Matematik ehtimolga misollar: - «orel-reshka» (ehtimollik 1/2, yutuq = 10 doll.)
- «narda o‘yini» (ehtimollik 1/6, yutuq =10 doll.)
Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to‘lovi 400 000 so‘m, soliq to‘lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 000 so‘m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo‘lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati: - Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to‘lovi 400 000 so‘m, soliq to‘lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 000 so‘m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo‘lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati:
- Ye (x) = 4/5 400 000 1/5 10 000 000 = 320 000 2000 000 = 1 680 000
- Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko‘ra zararli ekan.
- Noaniq holat natijalarining mumkin bo‘lgan chegaralari – o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Faraz qilaylik talaba o‘qishdan keyin qo‘shimcha ish izlayapti. Uning uchun ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo‘yicha menedjer bo‘lib ishlash, unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi bo‘lsa, oyiga 1 500 000 so‘m, yomon holatda esa 800 000 so‘m maosh olish ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo‘lish ehtimoli 1/2.
- Ikkinchi variant firma adminstratsiyasida qat’iy belgilangan oklad bo‘yicha maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 000 so‘m, ammo shtat qisqarib, talaba ishsiz qolishi va bo‘shaganda 700 000 so‘m kompensatsiya olishi mumkin (ehtimoli 10 %).
- Sotuvdan foiz E(x) = 0,5 1 500 000 + 0,5 800 000 = 1 150 000 so‘m Sotuvdan foiz Е(х) = 0,90 900 000 + 0,1 700 000 = 880 000 so‘m
- Chetlanish – bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi. Amaliyotda chetlanishni o‘lchash uchun bir-biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo‘lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o‘rtacha o‘lchovi miqdori kvadratiga teng, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |