Pomir tojiklarining musiqa merosi. Musiqiy sozlari


Download 14.73 Kb.
Sana15.01.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1094016
Bog'liq
Pomir tojiklarining musiqa merosi


: Pomir tojiklarining musiqa merosi. Musiqiy sozlari
Pomir - O’rta Osiyodagi eng baland tog’ bo’lib, u Tojikistonning avtonom o’lkasi hisoblanadi. Va Tog’li Badaxshon deb ataladi. Pomir Xitoy va Afg’oniston bilan chegaradosh.
Sharqiy Pomir vodiysi – Murg’ob tumanida chorvador-qirg’izlar istiqomat qilsa, Panj daryosi qirg’oqlari, g’arbiy Pomirda tojiklar yashaydi. Ular “pomiroldi xalqlar” guruhini tashkil etadi.
O’zining moddiy madaniyati, iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi bilan pomirliklar Tojikistonning boshqa tog’li hududlarida yashovchi tojiklarga o’xshaydi. SHunga qaramay, pomirliklarning hayot tarzi, urf-odatlari o’ziga xos qirralari bilan ajralib turadi. Xususan, ular hozirda ham tojik tili bilan bir qatorda sharqiy eron tillarida so’zlashib, Islom dinining shiyalar mazhabiga mansubdir.
Pomirning asosiy qismi chorvachilik bilan birga dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Va barcha mashaqqatli jismoniy mehnatni qo’l kuchi bilan bajaradi.
Tog’ aylanma yo’llari va toshqin daryolar bu o’lkani tashqi dunyodan uzib qo’ygan. Pomirning tumanlari ham bir-biridan andoza olib yashaydi, qishloqlari esa umuman taraqqiyotdan uzoqda qolgan. Bularning barchasi xalqning musiqiy folьklorida va umuman butun pomirliklar san’atida aks etmay qolmagan.
Pomirliklarnin xalq musiqa va teatr san’ati ko’p yillar davomida o’rganilmay qolib ketgan. Pomir folьklori xususidagi ilk qaydlarni rus sayohatchilari, geograflari, biologlari, etnograflari, lingvistlarining XIX asr mobaynida chop etilgan asarlarida ko’rish mumkin.
Pomirdagi musiqiy, raqs va teatr tomoshalari bir necha qarindosh oilalar istiqomat qiluvchi katta uylarda o’tkazilishi odat bo’lgan.
Bunday katta uylarning o’rtasida loysuvoqli “nog’a”, ya’ni “supa”lar qurilgan. Unda san’atkorlar o’z chiqishlarini namoyish etishgan. Tomoshabinlarning o’tiradigan joylar “do’kon” deyilgan. Ayollar odatda, o’choq oldida bir-birlariga tiqilishib o’tirishgan, ularning ro’parasida, do’konlarda esa erkaklar o’tirishgan.
Xalq musiqa, raqs va teatr san’atining deyarli barcha sohalari erkaklar faoliyati bilan bog’liq. Ayollar esa yuzlarini berkitmasdan barcha tomoshalarni ko’rsalar-da, raqs tushish va qo’shiq aytishga ruxsat berilmagan. Beva ayollar bundan istisno edi, ularga ba’zan qo’shiq aytib, raqsga tushish man etilmagan.
Ayollar dam olishi nihoyatda chegaralangan bo’lib, faqat ayrim chekka qishloqlardagina nikoh to’yida kuyovning onasi va opasigina mehmonlar oldida raqsga tusha olgan. Ba’zan esa to’y marosimlarida ayollarning o’zlarigina ichkarida bazmu-jamshid uyushtirishgan.
Tojik xalq musiqasining asosi – bu qadimiy turlari tog’li Tojikiston aholisi orasida saqlanib qolgan xalq qo’shiqlaridir.
SHu bilan birga tog’li hududda dostonlarning rechitativ shakllari ham keng tarqalgan. Tojik musiqa san’ati rivojidagi yuksak muvaffaqiyatlardan biri – bu o’troq sharoitda, tashqi ta’sirlardan holi tarzda, antik davrning keng tarqalgan epik she’riyati bo’lmish gekzametrning dostonlarda vujudga kelganidir.
Xalq qo’shiqchilik ijodining qadimiy turlarini kechroq yaratilganlari bilan taqqoslaganda, ular o’rtasidagi uzviy aloqani, murakkab turlarning oddiylardan kelib chiqqanini kuzatish mumkin.


Tojik cholg’u musiqasi
Asrlar mobaynida rivojlanib, takomillashib kelgan tojik xalq cholg’uchiligi nihoyatda boydir. Uni ikkita asosiy guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga yasalishi jihatdan oddiy va turlari kam sonli bo’lgan tog’li Tojikiston cholg’ulari kiradi. Ularga damli cholg’ulardan tutik va qo’shnay, torli sozlardan g’ijjak, do’mbirak va pomir rubobi, zarbli cholg’ulardan doira va tavlak mansubdir.
Tutik – uch, to’rtta barmoq teshiklari bo’lgan cho’pon nay turi.
Qo’shnay yoki juftnay – tilchali, bir juft qamishdan yasalgan nay. Qo’sh nayning har ikkisida bir xil barmoq teshiklari mavjud.
G’ijjak – uch yoki to’rt torli, kamonli cholg’u bo’lib, ko’pincha kvartaga sozlanadi.
Do’mbirak – ikki torli chertma cholg’u bo’lib, yakkaxon soz sifatida ham, doston ijrosiga jo’rnavoz sifatida ham qo’llaniladi.
Pomir rubobi – noxun bilan chalinadigan, dastasidagi parda o’rinlari ajratilmagan torli cholg’u. Uning uchta asosiy tori bo’lib, ulardan yuqorgi ikkitasi kvarta bo’yicha sozlanadi.
Doira – ichki tomoniga temir xalqachalar bog’langan zarbli cholg’u.
Tavlak – ko’zasimon, bir yoqlama tablani yodga soluvchi cholg’u bo’lib, uning katta qismiga membrana (teri) tortilgan.
Tojik xalq musiqa cholg’ularining ikkinchi guruhi asosan Tojikiston vodiysi, xususan shahar aholisi orasida keng tarqalgan. U o’z toifasiga ko’ra ko’p sonlidir. CHolg’ular o’zining tashqi go’zalligi bilan ham e’tiborni tortadi. Bu guruhga qo’shnaydan tashqari, nay, surnay, karnay kabi damli cholg’ular; torlilardan g’ijjakdan tashqari, dutor, tanbur, rubob va chang, zarbli sozlardan doiradan bo’lak qayroq va nog’oralar kiradi.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling