Pomidor va bodringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish reja: Ekish uchun urug' yoki ko'chat tanlash 2


Download 47.75 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi47.75 Kb.
#1644973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pomidor va bodringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish

Qishki-bahorgi aylanish davrining farqli xususiyatlari yorug‘lik va havo haroratining ko‘tarilishidir. Bunda kuzgi-qishki aylanishga qaraganda o‘simliklarning mahsuldorligi salkam ikki barobar oshadi. Ilg‘or xo‘jaliklarning tajribalaridan ma’lum bo‘lishicha 30 kunlik bodring ko‘chatlarini o‘tqazishning eng maqbul­ muddati yanvar­ ning birinchi yarmi hisoblanadi. Ekishni 5 kunga kechiktirish, erta va umumiy hosilni 1 m2 dan 0,2-0,4 kg ga kamaytiradi.
Yuqori sifatli ko‘chatlar bilan ekishni ta’minlash uchun urug‘ dekabr boshlarida ekiladi. Urug‘ 8×8×8 sm va 12×12×12 sm kat-talikdagi oziq kubiklarga yoki tuvakchalarga ekiladi. Ko‘chatlarni yetishtirishda katta oziq kubiklar (tuvakchalar)dan va katta yoshda-gi ko‘chatlardan foydalanish mevalarni pishib yetilishini sezilarli darajada tezlatadi va umumiy hosilning ko‘payishiga imkon bera-di. Ekish uchun faqat sog‘lom, bir tekis 4-5 ta chinbargi bo‘lgan o‘simliklar tanlab olinadi.
Ko‘chatlar jo‘yaklarga ikki qator qilib oldindan tayyorlangan chuqurchalarga (uyalarga) o‘tkaziladi. Uyalar dastlab iliq (+22-25°C) suv bilan sug‘oriladi. Ko‘chatlar tik holatda, kubik yoki tuvakchalarining 3/4 qismi uyalarga kiritilgan holda o‘tkazila-di. O‘sib ketgan ko‘chatlar qiyalatib o‘tkaziladi, ammo poyasi ko‘milmaydi. Ko‘chat o‘tkazilgandan so‘ng jo‘yaklar orqali suv beriladi.
Ari bilan changlanadigan kichik mevali nav va duragaylar 1 m2 ga 3 ta o‘simlik joylashtirib ekiladigan bo‘lsa, guruh eni 6,4 m bo‘lgan issiqxonalarga 8 qator qilib, qatorda o‘simliklar orasi 40 sm masofada joylashtiriladi. Ko‘chatlar egatlarga lenta qilib ikki qa-tor o‘tkaziladi, egat oralatib sug‘oriladi. O‘simliklarni joylashtirish shakli quyidagicha:

Uzun mevali partenokarpik duragaylar yana ham kattaroq oziqlanish maydoniga muhtoj. Ulardan 1 m2 ga 1,5-2 o‘simlik joylashtiriladi. Zvenolar (sektsiyalar)ning eni 6,4 m bo‘lgan blokli issiqxonalarga uzun mevali navlar 6 qator ekilib, qatordagi o‘sim-liklar orasi 50-60 sm masofada joylashtiriladi.
Qishki-bahorgi aylanish davrida ham bodring o‘simliklari tik kanop bag‘azda, bir poyali shakl berib o‘stiriladi.
O‘simliklar meva bergunicha (havo ochiq kunda +22-24°C, bulutli kunda +20-22°C va kechasi +16-18°C), meva berayotgan davridagiga (havo ochiq kunda +24-26°S, bulutli kunda +21-23°C va kechasi +18-20°C) qaraganda havo haroratini bir necha daraja past saqlash kerak.
Quyoshli kunlar boshlangauncha har 4-5 kunda 7-8 l/m2 me’yorda egatlar orqali sug‘oriladi. Serquyosh kunlarda esa tez-tez, ya’ni kun oralatib sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 10-12 l/m2 gacha oshiriladi­. Agar issiqxonada yomg‘irlatib sug‘orish moslamalari bo‘lsa, dastlab har 2-3 kunda bir marta, keyin har kuni yomg‘irlatib sug‘oriladi. Sug‘orish miqdori 3-5 l/m2.
Mineral o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish tuproq tahlili natijalariga ko‘ra sug‘orish bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Agrokimyo xizmati bo‘lmagan joylarda o‘simliklar har 10-12 kunda mineral va organik o‘g‘itlar bilan navbatlab qo‘shimcha oziqlantiriladi. Bunda 1 m2 maydonga tarkibida 10 g ammiakli selitra, 15 g kaliy xlorid, 40 g superfosfat bo‘lgan 10 litr eritma beriladi. Hosil shakllanayot-gan davrida mineral o‘g‘itlar me’yori 10 litr suvga: 30 g ammiakli selitra, 15 g kaliy xlorid va 60 g superfosfatgacha oshiriladi. Orga­ nik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish uchun 1:8 yoki 1:10 hisobida shar-bat tayyorlanadi.
Tuproq vaqt-vaqti bilan yumshatilib turilishi va begona o‘tlar-dan tozalanishi kerak. Ari bilan changlanadigan va duragaylarni yetishtirishda imkoni bo‘lsa, issiqxonalarga ari qutilarini (500 m2 issiqxonaga bitta oila) o‘rnatish lozim. Issiq kunlarda ularni issiq­ xonadan chiqib uchishiga imkon yaratish zarur.
Barralarni terish, ularni shakllanishini jadalligiga qarab: mart-aprelda – har 2-3 kunda, may-iyunda har 1-2 kunda teriladi. Hosilni o‘z vaqtida termaslik, barralarning tovarlik sifati yomon-lashishiga (ari bilan changlanadigan duragaylarning sarg‘ayishiga va mazasi yomonlashuviga) hamda hosilning bir qismi yo‘qolishi-ga olib keladi.

Download 47.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling