Pomidor va bodringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish reja: Ekish uchun urug' yoki ko'chat tanlash 2


Download 47.75 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi47.75 Kb.
#1644973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pomidor va bodringni mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida yetishtirish

Ko‘chat yetishtirish.
Bodring ko‘chati tonnelsimon usti vaqtincha plyonka bilan qoplangan yerlarga va ba’zi hollardagina ochiq yerga ekish uchun yetishtiriladi. Ko‘chat himoyalangan joyga mart boshida, ochiq yerga esa – ikki haftadan keyin ekiladi. Ko‘chat 20-30 kunda tayyor bo‘ladi. Qoplama tagiga urug‘lar fevral oxiri – mart boshida ekila-di. Ko‘chatlar karam ko‘chatidan bo‘shagan parniklarda, plyonkali yoki oynavand issiqxonalarda yetishtiriladi.
Bodring ko‘chati ildiz tizimining zararlanishiga bardoshsizdir. Shuning uchun uning urug‘i bevosita oziq kubiklariga yoki tuvak-chalarga ekib o‘stiriladi.

Kubiklarni tayyorlashda oziq aralashmasi organik qismi­ ning tarkibi boshqa sabzavot ekinlari ko‘chatlarini yetishtirish-ga o‘xshaydi. Mineral o‘g‘itlar aralashmaga quyidagi miqdorda qo‘shiladi (1 m3 aralashmaga, kg): ammiakli selitra – 0,5-1,3, su-perfosfat – 1-6 va kaliy sulfat – 0,5-1,5. Oziq kubiklarining kattal-igi 6×6×6 yoki 8×8×8 sm. Undirilgan urug‘lar tegishli tayyorgar-likdan so‘ng 1-2 tadan kubiklarga ekiladi.
Zaif rivojlangan ko‘chat to‘liq mineral o‘g‘itlar bilan 2-3 marta oziqlantiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirishda foydalaniladigan oziq eritmasining aralashmasi 0,5% dan oshmasligi kerak. 1 m2 joyga mineral o‘g‘itlar quyidagi hisobda: 10 g ammiakli selitra, 30 g su-perfosfat va 10-15 g kaliy xlorid 10 l suvda eritib beriladi. So‘nggi marta oziqlantirish ekishga 5-6 kun qolganda o‘tkaziladi. Har bir oziqlantirishdan so‘ng o‘simlik toza suv bilan sug‘oriladi.
Agarda bodring ko‘chati ochiq yerga ekishga tayyorlansa, uni ekishdan 5-7 kun oldin chiniqtirish boshlanadi. Plyonka ostiga ko‘chat 3-4 barg chiqargan bosqichda, ochiq yerga esa 2-3 barg chiqarganda ekiladi.
Himoyalangan yerlarda bodring yetishtirish texnologiyasi. Bodring – himoyalangan yerlarda yetakchi (asosiy) ekin bo‘lib, u eng hosildor, ertapishar, samarali ekindir. O‘zbekistonda qishki is-siqxonalarda bodring kuz-qishda, qish-bahorda va o‘tuvchan ayla-nish mavsumlarida yetishtiriladi. U issiqsevar o‘simlik, sovuqni ko‘tara olmaydi. Urug‘ning unib chiqishi uchun eng pastki harorat chegarasi +12-13°S. Harorat +25-30°S da urug‘ eng tez (4-6 kun-dan keyin) unib chiqadi.

Download 47.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling