqlanish maydoni (1 m2 1,2-1,5 o‘simlik) berilganda hosildorlik kamaymaganligi ma’lum bo‘lgan.
O‘tuvchan aylanishda o‘simliklarga shakl berish taxminan qish-ki-bahorgi aylanishga o‘xshash. Asosiy poyada mevalar yon poy-alar bilan navbatlab (har bir bo‘g‘indan keyin), 8-10 tagacha meva qoldiriladi. Yoritilganlik­ past davrda (dekabr-fev­ral yarmigacha) partenokarpik o‘simliklarda bir vaqtda shakllanayotgan mevalar soni 8-12 donadan oshib ketmasligi ke­rak. Yorug‘lik ortib borgan sari o‘simlikka beriladigan hosil miqdori oshirilib­ 17-18 ta mevaga yetkaziladi.
Hosilga kirgan davrda eng yuqori yorug‘likda harorat havo ochiq kunlari +22-26°C, bulutli kunda +20-22°C, kechasi havo ochiq kunlardan so‘ng +18-20°C, bulutli kunlardan so‘ng esa +16-18°C bo‘lishi kerak. Tuproqning harorati 20°C dan pastga tush-masligi kerak. Bahor va yozda issiqxonalarning isib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish choralarini ko‘rish lozim.
Havo va tuproq namligi yoritilganlik darajasiga qarab tegishli me’yorlarda ushlab turiladi. Bunda fevral o‘rtalarigacha tuproq namligi 75-80% NV darajada saqlanadi. Sug‘orish ertalab o‘tkazi-ladi. Havoning nisbiy namligi 75-80% atrofida saqlanadi.
O‘simliklarni oziqlantirish agrokimyo tahlillari natijalariga ko‘ra olib boriladi. Agar tahlil qilinmasa, unda qo‘shimcha oziqlan-tirish yorug‘lik yetishmaganda har 18-20 kunda, yuqori bo‘lganda har 10-12 kunda o‘tkaziladi. Oziqlantirish ekinning o‘suv davri tu-gashiga bir oy qolganda oziqlantirish to‘xtatiladi.
Download 55.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling